Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet12/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Sotish narxlariga ustamalar qo‘shilgan holda tovarlarga sotish narxlarini shakllantiradigan va qo‘llaydigan savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot-sotish, vositachilik korxonalari va boshqa tashkilotlar uchun olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar quyidagicha aniqlanadi:
asossiz oshirilgan ustamalar qo‘llanilgan hollarda — tovarlarni sotishdan olingan haqiqatdagi ustama summasi bilan deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yoki belgilangan ustama summasi o‘rtasidagi tafovut sifatida;
Oldingi tahrirga qarang.
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda aniqlangan belgilangan ustamalar qo‘llanilgan hollarda — asossiz oshirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan tovarning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan tovarning ayni o‘sha hajmiga ustama summasi o‘rtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlariga nisbatan cheklangan rentabellik belgilangan korxonalar uchun umuman tovarlar guruhlari (turlari) bo‘yicha cheklangan rentabellik oshirilishi hisobiga olingan mablag‘lar yillik hisob-kitoblar asosida olib qo‘yilishi kerak.
(37-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
39. Tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektdan tovarni birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi o‘rtasidagi tafovut, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan oxirgi savdolarga qo‘yilgan tovarning hajmiga ko‘paytirilgan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarning boshlang‘ich narxini birja savdolariga oshirib qo‘yilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektdan boshlang‘ich narx hamda belgilangan tartibga solinadigan narx (tarif) o‘rtasidagi tafovut, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan birja savdolarida sotilgan tovarning hajmiga ko‘paytirilgan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga sotish faktlari aniqlanganda, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlang‘ich narxi o‘rtasidagi tafovutga ko‘paytirish orqali hisoblangan mablag‘lar olib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha yoki birja savdolarida iste’molchilar tomonidan sotib olingan, qonunchilikka muvofiq qaytadan sotish taqiqlangan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan sotib olish narxi va qaytadan sotish narxi o‘rtasidagi tafovut tarzida olingan daromad Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Jamg‘arma) olib qo‘yiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling