Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet13/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini amalga kiritish muddatlariga rioya qilinmaganligi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) yangi joriy etilgan narxlar (tariflar) bilan avval amal qilgan narxlar (tariflar) o‘rtasidagi qonunchilikda nazarda tutilganiga zid ravishda yangi narxlar (tariflar) muddatidan oldin amalga kiritilgan davr uchun tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan tafovut sifatida aniqlanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tabiiy monopoliya subyekti, monopolist korxona tomonidan deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) narxlar (tariflar) qo‘llanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab davr uchun tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanmasdan qo‘llanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) narxlarni tartibga solish organida tasdiqlangan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan ko‘rsatib o‘tilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlanmasdan (kelishilmasdan) narxlarni (tariflarni) qo‘llash holatlari aniqlanganda, agar ularni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, asossiz olingan mablag‘lar (daromadlar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida nazarda tutilgan narxlarni tartibga solish organida tasdiqlash (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan ko‘rsatib o‘tilgan sanadan boshlab butun davrda tovarni sotish hajmiga ko‘paytirilgan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
42. Jarima solish sud tartibida, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan huquq buzilishi sodir etilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy to‘langan hollarda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom buzilishi natijasida olingan mablag‘lar bir oy muddatda ixtiyoriy tartibda to‘lanmaganda, monopoliyaga qarshi davlat organi iste’molchilarga qaytarish va/yoki olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar undirilishi to‘g‘risida sudga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ushbu Nizomning 37 — 41-bandlarida ko‘rsatilgan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi, yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, budjetdan tashqari Jamg‘armaga olib qo‘yiladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ushbu Nizomning 36-bandi beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning texnik va texnologik normalari oshirilishi hisobiga aniqlangan summa maxsus tranzit hisob raqamiga olib qo‘yiladi. Bunda ushbu summa xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning texnik hamda texnologik normalarining amaldagi oshgan hajmini tegishli xomashyo, materiallar, yoqilg‘i yoki energiya narxiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling