Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.59 Mb.
|
239 28.10.2010
(36-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang. (36-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son) Oldingi tahrirga qarang. tovarlarning qonunchilikka muvofiq belgilanadigan yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda qo‘ymaslik — bu birja narxlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin; (36-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. narxi (tarifi) tartibga solinadigan narxlar darajasida belgilanadigan tovarning boshlang‘ich narxini birja savdolariga oshirib qo‘yish; (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son) Oldingi tahrirga qarang. monopolist korxonalar tomonidan faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar, xomashyo va materiallarning to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish; (36-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son) Oldingi tahrirga qarang. ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonunchilikda belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotish. (36-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlari (tariflar)ning iste’molchi tomonidan pasaytirilishi; (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda) Oldingi tahrirga qarang. Tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlarining o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va ko‘rsatib o‘tilgan foyda olib qo‘yilmaydi. (36-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 64-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y.,10-son, 106-modda) 37. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narxni (tarifni) qo‘llash tartibi buzilishi natijasida olingan mablag‘lar tovarlarni asossiz oshirilgan narx (tarif) bo‘yicha sotishdan olingan haqiqatdagi tushum bilan (unga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu tovarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (tasdiqlangan, kelishilgan) narxi (tarifi) qiymati (unga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) qiymati o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan narx (tarif) shakllanishi tartibi buzilishi natijasida olingan mablag‘lar tovarlarni oshirilgan narx (tarif) bo‘yicha sotishdan olingan amaldagi tushum bilan (ularga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu Nizomga muvofiq shakllantirilgan narx (tarif) bo‘yicha ushbu tovarning qiymati (unga qo‘shimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) o‘rtasidagi tafovut sifatida belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan xarid narxlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan mablag‘lar tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narx (tarif) o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling