Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet6/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarish uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan ulgurji va vositachi tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan ustama miqdori tovarlarni yetkazib berish turlari bo‘yicha deklaratsiya qilinishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
16. Tovarlariga narxlar (tarif) davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyekt bunday har bir tovar bo‘yicha daromadlar, xarajatlar va jalb etilgan aktivlarning alohida hisobini yuritishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarga narx (tarif)ni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq to‘lashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlarini va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni taqsimlash tovarning solishtirma mehnat sig‘imi (tovarning muayyan turiga to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari) bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda aniq bir tovarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, xarajatlarni taqsimlash uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga ega.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tannarxni hisoblash yoki davr xarajatlarini, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni, soliqlar va boshqa foydadan majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni, monopolist korxona yoxud davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobiga sof foyda summasini taqsimlash tarmoq xususiyatiga ega bo‘lgan taqdirda narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agar oldingi hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi subyekt (issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalaridan tashqari) tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlarining o‘zgarishi (ko‘payishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mablag‘larni tejashga erishgan bo‘lsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta ko‘rib chiqishda tejalgan mablag‘larning 50 foizgacha bo‘lgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlar hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hisob-kitobida hisobga olinadigan monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichidan kam bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kalendar yil mobaynidagi o‘sish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmagan tuzatishni hisobga olgan holda, xodimlarning amaldagi, biroq shtatdagi cheklangan sonidan ortiq bo‘lmagan xodimlar sonidan hamda amaldagi narx (tarif)da qabul qilingan o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling