Tovboyev A. N., Ndktu «Energetika» kafedrasi dotsenti, t f. n Togʹayev I. B


Download 212.87 Kb.
bet2/6
Sana21.10.2023
Hajmi212.87 Kb.
#1714434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ELEKTR ENERGIYASINING SIFATINI OSHIRISHDA

Ключевые слова: Компенсация реактивной мощности, статические конденсаторы, система автоматического регулирования, показатели качества электроэнергии, источники реактивной мощности, регулировка напряжения, электромагнитная часть.

Reaktiv quvvat manbalari umumiy qilib aytganda katta kuchlanishli nimstansiyalarning shinalaridagi kuchlanishni tarmoqqa ulanish joyida reaktiv quvvatni o‘zgartirish orqali tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Elektr energiyasi iste’molchilarining quvvatini inobatga olgan holda 100 MVar gacha bo‘lgan reaktiv quvvat iste‘moli RQM (Reaktiv quvvat manbalari)ning 220 kV kuchlanishli elektromagnit qismi (EMQ) tomonidan, ishlab chiqarish esa 100 MVar quvvatga ega 220 kV kuchlanishli SKB (Statik kondensator batareyasi) tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda elektr energiyasi iste’molchilarini sifatli, uzluksiz, shuningdek ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari asosiy ahamiyatga ega. Shuningdek, ushbu maqolada reaktiv quvvat manbalari yordamida kuchlanishni tartibga solish va iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish holat va parametrlari ko‘rib chiqilib, reaktiv quvvat manbalari o’rnatilgandan keyingi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichi oshishini ko‘rishimiz mumkin [1]. 220 kV kuchlanishli shinalarda kuchlanishni tartibga solish RQM ning avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) tomonidan belgilangan nomuvofiqlik signaliga muvofiq RQM ning elektromagnit qismida quvvat sarfini muammolarsiz o‘zgartirish orqali avtomatik rejimda amalga oshiriladi. RQM tarkibida SKB mavjudligi, ularning kompensatsiya qobiliyatidan foydalanishga imkon beradi. Qo‘shimcha qilib aytganda, RQM nafaqat reaktiv quvvatni iste’mol qilishni, balki uni SKB orqali ishlab chiqarishni ham ta'minlay oladi. EMQ reaktiv quvvat tarmog‘idan iste'mol qilish uchun mo'ljallangan. EMQ bilan tarmoq cho‘lg‘amlari 220 kV kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Magnit tizimning to‘yinganlik darajasiga qarab, iste'mol qilingan reaktiv quvvat miqdori kam bo‘lishidan ortib borib turishdan nominal quvvatgacha silliq o'zgarishi mumkin. SKB 100 MVar 220 kV RQM tarkibida ishlash uchun mo'ljallangan. Kondensator batareyalari tok cheklovchi reaktorlar orqali 1,0 mg qiymati bilan ulanadi. SKB 220 kV tarmoqqa reaktiv quvvat ishlab chiqarishga imkon beradi va RQM bilan birgalikda 220 kV tarmoqdagi kuchlanishni barqarorlashtirishni ta'minlaydi [2]. SKB qurilmasi va uning ishlashi yuqori kuchlanishli kondensator, tayanch izolyator, tok cheklovchi reaktor, tok transformatori, alyuminiy simli shina va misli kabeldan iborat bo‘lib, u kuch kondensator guruhlaridan, po‘lat qismlardan yig‘ilgan va yopiq izolyatorlarda umumiy ramkaga o‘rnatiladi. RQM ning asosiy texnik xarakteristikasi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.


1-jadval


Download 212.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling