“L” tovushining me’yoriy talaffuzi - Yuqori va pastki jag’ tishlar bir-biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashgan;
- Til uchi, yuqori old tishlar tomon ko’tarilgan va tish bilan milk o’rtasiga taqalgan;
- Tilning yon taraflari jag’ tishlariga tegib turadi. Natijada chiqayotgan havo oqimi uchun yon tomonidan oraliq qoladi;
- Yumshoq tanglay ko’tarilgan, birin yo’lini to’sgan, ovoz unpaychalari jipslashgan va tebranadi;
- O’pkadan chiqayotgan havo oqimi tepa tishlarga tegib turgantilninh yon tomonlaridan chiqadi va til pastga tusha boshlaydi va “L” tovushining ma’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi.
“K” tovushining me’yoriy talaffuzi - Yuqori va pastki old tishlar o’rtasida muayyan oraliq masofa saqlanadi;
- Til uchi og’iz ichida tushirilgan va ichkariga tortilgan, til tanasininig orqa qismi tanglay tomon ko’tariladi;
- O’pkadan chiqayotgan havo til tanglayiga tegib turgan joydan bosim ostida portlab o’ziga xos shovqin bilan otilib chiqadi;
- Yumshoq tanglay yuqoriga ko’tarilgan, burun yo’li berkitilgan, ovoz unpaychalari bo’shahshgan holatda “K” tovushi me’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi.
“G” tovushining me’yoriy talaffuzi - Yuqori va pastki old tishlar o’rtasida muayyan oraliq masofa saqlanadi;
- Til uchi og’iz ichida tushirilgan va ichkariga tortilgan, til tanasininig orqa qismi tanglay tomon ko’tariladi;
- Yumshoq tanglay yuqoriga ko’tarilgan, burun yo’li berkitilgan, ovoz unpaychalari bo’shahshgan va tebranadi, “G” tovushi me’yoriy talaffuzi hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |