Tovushi va harfi


Download 0.83 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1618391
1   2   3
Bog'liq
1-sinf alifbe k harfi va tovuushi 2019

O’quvchilar:Ustoz bizlar sog’lommiz
Yangi darsga tayyormiz!
O’qituvchi:Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi?
Navbatchilar:Menman bugun navbatchi
Doskani ham artuvchi
Gullarga suv quyuvchi
Sanani ham aytuvchi
Sinfda ___ nafar oq’uvchi bo’ishi kerak,shundan hamma darsga tayyor.
O’qituvchi:Barakalla aziz bolajonlar.Bugungi alifbe sabog’imizni musobaqa tarzida olib boramiz.Har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkasi berib boraman.Dars so’ngida eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “Oltin toj” sohibi bo’ladi.
1-qator:Kuz fasli haqida davomli matn tuzadi.
2-qator:Kuz faslida nishonlanadigan muhim sana va bayramlarni aytadi.
Til bayrami haqidagi she’rlar aytiladi va monitordan Muhammad Yusufning “Ona tilim”she’ri o’qib eshittiriladi.
O‘zbek tili – ona tiling,
O‘zbekiston –Vataning.
Tiling uchun, eling uchun
Fido bo‘lsin jon-taning.
Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman
3-qator:”Sehrli so’zlar”ni aytadi.
O’qituvchi:Alifbe sabog’i bizga nimani o’rgatadi?
II.O’tgan mavzuni so’rash
O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
U harfi va tovushi bilan tanishgan edik.
Harf nima?Tovush nima?

  1. qator:Til haqida maqollar

  2. qator:B harfli maqollar

  3. qator:T harfli maqollar

3 qatordan 3 o’quvchi chiqadi.
1-qator:”Yelpig’ich” metodi,bunda b harfli so’zlar yozadi.
2-qator:“Uycha quramiz” metodi,bunda a harfli so’zlar yozadi.
3-qator:”Havo shari” metodi


D oskaga rasmlar ilingan,uch o’quvchi chiqib b harfi bilan boshlanadigan rasmni bo’yaydi.




Qaysi rasm bo’yalmay qoldi? Nima uchun?


Bular bajargunga qadar o’tilgan mavzu qolgan o’quvchilar bilan o’qiladi.
Unli,undosh”didaktik o’yin.Bunda kesma harflar teskari qilib qo’yiladi,bir o’quvchi unli harflarni,ikkinchi o’quvchi undosh harflarni olishi kerak.
O’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin topishmoq aytiladi.
Xazinalar sandig’i,
Bilim uning tortig’i.
Javonlardagi oftob,
Uning nomidir….
(Hamma aytadi) k i t o b
Bu nima ekan aziz bolajonlar?
Hamma:Kitob
Kitob qaysi harf bilan boshlanadi?
Bugun sizlar bilan K harfi va tovushi bilan tanishamiz
Kitob rasmi ko’rsatiladi va u haqida ma’lumot beriladi.
Yangi mavzu slayd yordamida tushuntirib boriladi.K harfi va tovushi haqida ma’lumot beriladi.

-K harfi alifboda nechanchi o’rinda?
-10-o’rinda.
Harf kassadan k harfi ochiladi.
-k harfi unli harfmi,undosh harfmi?
-Nima uchun undosh harf?

-Chunki o’pkadan chiqayotgan havo og’zimizda to’siqqa uchraydi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling