Dars ishlanma G’ tovushi Alifbe Sana Dars mavzusi
Download 19.64 Kb.
|
Dars ishlanma G’ tovushi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
- II.O’tilgan mavzularni takrorlash.
- Lug’at ishi. G’or
Dars ishlanma G’ tovushi Alifbe Sana_________________ Dars mavzusi: G’ tovushi va G’g’ harflari. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni g’ tovushi va G’g’harflari bilan tanishtirish, g’ tovushi va g’ tovushli so’zlarni o’qishga o’rgatish .TK3: yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish; FK1: ularni ongli, to‘g‘ri, o‘qiyolish; Tarbiyaviy maqsad: Ona tabiatni asrab-avaylash hissini uyg’otish. Ekologik tarbiya berish.TK5: o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda kitob o’qishga havas uyg’otish, ularning nutqini g’ijjak, g’ayrat kabi so’zlar bilan boyitish. To’g’ri, tez, aniq, ravon o’qish ko’nikmalarini o’stirish. FK2:o‘rganilgan tovush va harfni aytib bera olish; Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi. Dars metodi: Analitik-sintetik tovush metodi, suhbat, tushuntirish, ko’rgazmalilik, didaktik o’yin: “Iztopar”, “Nima yo’qolib qoldi?” o’yinlari. Dars jihozi: Texnik vositalar, kesma harflar, harf kassasi, nomida g’ tovushi qatnashgan rasmlar, didaktik o’yin uchun turli harflar yozilgan figuralar. Fanlararo bog’lanish: Atrofimizdagi olam, matematika. Darsning borishi I.Darsni tashkil etish: Sinfni darsga hozirlash. O’quvchilarni dars shiori bilan tanishtirish. Dars shiori: “Odobli bola – elga manzur”. II.O’tilgan mavzularni takrorlash. “Iztopar” didaktik o’yini. O’yin yordamida o’rganilgan tovush va harflarni takrorlash. Ushbu jarayon bir necha bosqichdan iborat: 1-bosqich: Sinf o’quvchilariga o’yin sharti tanishtiriladi. Doskaga kesma harflar orqali so’zlarning ba’zi bir harfi tushirib terib qo’yiladi. 2-bosqich: “Iztopar” o’quvchi shu harflarni “harf kassasi”dan topib, bo’sh o’ringa qo’yadi va hosil bo’lgan so’zni o’qiydi. To’g’ri topgan o’quvchi rag’batlantiriladi. “Harf kassasi”dan unli va undosh harflarni guruhlab o’qitish. O’quvchilar unli va undosh harflarni guruhlab o’qiydilar. Unli va undosh haflarning hususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. Kesma bo’g’inlardan so’z tuzish va o’qish: kak-lik, bo-bo, lo-la, o-na, … Darslik bilan ishlash: “Maqtanma g’oz” ertagini ifodali o’qitish. Har bir qatordan “Ifodali nutq egasi” ni topish. Darslikdagi bo’g’inlar jadvali va so’zlarni o’qitish III.Yangi mavzu bayoni: G’ tovushining talaffuzini o’rgatish.(g’e, g’a, g’u, g’o’ bo’ginlari ovoz orqali eshitiladi. G’ani, G’alla, G’ayrat so’zlari ko’rinadi va talaffuzi eshitiladi.) Suhbat yordamida g’ tovushining hususiyatlari aniqlashtiriladi. G’ tovushining talaffuzida og’zimiz qanday ochiladi? G’ tovushining talaffuzida biror nutq organi to’siqlik qildimi? Havo qanday chiqib ketyapti? G’ tovushi nimadan hosil bo’lar ekan? Qaysi undosh tovushlarni o’rgandik. G’tovushi qatnashgan so’zlar zanjiri tuzdiriladi. G’ tovushini ifodalovchi G’g’ harflari bilan tanishtirish.Bosma bosh G’ va kichik g’ harflarini qiyoslash, farqli tomonlarini izohlash. Bu harflarni o’qishni bilasizmi? Bilsangiz o’qing. Bu harflar qaysi tovushni ifodalaydi? Og’iz so’zining qayerida g’ tovushi kelgan? G’ani so’zining qayerida g’ tovushi kelgan? Bu so’zda G’g’ harflarining qaysi shakli yozilgan? Bosh G’ harfi bilan yana qaysi so’zlar yoziladi? Har bir so’zdagi g’ harfining o’rnini aniqlang ( g’oz, g’alla, g’or, og’riq, tog’, G’azal) Lug’at ishi. G’or- tog’ning teshigi Dam olish daqiqasi.“Shirintoy” qo’shig’i tinglanadi. I V. Yangi mavzuni mustahkamlash G’ tovushining xususiytatlarini tushuntirish. G’ tovushi qanday aytiladi? G’ tovushi qanday tovushlar sirasiga kiradi? G’ tovushini ifodalovchi G’g’ harflarini o’qituvchi “Harf kassasi”ga qo’yadi.O’quvchilar o’zlarining harf kassasiga qo’yishadi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi G’g’ harflarini hamda bo’g’inlar va so’zlarni o’qitish. Ertak asosida yaratilgan multfilm namoyish qilinadi. Ertak yuzasidan suhbat: Ertak nima haqida ekan? Uning mazmunini multfilm asosida so’zlab bering. Siz ertak asosida qanday yaxshi va yomon fazilatlarni bilib oldingiz? Tez aytish audio orqali tinglanadi va kim bir nafasda ko’p aytishi mashq qilinadi. Didaktik o’yin. (Ekranda 3xil shakl va 4 xil rangdagi sharlar paydo bo’ladi. Ekraning pastki qismida jadval yozilgan. Jadvalga qarab sharning shakli va rangiga mos keladigan harfni bossalar, shu harf sharning ichida yozilib qoladi, agar to’g’ri bosilmasa, harf paydo bo’lmaydi. Harflar to’g’ri bosilgandan so’ng “Ertak” so’zi paydo bo’ladi. Darslikdagi bo’g’inlar va so’zlarni o’quvchilarga ketma-ket o’qitiladi. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Download 19.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling