Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni


«O» tovushi to‘siqqa uchramayapti, cho‘ziq aytilyapti. To‘g‘ri: «O»


Download 37.51 Kb.
bet7/8
Sana25.04.2023
Hajmi37.51 Kb.
#1398187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib

«O» tovushi to‘siqqa uchramayapti, cho‘ziq aytilyapti.

To‘g‘ri: «O» tovushi cho`ziq aytilyapti, unli tovush. Ot so‘zida
«O» tovushi so‘zning boshida kelyapti, «O» tovushi so‘z o‘rtasida ham, oxirida ham keladi. Mas alan: sado, non.
Jismoniy daqiqa.
Tarbiyachi bolalarga «Rasmni top» o‘yinini taklif etadi. Buning uchun tarbiyachi bolalami uch guruhga bo`ladi: 1 -guruhga «O» tovushi bilan boshlanadigan predmetlar rasmlarini topish, 2-guruhga «O» to­vushi bilan tugaydigan predmetlar rasmlarini, 3-guruhga «O» tovushi so‘z o‘rtasida kelgan predmetlar rasmlarini topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa, o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tez aytish:
Oqqush ko‘lda suzadi,
Oppoq bo‘yin cho‘zadi
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
U qanday tovush ekan?
Bu tovushni nima qilamiz?
Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?
Qaysi tovushlar unli tovushlarga kiradi?
Nutqning tovush madaniyati tushunchasi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Inson o‘z fikrlarini ifodalash va boshqalaming fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi. Nutqni egallash boiaga bevosita va bilvosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirish va boshqalar) yo‘l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida lug‘at boyligini oshirish, so‘zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog‘larishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivoj­lantirishga doir quyidagi vazifalami muvafaqqiyatli hal etish lozim:

  1. tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada av­valo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talafiuzni egallaydi);

  2. aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona- dona va aniq talaffiiz qilish);

  3. so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;

  4. nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash;

  5. nutq sur’atini rivojlantirish;

  6. nutqning ifodaliligini shakllantirish;

  7. nutqiy aloqa ko‘nikmalarini shakllantirish;

  8. nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  9. nutqiy nafas olishni shakllantirish;

  10. o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalaming nutqini rivojlantirish xilma-xil faoliyat turlarida amalga oshadi:

  1. tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  2. badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  3. savodga o'rgatishda;

  4. o‘yin faoliyatida;

  5. ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarni bajarish asosida.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalaming nutqini rivojlantirish
quyidagi qonuniyatlami hisobga olishni talab etadi:

  1. ona tilida nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlarining mashqiga bog‘liq;

  2. nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan umumlashtirishning turli darajasining leksik va grammatik til belgilari o‘zlashtirilishiga bog‘liq;

  3. nutq me’yorini o‘zlashtirish bolada tilni his etishning rivojlanganligiga bog‘liq

Shuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishda tovush madaniyati alohida o‘rin tutadi. Nutqning tovush appadaniyati o‘z mohiyatiga ko‘ra nutq madaniyatining tarkibiy qismidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalami hal etish lozim:

  1. bolalaming fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;

  2. artikulatsion apparatni rivojlantirish;

  3. iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllan­tirish;

  4. muomala sharoitiga bog‘liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash;

  5. ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish;

  6. har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish;

  7. so‘zlarni adabiy til orfoepiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish;

  8. nutqning maromli sur’atini shakllantirish;

  9. nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish1.

Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayoni­da ketappan - ketayapman, Hojahon - Shohjahon, Yustam - Rustam, qalga - qarg‘a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklami jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ularni talaffuziga, nutq madaniyatiga e’tibor qilish, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.



Download 37.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling