To`yinmagan bir va ko`p asosli каrbоn кislоtаlаr aromatik kаrbоn kislotalar


Download 1.98 Mb.
bet7/8
Sana13.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1192782
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 semestr uchun oraliq organik kimyo uchun

Bir nechа хirаl mаrkаzli stеrеоizоmеrlаr.Ko’pginа biоlоgik muхim mоddаlаr o’z mаlеkulаsidа bir nеchа хirаl mаrkаzgа egа. Mаlеkulаdа 1 tа хirаl mаrkаz bo’lsа 2 tа stеrеizоmеrgа, 2tа bo’lsа 4tа stеrеizоmеrgа egа bo’lаdi. Хirаllik mаrkаzining sоni оrtishi bilаn stеrеоizоmеrlаr sоni оrtib bоrаdi. Stеrеоizоmеrlаr sоni Vоnt-Gоff fоrmulаsi bo’yichа хisоblаnаdi. , bundа N - stеrеоizоmеr-lаr sоni, p - esа mоlеkulаdаgi хirаl’ mаrkаz sоnidir. mоlеkulаdа 2tа хirаl’ mаrkаzgа egа bo’lgаndа 2 juft (22) enоntiоmеtrlаr mаvjud bo’lаdi vа ulаrni хаr biri esа rоmеmаt хоsil bo’lаdi.Ikki хirаl’ mаrkаzli mоlеkulаdа stеrеоizоmеrlаr shаkllаrining nisbаti quyidаgichа ko’rsаtish mumkin.Хirоl’ mаrkаzlаr.


GETEROFUNKSIONAL BIRIKMALAR. OKSIKISLOTALAR. Оlinish usullаri.





GETEROFUNKSIONAL BIRIKMALAR fizik va kimyoviy xossalari

Oksikislotalar tuzilishi vа uning tautomeriyasi.



Asetosirka efiri va tautomeriya reaksiyalari



Asetosirka efiri yordamida sintezlash



AMINOKISLOTALAR. Turlari.
Aminokislotalarning turli xillari laboratoriyalarda sintezlangan. Ularning sinflanish usullari ham turlicha. Eng keng tarqalgan usul amino va karboksil guruhlarning nisbiy joylanishi qabul qilingan. Bunday mezonga ko’ra aminokislotalar ,  va - turlariga bo’linadi. Ammo oqsil tarkibiga kiruvchi -aminokislotalar eng muhim ahamiyatga egadirlar. Inson organizmini oqsil tarkibini ko’rib chiqayotib murakkab organizmni tashkil etuvchi molekulalar murakkab tabiatga ega ekanligini taxmin qilish mumkin. Buni aniqlash uchun “hayot molekulalari” ni tabiatini o’rganish lozim. Oqsilga kislota va asos eritmasi bilan ta’sir etish natijasida dastlabki molekuladan sodda tuzilish va ancha kichik o’lchamga ega molekulalar-aminokislotalardan iborat eritma hosil bo’ladi. Oqsil molekulasi-yuqori molekulyar birikma yoki biopolimer bo’lib, aminokislotalar uning monomer birliklaridir. Bu monomer guruhlar bir uglerod atomiga bog’langan aminoguruh, karboksil guruhi va vodorod atomini o’z tarkibida tutadilar. Biroq turli aminokislotalarda markaziy uglerod atomi bilan to’rtinchi bog’ni hosil qiluvchi atom yoki atomlar guruhi bir xil emas. Bundan shunday xulosa qilinadiki oqsilni monomer birliklari turlicha bo’lib, oqsillarni o’zi esa - murakkab sopolimerlardir. Shuni esga olish zarurki, inson tomonidan yaratilgan polimerlarning asosiy qismi tarkibiga bitta monomer birligi kiradi.Tabiatdagi barcha oqsil makromolekulalari deyarli yigirmata -aminokislotalardan iboratdir. Ulardan ikkitasi o’z tarkibida birlamchi aminoguruhni saqlamaydi va -iminokislotalar hisoblanadi. Bular - prolin va oksiprolin bo’lib, o’z tarkibida ikkilamchi aminoguruhga egadirlar. Oqsillar tarkibida uchraydigan aminokislotalar (glitsindan tashqari) asimmetrik uglerod atomiga ega bo’lganliklari uchun optik faollikni namoyon etadilar. Optik izomerlarni umumiy soni 2n (n-asimmetrik uglerod atomlari soni) formula orqali aniqlanadi. Glisindan boshqa barcha α-aminokislotalar xiral α-uglerod atomiga ega bo’lib, enantiomerlar ko’rinishda uchraydi.Treonin, izoleytsin ikkitadan asimmetrik uglerod atomi hamda oksiprolin gidroksil guruh hisobiga to’rttadan optik izomerlarga ega bo’ladilar. Oqsillar tarkibidagi barcha -aminokislotalar L-qatorga tegishlidir. D-qator aminokislotalar peptidlar tarkibida uchraydi, masalan, gramitsidin C da D-fenilalanin; gramitsidin A da D-valin, D-leytsin va D-triptofan; polimiksinda D-serin; ergoalkaloidlarda D-prolin uchraydi. Aminokislotalar bir-birlari bilan yon zanjirlari, R- o’rinbosarlari bilan farq qilgani uchun qutbliligiga ko’ra ularni uch guruhga bo’lish mumkin.


-aminokislotalarning umumiy formulasi;tetraedrik uglerod atomidagi to’rtinchi o’rinbosar (R) bu monomer birliklarni xilma-xilligini ta’minlaydi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling