Traktorlar va avtomobillar nazariyasi
Download 0.86 Mb.
|
Pilgmin = (2.2)
Hisoblangan traktor ishlashi kerak bo`lgan ilgakdagi tortish kuchlarining chegaralarini bilib, turli xil zonalar uchun qishloq xo`jaligi mashinalarining tegishli to`plamini tanlash mumkin. 2.1.2 TRAKTOR MASSASINI HISOBLASH Traktor massasi quyidagi turlarga ajratiladi: - traktorning konstruktiv massasi mo - ya'ni traktorning loyihalangan massasi, bunda yonilg’i baki, sovutish tizimi, moylash va gidravlik tizimlariga suyug’lik materiallari to`ldirilmagan, traktor haydovchisi massasi, asbob-uskunalar, qo`shimcha uskunalar va ballast yuklar o`rnatilmagan xolatdagi traktorning massasi, kg; - konstruktiv massaga teng bo`lgan minimal mmin -ekspluatatsion massasi, kg; - ortiqcha to`ldirish materiallari, asbob-uskunalar va traktor haydovchisining massasi, kg; - traktorning maxsimal ekspluatatsion massasi mmax - traktorning minimal ekspluatatsion massasi mmin va unga qo`shimcha u yoki bu turdagi ballast yuk bo`lib, u trakror yuritgichini erga ilashih og'irligini oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo`lgan massa, kg. Traktorning konstruktiv massasi iloji boricha kamaytirilishi kerak, chunki bu texnik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Traktorlarning konstruktiv massasini kamaytirishning asosiy usullari yig'ma birlikmalari va umuman traktor parametrlarini optimallashtirish, mexanik tavsifi yuqori bo`lgan an'anaviy materiallardan foydalanish, plastmassa, metall-keramikadan foydalanish, ishlab chiqarishda eng yangi texnologiyalardan foydalanish va h.k. Ko`proq yoki kamroq aniq konstruktiv massani faqat haqiqiy konstruksiyada hisoblash mumkin. Kurs ishini bajarayotganda, uning qiymatini zamonaviy tanlangan prototip traktorlarning ko`rsatkichlariga e'tibor qaratib olinadi (2-ilova). Prototip traktorni tanlash uchun asos qilib vazifaga muvofiq traktorning tortish sinfidan tanlanadi. O`quv hisob-kitoblari uchun yetarli aniqlik bilan traktorining minimal ish og'irligi olinishi mumkin mmin (kg): mmin = (1,05…1,1) ∙ m0 (2.3) Traktorning maksimal ekspluatatsion massasi shunday tanlanadiki, traktor tegishli sharoitlarda tortish kryukida nominal yuk bilan ishlaganda, traktorning er bilan ilashish og'irligi (g'ildirakli traktor uchun - bu yetaklovchi g'ildiraklariga tushadigan og'irlik) yetaklovchi g'ildiraklarining (zanjirining) ruxsat etilgan shataksirashini ta'minlash uchun etarli bo`lishi kerak. Traktorining maksimal ekspluatatsion massasini mmax (kg) hisoblash quyidagi formulalar bo`yicha amalga oshiriladi: - 4x2 g'ildirakli traktor uchun: mmax = (2.4) - 4x4 g'ildirakli traktor (lк = 1) va zanjirli traktor uchun: mmax = (2.5) bu yerda - traktorning ilashish og'irligidan foydalanish koeffitsiyentining ruxsat etilgan qiymati. G'ildirakli traktorlar uchun = 0,5…0,65; zanjirli traktorlar uchun = 0,55…0,65; Kp - traktorning ortiqcha yuk bilan mumkin bo`lgan tortish kuchi koeffitsiyenti. U ish jarayonida tortish qarshiligining sezilarli tebranishlari mavjudligini hisobga oladi. Ko`pgina dala operatsiyalari uchun Kp = 1,27 ...1,53 Traktorning tortish sinfi qanchalik baland bo`lsa, Kp qiymati shunchalik past bo`ladi. -yetaklovchi g'ildiraklarining yuklanish koeffitsiyenti; -dumalashga qarshilik koeffitsiyenti; g-erkin tushish tezlashishi, m/s2. (2.4), (2.5) formulalar bo`yicha hisob – kitoblar uchun 4x2 traktorlar uchun lк= 0,75…0,80 olamiz va ang’izdagi g'ildirakli traktorlar uchun dumalashga qarshilik koeffitsiyentining qiymati = 0,12, zanjirli traktorlar uchun – =0,08. (2.1), (2.2), (2.4), (2.5) formulalarda Pkrn qiymati N da hisoblanadi. Agar mmax ning maksimal ekspluatatsion massasi minimal mmin dan katta bo`lsa, biz balastning kerakli massasini mb (kg) hisoblaymiz: mb = (mmax -mmin) (2.6) Ushbu balast traktorning ilashish og'irligini oshirish uchun ishlatiladi. Agar mmax ning maksimal ekspluatatsion massasi minimal mmin dan kam bo`lsa, unda keyingi hisob-kitoblar uchun mmax = mmin deb qabul qilamiz. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling