Traktorlar va avtomobillar nazariyasi


Traktor nominal nazariy harakat tezligini va transmissiyani uzatish sonini hisoblash


Download 0.86 Mb.
bet10/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1780749
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
2.1.4 Traktor nominal nazariy harakat tezligini va transmissiyani uzatish sonini hisoblash

Traktorning asosiy uzatmalaridagi nazariy tezliklar dvigatel tirsakli valining nominal aylanishlar tezligida hisoblanadi. Ushbu tezliklarda qishloq xo`jaligi texnologik operatsiyalarining aksariyati amalga oshiriladi.


Kurs ishini bajarish uchun aniqlanadigan tezliklar soni z = 4...6 tavsiya qilinadi.
Dastlabki hisob-kitoblarda traktorlarning tezligi q raqamiga teng bo`lgan qiymatli geometrik progressiya prinsipiga asoslanib aniqlanadi. Olingan qator geometrik qator deb ataladi.
U quyidagi ko`rinishga ega:
= …= = (2.15)

bu yerda z – nazariy tezlikning tartib raqamlarini bildiradi.


Eng past asosiy tezlikning qiymati Vp1 va asosiy tezliklarning z soni vazifa topshirig’ida ko`rsatilishi kerak. Qolgan asosiy tezliklar geometrik qatorning belgilangan q qiymatiga qarab hisoblanadi, ya'ni:
Vy2 = V1 q ; Vy3 = Vy2 q ; Vyz = V1 ∙ (2.16)
q qiymatini traktorning asosiy tezliklarining ma'lum diapazoni aniqlash mumkin:
q= (2.17)

Asosiy tezliklar diapazoni - bu eng yuqori asosiy tezlik Vyz ning eng past V1 ga nisbati. Uni uzatishlar soni orqali ham ifodalash mumkin:


= = (2.18)
bu yerda: itr1 va itrz mos ravishda pastki va yuqori asosiy uzatmalarda traktor transmissiyasining uzatishlar soni.
Traktorning V1p kichik ishchi tezligi traktor dvigatelini to`liq yuklanishini ta'minlangan holatda, kryukdagi nominal tortish kuchi Pkr n ga ega bo`lgan holda aniqlanishi kerak.
Bu holda, traktorning ekspluatatsion massasi maximal mmax ga ega bo`lishi kerak. Traktorning Vpz kichik ishchi tezligi traktor uchun mo`ljallangan minimal tortish kuchi Pкр min = Pn / dт bilan ishlaganda aniqlanadi.
Traktorning mmin minimal ekspluatatsion massasida esa dvigatelni gd min = 0,85…0,90 qiymatiga yuklanganida aniqlanadi.
Yuqoridagi shartlar bajarilganda:
(2.19)
Amaliy hisob-kitoblar uchun quyidagi formuladan foydalaning:


(2.20)
Ma'lum tortish diapazoni δt (2.1.1-band, 1-ifodaga qarang) oralig’ida, ruxsat etilgan dvigatel yuklanishi gd min = 0,85 ... 0,90 va birinchi ishchi tezligi Vn1 bilan (16), (17) va (20) ifodalar bo`yicha hisob-kitoblarni ketma-ket bajararib, traktorning nominal nazariy tezliklarini aniqlanadi. Dvigatelning ma'lum nominal ish rejimida (n = nn) hisoblangan harakat tezligini amalga oshirish uchun itr1, itr2 ... itrz uzatishlar sonini aniqlash talab etiladi. Kurs ishida berilgan uzatmalar soni uchun (4 ... 6), g-ilovada soddalashtirilgan kinematik uzatish sxemalari keltirilgan. Muayyan sxema kurs ishi topshirig'iga muvofiq tanlanadi. Traktor transmissiyasini uzatishlar nisbati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


itr = i0 iuq (2.21)

bu yerda i0 - yetaklovchi ko`prigining uzatishlar soni; iuq - uzatmalar qutisining uzatishlar soni.


i0 ning uzatishlar soni barcha uzatmalar uchun o`zgarmas bo`lganligi sababli doimiy qiymatdir. Traktorlar uchun uning i0 ni qiymati 15 … 27 oraliqda tavsiya etiladi. Kurs ishini bajarayotganda i0 prototip bo`yicha tanlanadi (b ilova). Shundan so`ng, uzatmalar qutisining ir1, ir2... irz uzatishlar soni hisoblanadi:
= (2.22)

bu yerda nn - dvigatel tirsakli valining nominal aylanishlar chastotasi, min-1 (ndn qiymati mavzu bo`yicha topshiriqda ko`rsatiladi);



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling