Traktorlar va avtomobillar nazariyasi


Dizel dvigatelli traktorning tezliklar (rostlash) tavsifi (xarakteristikasi)ni hisoblash va qurish


Download 0.86 Mb.
bet12/21
Sana02.12.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1780749
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Dizel dvigatelli traktorning tezliklar (rostlash) tavsifi (xarakteristikasi)ni hisoblash va qurish

Regulyatordagi dizelning tezlik tavsifi (M, ne, Gt, ge) = f(n) (3.1 rasm) quyidagi ketma-ketlikda quriladi:



  1. Grafik qurish uchun mashtab koeffisienti tanlanadi. Grafikning abssissa o`qida (aylanishlar soni shkalasi) nominal aylanishlar soni nn ni, dvigatelning salt holatida maksimal burovchi momentga mos keladigan maksimal aylanishlar soni nsxmax (min-1) va nMmax (min-1) qiymatlarini e'tiborga olgan holda tanlanadi.

Nominal aylanish sonining qiymati nn topshiriqda beriladi va nsx max maksimal salt aylanishlar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(3.1)
bu yerda - regulyatorning notekislik darajasi (zamonaviy dizel dvigatellarida 0,03... 0,07). Maksimal burovchi momentda aylanishlar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Kasm (3.2)
bu yerda Kasm - dvigatelning aylanishlar soniga moslashish koeffitsiyenti.
Kurs ishida hisob-kitoblar uchun Kasm = 1,3…1,7 oralig’ida olamiz.
Grafikdagi egri chiziqlarning tavsiya etilgan joylashuviga e'tibor qarating (3.1. rasmga qarang), shuningdek Mn, nn, Gt va ge nominal qiymatlari uchun qolgan mashtablar tanlanadi. Bunda nominal rejimdagi moment qiymati (N∙m) quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
, (3.3)
Nen qiymati 2.1.5-band (2.23) formulaga muvofiq aniqlanadi. Gtn va gen qiymatlari kurs loyihasining topshirig'iga binoan tanlanadi.

  1. Grafikni tuzishdan oldin hisob-kitoblar uchun jadval tayyorlanadi, unga aniqlangan miqdorlarning raqamli qiymatlari kiritiladi (3.1-jadvalga qarang). Abssissa o`qida , nsx max va nM max ga mos keladigan uchta xarakterli nuqta belgilanadi, ular orqali vertikal shtrix-punktir (chiziqli nuqta) yordamchi chiziqlar chiziladi.

3.1 -jadval
Dvigatelning tezlik tavsiflari parametrlari

n, min-1

М , Nm

Ne , kVt

GT , kg/s

ge , g/(kVt∙s)

nx max

0

0




→ ∞
















n n

Мn

Nen

GTn

gen

n 1













n 2













n з




























nM max














3.1-rasm. Traktor dvigatelining nazariy tashqi tezlik tavsifi (xarakteristikasi) (regulyatordagi tezlik tavsifi)
n1, n2 va n3 qiymatlari n1 dan nMmax gacha bo`lgan chastota diapazonida teng ravishda tanlanadi. Ushbu aylanishlar soni (chastota) qiymatlari uchun M (N∙m) momentlarining mos keladigan qiymatlari empirik bog'liqlik bilan hisoblab chiqiladi va 3.1 -jadvalga kiritiladi:
(3.3)
Hisoblash natijalariga ko`ra, dvigatelning burovchi momentga moslashish koeffitsiyentining qiymati aniqlanadi:
(3.4)


Km qiymati kamida 1,12 bo`lishi kerak. M ni qiymatlari va tegishli n qiymatlari bo`yicha dvigatelning samarali quvvati - Ne (kVt) ni quyidagi formula bo`yicha hisoblab aniqlanadi:
(3.5)

Hisoblangan natijalar 3.1-jadvalga kiritiladi.


Jadvaldagi maʼlumotlarga koʻra, M = f (n) va Ne = f (n) funksiyalarning grafiklari quriladi, bu grafiklarning M = 0 va Ne = max qiymatlariga mos xarakterli nuqtalarida abssissa o`qiga vertikal toʻgʻri shtrix chiziqlar chiziladi.
3. GT - soatlik yoqilg'i sarfining aylanishlar soniga bog'liqligini tavsiflovchi GT =f(n) grafikni qurish uchun uning qiymatlari xarakterli rejimlarda aniqlanadi. Dvigatel maksimal tezlik rejimi (nxmax)da ishlaganda:
(3.6)
Dvigatelning maksimal burovchi momenti bilan Mmax ishlaganda:
(3.7)

Olingan qiymatlar 3.1 jadvalga kiritiladi.. Hisoblangan soatlik yoqilg'i sarfi qiymatlari aylanishlarning tegishli xarakterli nuqtalarida belgilanadi va to`g'ri chiziqlar bilan ketma-ket ulanadi. 3.1 jadvalda shuningdek, n1, n2 va n3 ga mos keladigan GT qiymatlari kiritiladi, ular to`g'ridan-to`g'ri qurilgan grafik bilan aniqlanadi.


4. Yoqilg’ining nisbiy sarfi (g/(kVt×soat)) GT va Ne qiymatlari ma'lum bo`lgan holatda quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:


(3.8)

Hisob-kitoblar natijalariga ko`ra, = f(n) funksiyasini grafigi quriladi. Nn dan nsxmax gacha bo`lgan chastota diapazonidagi rostlash qismida = f(n) grafigi dan boshlanadi va yuk kamayganda asimptotik ravishda cheksizlikka intiladi. Tezlik tavsifida (3.8) formula bo`yicha 1...2 oraliq nuqtani hisoblab, uni taxminiy qurish mumkin. GТ va Nе lar uchun dastlabki ma'lumotlar to`g'ridan-to`g'ri jadvallardan olinadi.




Burovchi moment funktsiyasida rostlash tavsifini qurish

Bu xususiyat keyinchalik traktorning tortish tavsifini qurish uchun zarurdir. aniqlangan miqdorlarda (n, Ne , GT, ) = f(M) bog'liqlik grafiklari tuziladi (3.2.rasm).





3.2-rasm. Traktor dizel dvigatelining burovchi momentga bog’liq rostlash tavsifi

Rostlash tavsifini tegishli grafiklarni qurish uchun ma'lumotlar 3.1 -jadvaldan olinadi. Rostlash tavsifini xarakterli nuqtalari: M = 0 (salt yuklanish), Mn va Mmax olinadi. Yoqilg’ini nisbiy solishtirma sarfini burovchi momentga bogliqlik funksiyasi = f (M), (M < Mn) oralig’ida M=0,4 Mn dan M = Mn gacha bo`lgan qismi uchun quriladi.





Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling