Transfert bahoni shakllantirish


Download 1.19 Mb.
bet4/9
Sana04.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1425612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Transfert bahoni shakllantirish

Transfert bahoni shakllantirish siyosati
Baho bo’yicha qarorlar qabul qilishda xarajatlar to’g’risidagi ma’lumot o’zgaruvchan ko’rsatgichlardan biri hisoblanadi. Oxirgi baho birinchi navbatda xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan o’tkaziladigan bahoni shakllantirish siyosatiga bog’liq bo’ladi. Bunday siyosat natijasida “qaymog’ini olish” bahosi yoki bozorga kirib borish bahosi tanlanishi mumkin.
Qaymog’ini olish” bahosi asosidagi siyosat – bu baho o’zgarishlariga nisbatan sezuvchan bo’lmagan bozor qismini ishlatishga bo’lgan urunishdir. Masalan, hali talab elastik bo’lmagan yangi mahsulot bilan bozorga chiqishning afzalligidan foydalanish uchun dastlabki davrda sotishning yuqori bahosini o’rnatish mumkin. Bunday siyosat tovar yoki xizmatlarning yangiligi samarasi yo’qolishidan so’ng, xarajatlarning kutilmaganda ko’tarilishi yoki talabning keskin pasayishi sharoitida qo’l kelishi mumkin. Bozor to’yingandan keyin mahsulotga o’rnatilgan baho xanuzgacha xizmat ko’rsatilmagan bozor qismini jalb qilish maqsadda pasaytirilishi mumkin. Bozorda turdosh mahsulotlar ko’p bo’lgan sharoitda “qaymog’ini olish” baho siyosati tavsiya etilmaydi. Bu o’rinda talab egri chizig’i elastik bo’ladi va turdosh mahsulotlar uchun raqobatchi belgilagan bahodan yuqori bo’lgan har qanday baho sotuvning keskin qisqarishiga olib keladi.
Bahoni belgilashning bozorga kirib borish siyosati – mahsulotga dastlabki davrda past baho o’rnatish konsepsiyasiga asoslanib, bozorda yangi mahsulot turini tezda o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday siyosat bozorda turdosh mahsulotlar mavjud bo’lgan yoki bozorda ishni boshlash uchun qiyinchilik tug’dirmaydigan sharoitda to’liq mos keladi. Past baho mavjud raqobatchilarni bu bozorga kirishga to’sqinlik kiladi va xo’jalik yurituvchi subyektning katta ulush olishiga imkon yaratadi. Agar mahsulot turi yangi bo’lib, iste’molchilar tomonidan talabga ega bo’lsa, bu siyosatni qo’llash mumkin.
Odatda mahsulotlarga hos bo’lgan to’rt bosqichdan iborat hayotiy aylanmani ajratib ko’rsatish mumkin: boshlang’ich, o’sish, yetuklik va pasayish. Mahsulotni bozorga kirishining boshlang’ich bosqichida u haqda ko’pchilik bilmaydi va shuning uchun unga nisbatan talab kam bo’ladi. O’sish bosqichida reklama tadbirlari va iste’molchilarning bu tovar haqida ma’lumotga ega bo’lishi evaziga sotuv hajmi tez osha boshlaydi. Lekin, yetuklik davrida bu jarayon sustlashadi, chunki yangi iste’molchilarni jalb qilish salohiyati ma’lum ma’noda ishlatilgan bo’ladi. Pasayish bosqichida sotish hajmi kamayadi, mahsulot yangi va yanada takomillashgan ko’rinishdagilari bilan asta-sekin almashib boradi.
Sayzerning fikricha, kelgusida qulayroq talabni ta’minlash uchun dastlabki bosqichda normal ishlab chiqarish shiroitida tahlil asosida o’rnatilgan bahoning nisbatan hisoblangan mohiyatini ko’tarishi yoki pasayishi orqali tajriba o’tkazish mumkin. Masalan, u chegaralangan ishlab chiqarish quvvati past bahoni o’rnatishga yo’l qo’ymasligi mumkin degan fikrni ilgari suradi. Demak, bunday sharoitda faoliyatning normal darajasida aniqlangan yanada yuqori birlamchi baho o’rnatilishi mumkin, lekin keyinchalik u quyidagi sharoitda pasayadi: (a) talabning baho elastikligi o’sganda va (b) qo’shimcha quvvatlar ishga tushganda. Aksincha, ishlab chiqarish quvvatiga chegara bo’lmagan sharoitda mahsulot sotish bahosi normal faoliyat sharoitida hisobkitoblardan kelib chiqargan past bo’lgan baho o’rnatilishi lozim. Sotish hajmining yanada o’sishi va raqobatchilarning sust ta’siri natijasidagi bunday baho xo’jalik yurituvchi subyektga bozorning katta qismini egallash va uzoq muddatli istiqbolda yuqori foyda olish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
Yetuklik davrida xo’jalik yurituvchi subyekt sotishning joriy bahosi kelgusidagi hodisalarga qanday ta’sir o’tkazayotganligiga kam ahamiyat beradi va qisqa muddatli istiqbolda foydasi maksimal bo’ladigan sotish bahosini o’rnatadi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling