Transformasiyalashuv davri reja: Kishilik jamiyati taraqqiyotining amal qilishi va rivojlanishini belgilovchi asosiy omillar


Download 50.79 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi50.79 Kb.
#1407224
  1   2
Bog'liq
5.Transformasiyalashuv davri


Transformasiyalashuv davri
REJA:
1.Kishilik jamiyati taraqqiyotining amal qilishi va rivojlanishini belgilovchi asosiy omillar.
2.«Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlari nazariyasi» kursining predmeti, vazifasi va bilish usullari.
3.Jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini belgilash konsepsiyasi va mezonlari.

Iqtisodiyot nazariyasi tarixiy fan sifatida kishilarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste‘mol jarayonlaridagi xulq-atvorlarini, munosabatlarini o‘rganadi. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan bu munosabatlar ham o‘zgarib, takomillashib boradi.


Kishilik jamiyati o‘z tarixiy taraqqiyotida turli holat (bosqich)larni bosib o‘tgan. Shunga ko‘ra, iqtisodiyot nazariyasi ham har bir holat (bosqich)ning muayyan tizimga solingan nazariy ifodasini aks ettiradi. Biroq, jamiyat, unga xos bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar turli barqaror holatlarini amal qilishining o‘zi uning boshqa sifat jihatlarini taqozo etadi. Ya‘ni, bir barqaror holatdan boshqa biriga o‘tish davrlari, maxsus o‘tish holatlariga xos bo‘lgan o‘tish davri iqtisodiyoti vujudga Keladi.
Har qanday fan real voqyelikni aks ettirar ekan, ayni paytda tabiat va
jamiyatdagi o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Bu o‘zgarishlar esa, o‘z navbatida, muayyan predMet yoki hodisalarning bir holatdan boshqa biriga «o‘tishi»ni taqozo etadi. Shu ma‘nodagi «o‘tish» obyektning sifat o‘zgarishlari, uning mazmun tavsiflarining almashuvini anglatadi.
Tabiat va jamiyatdagi transformasiyalar doimiy tavsif kasb etib, turli tuman tarzda amalga oshadi. Ayniqsa, o‘zgarishlar juda tez amalga oshuvchi ijtimoiy hayotdagi o‘tish jarayonlarida bu holatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. «Transformasiya» jarayonlarining qonuniyligi «transformasiya holati»ning mavjud bo‘lishini ham shartlaydi. Transformasiya holati o‘ziga xos o‘tish davri sifatida maydonga tushadi. Agar tabiatda mazkur davr bir lahzadan tortib milliard yillargacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olsa, ijtimoiy hayotda u oylar, yillar, o‘n yilliklardan iborat bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlar transformasiyalashuvi jarayonlarining o‘ziga xos belgisi bo‘lib uning beqarorligi hisoblanadi. Bu iqtisodiyotda eski va yangi holatlarning unsurlari aralash holda amal qiladi. Iqtisodiy tizimlar transformasiyasi mavjud tizimdagi beqarorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, pirovardida mazkur tizim o‘zining o‘rnini yangi iqtisodiy tizimga sekin-asta bo‘shatib beradi.
Transformasiya jarayonlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy tizimlar transformasiyasining tarixan turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular jarayonlarning miqyosi va tavsifiga ko‘ra farqlanadilar. Umumbashariy (global) transformasiya jarayonlari butun insoniyat tarixi uchun xosdir. Masalan, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikka qadar insoniyat yagona sivilizasiyadan ikki, ya‘ni g‘arb va sharq sivilizasiyalariga o‘tgan edi. Hozirda esa kelajakda yangidan yagona jahon sivilizasiyasining paydo bo‘lishiga olib keluvchi tendensiyalar amal qilmoqda. An‘anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga, undan esa kelajakdagi iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari ham shunday tavsif kasb etadi.
Trasnformasiya jarayonlari o‘z tavsifiga ko‘ra ikkita turga bo‘linadi (1-rasm).


Download 50.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling