Transmilliy korporatsiyalar -xalkaro tadbirkorlikning samarali shakli
Download 0.56 Mb.
|
Rahimov Asliddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- TMK millati ko`rsatkichlari bo`lib qo`yidagilar xizmat kiladi
TMKning umumiy valuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2 %ga siljishi istalgan ikkita milliy valutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir.
TMK millati ko`rsatkichlari bo`lib qo`yidagilar xizmat kiladi:
Kompaniyaning millatini o’z hukumati tomonidan beriladigan imtiyozlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar aniqlaydi. Xorijiy firmalarning faoliyat yuritishini esa qabul qiluvchi davlat o’z iqtisodiyotining alohida sektorlarini qoldirgan holda cheklaydi. Shunday qilib, ko’pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yo’l transporti sohasida, Avstraliya va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, Gretsiya, Finlyandiyada telekommunikatsiya sohasida va boshqalarda faoliyat yuritish ta’qiqlangan. Lekin, so’nggi yillarda xorijiy firmalar uchun ta’qiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy qonunchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda turli mamlakatlar qonunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-firmalar va norezident-firmalarni farqlaydi. Rezidentlarga ushbu davlat hududida joylashgan va shu yerning o’zida ro’yxatdan o’tgan kompaniyalar kiradi. Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar iqtisodiy adabiyotlarda odatda bosh kompaniyaning xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling