Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Xizmatlarni amalga oshirishning ratsional texnologiyalarini ishlab chiqish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Xizmatlarni amalga oshirishning ratsional texnologiyalarini ishlab chiqish
bo‘yicha chora-tadbirlar Transport-ekspeditorlik xizmatlarning ratsional texnololgiyalarini ishlab chiqish, birinchidan, ko‘rsatiladigan xizmatlarning ustivor va progressiv texnologiyalarining o‘z vaqtida qo‘llanilishini, ikkinchidan, ratsional texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish uslublarini ishlab chiqish va o‘zining faoliyatini reklama qilish va hokazolar yordamida boshqa mijozlarni ham qamrab olishni ko‘zda tutadi. SHuni qayd qilish lozimki, tashishlar va xizmatlarning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish mijozlarning talablarini bajarish pozitsiyasidan turib olib borilishi lozim, bu talablar amalda o‘ta turli-tuman bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir mijozlar – tashishlarning tezkorligini, boshqalari – yukning to‘liq saqlanishini, uchinchilari – hajmlarni to‘liq bajarishni, to‘rtinchilari – unisini ham, bunisini ham, uchinchisini ham va hokazolarni talab qiladi. Ekspeditor barcha bu talablarni imkon qadar hisobga olishi lozim. Tashishlar va xizmatlarning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish quyidagi ketma- ketlikda amalga oshirilishi lozim: 1. G‘oyalarni shakllantirish. Mazkur bosqichda transport-ekspeditorlik korxonasining haydovchidan tortib korxona rahbarigacha bo‘lgan ko‘plab xodimlarining ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. G‘oyalar harakatlanuvchi sostav, tirkamalar, konteynerlar, paketlarning yangi tiplarini qo‘llash, yuklarni ortish va tushirishning yangi usullarini qo‘llash, etkazib berish usullarini, yangi marshrutlarni, informatsiya va hujjatlarning o‘tishini, yukning saqlanishini ta’minlash usullarini optimallashtirish va hokazolarga taalluqli bo‘lishi mumkin. 2. G‘oyalarni tanlab olish. Mazkur vazifani bajarish uchun transport- ekspeditsiya korxonasida mutaxassislarning mavjud takliflarni baholash va ulardan eng yaxshilarini tanlab olishga qodir bo‘lgan kichik guruhini tashkil qilish tavsiya qilinadi, bunda chetdan mustaqil ekspertlarni ham taklif qilish mumkin. Bunda eng yaxshi g‘oyalarni tanlab olishning asosiga turlicha kriteriylar: korxonaning foydasi, bozorning qamrab olinganlik darajasi, 83 xarajatlarning kamayishi, mablag‘larning tejalishi va hokazolar qo‘yilishi mumkin. 3. Tanlangan teznologiyani, xizmatni, yukni harakatlantirish tizimini ishlab chiqish va uni tajribada tekshirib ko‘rish. Mazkur bosqichni bajarishda ilmiy- tekshirish va loyiha tashkilotlarini jalb qilish tavsiya qilinadi. 4. Transport marketingi strategiyasini ishlab chiqish. YAngi texnologiya, xizmatlar, yukni harakatlantirish tizimi iste’molchilarining mumkin bo‘lgan sonini, o‘zlashtirish hajmlarini, mumkin bo‘lgan mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni, foydani, atrof-muhitga ekologik ta’sir ko‘rsatish darajasini, tashishlarning xavfsizligi va hokazolarni aniqlash zarur bo‘ladi. 5. Texnologiya, xizmat, yukni harakatlantirish tizimini tajribada tekshirib ko‘rish natijalari bo‘yicha to‘ldirish. Mazkur bosqichda yangi teznologiya, xizmat, yukni harakatlantirish tizimini joriy qilish bo‘yicha texnik, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Bu chora-tadbirlar bevosita transport korxonasining o‘ziga ham, yukni jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarning korxonalariga ham, va albatta, ekspeditorlik korxonalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. 6. Yangi texnologiya, xizmat, yukni harakatlantirish tizimidan keng foydalanish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling