Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning logistik tizimlarini tashkil qilish bo‘yicha
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning logistik tizimlarini tashkil qilish bo‘yicha
chora-tadbirlar Yuqori darajada tashkil qilingan servis zamonaviy logistikaning faoliyat ko‘rsatishining muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Logistik servis muammosi masalalarning uchta guruhini: ishlab chiqarish-texnologik va tashkiliy- iqtisodiy strukturani, sifat ko‘rsatkichlari va uning maqsadga muvofiq bo‘ladigan darajasini, shuningdek xizmat ko‘rsatish sferasining o‘zini o‘z ichiga oladi. Logistik servis xizmatlari tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar nihoyatda turli-tuman bo‘lib, tizimli xarakterga ega bo‘ladi. Transportda ular tovar-material oqimlariga xizmat ko‘rsatish, mahsulotni taqsimlash va yuklarni oxirgi iste’molchiga etkazib berishda transport-ekspeditsion faoliyat bilan bevosita 84 bog‘lanadi. Logistik kompaniyalarning servis xizmatlari mahsulotni ishlab chiqaruvchilar va iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi. Logistika tashishning barcha qatnashchilarining muvofiqlashgan holda ishlashi bilan tovarlarni talab qilinadigan miqdorlarda va kafolatlangan muddatlarda ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berishni tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Logistikaning joriy qilinishi ekspeditorlarga transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni oshirishga, faoliyat jabhasining kengayishi va daromadlarning ko‘payishiga ko‘maklashadigan ko‘proq ilg‘or bo‘lgan transport texnologiyalari (terminalli texnologiya, tagliklar (poddonlar), konteynerlarning qo‘llanilishi va hokazolar) bo‘yicha ishlash imkonini beradi. Logistika korxonaning raqobatbardoshliligini ta’minlaydigan asosiy element bo‘lib hisoblanadi. Logistikaning korxonaning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlari informatsiyadan, korxonaning mahsuloti va boshqa asosiy resurslaridan ratsional foydalanish yo‘li bilan bozorni egallashga qaratilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun korxonani rejalashtirish va boshqarishning operativ rahbarlik qilish tizimi bilan integrallashgan majmuaviy tizimi bo‘lishi zarurligi talab qilinadi, bu ishlab chiqarish va transportning ishlashini qayishqoq tarzda muvofiqlashtirish, boshqa mahsulotga o‘tish zaruratiga operativ ravishda javob qaytarish imkonini beradi. Samarali logistikani yaratish uning korxonaning strategiyasi bilan mkqofiqlashtirilgan strategiyasini ishlab chiqish, uni ob’ektiv miqdoriy baholash tizimini ishlab chiqish, hal qiluvchi omillarni aniqlashni talab qiladi. Logistik tizimlarning samaradorligi quyidagilardan tashkil topadi: 1. xizmatlar va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqishni tezlashtirish; 2. talabni maksimal darajada qanoatlantirishning tezkorligi; 3. ajariladigan xizmatlarning sifatini oshirish; 4. xizmat ko‘rsatish narxlarini pasaytirish. Logistik tizimning yaratilishi bilan transport-ekspeditsiya korxonalari yuk egalarini jo‘natish va taqsimlash funksiyalaridan (upakovka qilish, omborxonaga to‘plash va boshqalar) ozod qilgan holda transportirovka qilishdan oldin keladigan, 85 uni tugallaydigan funksiyalarni bajarish bilan majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni o‘ziga oladi. Majmuaviy xizmat ko‘rsatishda yukning yuk jo‘natuvchidan yukni qabul qilib oluvchigacha barcha zaruriy operatsiyalarni bajarish, shuningdek transport-logistika servisining zaruriy majmuasini taqdim qilish bilan yagona hujjat bo‘yicha o‘z vaqtida va sifatli etkazib berilishi uchun ekspeditorning yagona va to‘liq javobgarligi ko‘zda tutiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling