Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Yuklar va informatsion oqimlar ko‘chishining biznes-jarayonlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Yuklar va informatsion oqimlar ko‘chishining biznes-jarayonlari
Transport-ekspeditsiya tashkilotining asosiy ishlab chiqarish masalalarini avtomatlashtirish uning harakatlari mazkur tashkilotning biznes-jarayonlariga mos keladigan maxsus dasturiy ta’minot yordamida amalga oshiriladi. 6-rasmda yuklarni etkazib berish bo‘yicha dasturdagi asosiy biznes-jarayonlar keltirilgan. 96 Tabiiyki, etkazib berish jarayonida bir nechta operatorlar (tashuvchilar) ishtirok etadi. Transport infratuzilmasining operatorlari (yo‘l xizmatlari, yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi va boshqalar) harakatlanuvchi sostavning harakatini boshqarishning umumiy funksiyalaridan tashqari xavfli, nogabarit va boshqa me’yorga to‘g‘ri kelmaydigan yuklarni tashishda tobora faol rol o‘ynaydi. Bunday hollarda harakat marshruti, tashish vaqti va hokazolarni ular bilan kelishish zarur bo‘ladi. Informatsion tizim tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishda sezilarli rol o‘ynashi uchun u korxonaning ehtiyojlarini rejalashtirishdan kelib chiqishi lozim bo‘ladi. Yuklarni etkazib berishni samarali boshqarish uchun (SupplyChainManagement – etkazib berishlar zanjirini boshqarish) klassidagi informatsion tizimlar asosiy ahamiyatga ega. Ular optimallashtirish va ishning samaradorligini tahlil qilish bloklari, shuningdek CRM-tizimlar (CustomerRelationshipManagement – mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish) bilan chambarchas bog‘liq holda yuklarni etkazib berish jarayonini rejalashtirish va boshqarishga ko‘maklashadi. SCM klassidagi informatsion tizimlar logistik tizimda biznes-jarayonlarning bajarilishini bevosita avtomatlashtirish va yagona informatsion kenglikda ular o‘rtasida informatsion oqimlar o‘tishini boshqarishni ta’minlaydi. Yukni etkazib berish zanjirining har bir yangi halqasini amalga oshirish uni modellashtirishdan, uni u yoki bu kriteriylar bo‘yicha optimallashtirish yo‘llarini qidirishdan boshlanadi. Yukning harakatlanishining olingan marshruti va yuk operatsiyalarining bajarilish grafigi so‘ngra doimo nazorat qilinadi, zarur bo‘lgan 97 hollarda esa etkazib berish rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling