Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Yuklarni tashishga jalb qilish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Yuklarni tashishga jalb qilish
Transport vositalarining to‘liq yuklamasini ta’minlash transport xizmatlari bozorida operator sifatida chiqadigan agentlik firmasi yoki ekspeditorning faoliyatining saaradorligini baholashning bosh ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Tashuvchilar yirik sanoat markazlarida, ya’ni yuklarning dunyoga kelish joylarida yuklarni jalb qilishni ta’minlaydigan maxsus brokerlik firmalarini tashkil qiladilar (inlandagents, bookingoffice). Ulardan yukni tashish uchun qabul qilib olganlik uchun (“bukirovka qilish”) ularga bukirovka komissiyasi to‘lanadi (bookingcommission). Bukirovka komissiyasini tashuvchilar tomonidan yuk egalarining ekspeditorlariga, ular yukni tashish uchun bevosita taqdim qilganlari uchun to‘lanadigan ekspeditorlik komissiyasi (forwardingcommission) bilan adashtirmaslik lozim. Liniyali kemachilikda agentlik komissiyasi portdagi agentlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Biroq agentga yuklarni nafaqat o‘zining portidan, balki boshqa agentning faoliyat sferasiga kiradigan portlar, territoriyalardan ham tashish uchun jalb qilishga ruxsat beriladi. Bunday holda, qoidaga ko‘ra, komissiya “bukirovka qiluvchi” va “agentlik qiluvchi” agentlar o‘rtasida teng bo‘linadi. Yuklarni tashish uchun jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar transport- ekspeditsiya korxonasining marketing sohasidagi ishining amaldagi ifodasi bo‘lib hisoblanadi. U, xususan, marketing xizmati tomonidan ma’lum bir davr uchun (ko‘pincha yarim yillik) bilimdonlik bilan asoslangan holda tuzilgan va agentga berilgan reja topshirig‘i – agentning tashuvchi oldida uning tomonidan taqdim qilinadigan servisning natijasi uchun javobgarligini belgilaydigan marketing rejasini (marketingplan) tayyorlash bilan amalga oshiriladi. Agentning yuklarni tashish uchun jalb qilish va tashuvchining transport vositalariga xizmat ko‘rsatish servisi ishlari global jihatdan fraxtlash (yollash) bilan tashuvchining agent faoliyat yuritadigan regiondagi xarajatlari o‘rtasidagi farq bilan (yuklash, tushirish, transport vositalariga xizmat ko‘rsatish, agentlik va ekspeditorlik haqlarini to‘lash va hokazolar) aniqlanadigan tugallangan sikl bo‘yicha baholanadi. Shu sababli marketing- reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 90 - yuk yoki konteyner sig‘diruvchanligi bo‘yicha agentga ajratiladigan kvota (allotment), agent faoliyat ko‘rsatadigan region va boshqa alohida regionlar bo‘yicha har bir transport vositasining - olib kirish va olib chiqish, eksport va import bo‘yicha ajratish bilan - yuklama foyizi; - umuman agent uchun va har bir punkt uchun daromadning o‘rtacha stavkasi; - transport vositalarining (kemalar, avtopoezdlar, samoletlar) kelish, ketish chastotasi; - transport vositalarigaishlov berishning intensivligi; - asbob-uskunalarning (konteynerlar, shassilar, tagliklar va hokazolar) o‘rtacha aylanuvchanlik me’yori (normativi). Marketing-reja tarif stavkalarining darajalari, ustamalar, chegirmalar, komissiyalar bo‘yicha, fraxt to‘lovlarini kechiktirish yuzasidan kredit siyosati bo‘yicha, asbob uskunalardan tekinga foydalanish vaqtining davomiyligi va terminal, omborxonalarda yuklarni tekinga saqlash vaqtining davomiyligi, konteynerlarni ijaraga olish tartibi, me’yordan oshiq turib qolganlik uchun jarima sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Agentga marketing-rejani berishni tashuvchi tomonidan mos keluvchi teleks, faks yoki xatning yuborilishi sifatida tushunmaslik lozim. Tashuvchining agent bilan, yoki yanada aniqrog‘i barcha agentlar bilan yig‘ilishlari davomida qabul qilingan marketing-reja eng samarali bo‘lib hisoblanadi. Bu agentlik yig‘ilishlarida tanqidlarni eshitish va agentning tashuvchiga, ba’zan xizmatchilarga, kapitanlarga, haydovsilarga, havo kemalarining komandirlariga, mamlakat va shaharlardagi vakillarga va tashishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarga taalluqli bo‘lgan da’volarini ajrim qilish foydali bo‘ladi. Agentlik yoki ekspeditorlik firmasida yuklarni tashish uchun jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar alohida bo‘linma – kanvassing mutaxassislari bo‘limida (canvassing) jamlanadi, bu bo‘limning mutaxassislari kanvasserlar deb ataladi. Transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning birorta sferasida (jabhasida) ham inson omili kanvassing sohasidagichalik muhim rol o‘ynamaydi. Bu rahbariyatga ham, oddiy xodimlarga ham taalluqli bo‘ladi. 91 “Kemalarni agentlash amaliyoti” qo‘llanmasida kanvasserlik lavozimiga da’vogarlik qiladigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar keltiriladi: "Kanvasser salohiyatli bo‘lishi, kasbiy mahoratga ega bo‘lishi, o‘zini qanday tutish kerakligini balishi, ishonarli qilib gapira olishi, yoqimli suhbatdosh bo‘la olishi, “inson ko‘ngliga yo‘l topa oladigan” bo‘lishi, qayishqoq bo‘lishi, yon bosadigan bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qila oladigan bo‘lishi, muloqotdan bahra oladigan bo‘lishi, yaxshi ma’lumot va dunyoqarashga ega bo‘lishi lozim". Garchi yuqorida sanab o‘tilgan fazalatlarning bo‘lishi har qanday kasbda ham oshiqchalik qilmasada, kanvasser, umuman olganda, bozor konyukturasi va servisda band bo‘lgan transport vositalarining texnik-iqtisodiy xarakteristikalarini yaxshi bilishi, tijorat ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, xorijiy tillarni (ayniqsa ingliz tilini) bilishi, mijozlarni o‘ziga qiziqtira olishi lozim. Ko‘pincha kanvasserning oylik maoshi qat’iy stavka va mukofot ko‘rinishida belgilanadi, uning miqdori jalb qilingan fraxt summasi bilan belgilanadi. U me’yorlashtirilmagan ish kuniga va vakillik xarajatlari uchun ajratilgan ma’lum bir mablag‘larga ega bo‘ladi. Mijozlarni kemalarda, aeroportlarda, kompaniyaning vakolatxonalarida qabul qilish kanvasserlar tomonidan tashkil qilinadigan ommaviy vakillik tadbirlari bo‘lib hisoblanadi, bunda ularga kapitanlar, styuardessalar, kassirlar yordamga keladi.. Bularning hammasidan maqsad bitta – potensial yuk jo‘natuvchini aynan kanvasserlar taqdim qilayotgan servmsdan (liniyadan) foydalinishning maqsadga muvofiq ekanligiga ishontirish. Shundan kelib chiqqan holda, kanvassing bo‘limidagi xodimlar soni turlicha bo‘ladi. U agent tomonidan nazorat qilinadigan territoriyaning o‘lchamiga, ajratilgan kvotaga, uning faollik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir kanvasser, ya’ni kanvassing bo‘limining xodimi zona, region, yuk oqimi, tashish turi, shassida tashish, avtofurgonlar bilan tashish va hokazolarga “xo‘jayin” bo‘ladi (rollingstock). Yirik yuk egalari, zalvorli ekspeditorlik firmalari bilan o‘tkaziladigan bir qator tadbirlar butun bo‘lim, ba’zan esa butun firma ko‘lamida “bosh kanvassing” tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi (generalcanvassing), u barcha darajalardagi muntazam shaxsiy muloqotlar va yuk jo‘natishning uzoq muddat uchun 92 mo‘ljallangan dasturlarini kelishishni ko‘zda tutadi. Bu tadbirlarda elchilar, konsullar, savdo vakillari, hukumat va munitsipial xizmatlar vakillarining ishtirok etishi hech kimni hayron qoldirmaydi. Kichik partiyali yuk jo‘natuvchilar bilan telefon, pochta, teleks, faks orqali alohida muzokaralar olib boriladi. Bunda ko‘pincha bilimdonlik va xushmuomalalik bilan yozilgan, chiroyli blankaga bosilgan xat, jo‘natish hujjatlarining tezkorlik bilan etkazib berilishi, telefonistkaning yoqimli ovozi, kotibaning hazil-huzuli kanvasser rolini muvaffaqiyatli tarzda bajaradi. YUkni Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling