Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Korxonaga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni tashkil


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Korxonaga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni tashkil
qilish
Terminalning transport-ekspeditorlik xizmatlar bozori yuklarni tashishning
hajmi, mavsumiyligi strukturasi va yo‘nalishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning
miqdori va sifati, tashishlar va transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatishga
bo‘lgan ehtiyojlarning qanoatlantirilish darajasi bilan xarakterlanadi. YUk
jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarga xizmatlar ko‘rsatishning sifatini
va yuklarni etkazib berishning samaradorligini oshirish maqsadida majmuaviy
transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish (rus. KTEO) tashkil qilinadi.
Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan ma’lum
bir talablar qo‘yiladi:

korxonalarning mahsulotlarini qabul qilib oluvchilarga etkazib berishni
tezlashtirish va transportning samarali turidan foydalanish, mahsulotni
jo‘natishdan oldin saqlash davomiyligini va uning iste’molchilardagi zahiralarini
kamaytirish hisobiga aylanmadagi mablag‘larni qisqartirish;

yukni qabul qilib oluvchilarga jo‘natishga tayyorlash, uni har xil transport
turlari bilan jo‘natish, tashishlarni tashkil qilish, tovar-transport hujjatlarini va
hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ishlardan korxona xodimlarini
ozod qilish;

yuklash-tushirish ishlari va transport-ekspeditsion operatsiyalarning
transport jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish;

magistral avtomobil tashishlarini amalga oshirish uchun harakatlanuvchi
sostavning ratsional tiplarini qo‘llash va undan samarali foydalanish;

mahsulotni qabul qilib oluvchilarga etkazib berish xarajatlari va transport
xarajatlarini qisqartirish.


109
Majmuaviy 
transport-ekspeditorlik 
xizmatlar 
ko‘rsatish 
transport-
ekspeditsiya korxonasi tomonidan ishlab chiqiladigan loyihaga muvofiq tashkil
qilinadi. Loyihada majmuani tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning
quyidagi bloklari ko‘rib chiqiladi:

yuklarning turlari bo‘yicha tashishlar hajmi, uning transport turlari,
jo‘natmalarning ko‘lamlari va tashish masofasi bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash;

avtomobil transporti va transportning boshqa turlarini samarali qo‘llash
sferalarini (jabhalarini) aniqlash;

yuklarni magistral tashish uchun avtomobil transporti harakatlanuvchi
sostavining ratsional tiplarini tanlash;

majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish ro‘yxatini va uni
o‘zlashtirishning bosqichliligini aniqlash;

majmuani yuklarni harakatlantirish tizimlari, hujjatlar aylanmasi
tizimlarini takomillashtirish va yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish
bilan tashkil qilish texnologiyasini ishlab chiqish;

iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy natijalarni aniqlash.
Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishda transport-
ekspeditsiya korxonasi mahsulotning sexdan chiqishidan boshlab to uni
transportning har xil turlari bilan jo‘natishgacha bo‘lgan barcha ishlar ro‘yxatini:

sexning omborxonasida barcha mahsulotni qabul qilib oluvchiga har xil
transport turlari bilan jo‘natish uchun qabul qilishni;

transportning samarali turini tanlashni;

yuk o‘rinlarini upakovkalash va markirovkalashni;

jo‘natmalarni transport turlari, tashish marshrutlari va qabul qilib
oluvchilar bo‘yicha tagguruhlashtirishni;

avtomobillar, konteynerlar va vagonlarni xizmat ko‘rsatiladigan
korxonaning territoriyasida yuklashni;

magistral bog‘lanishlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil tashishlarini
bajarishni;


110

mahsulotni aralash avtomobil-temir yo‘l, avtomobil-suv yo‘li yoki
avtomobil-havo yo‘li bog‘lanishlarida transportning boshqa turlari bilan
jo‘natishni

qabul qilib oluvchilarni ularga mahsulot jo‘natilayotganligi to‘g‘risida
xabardor qilishni;

tovar-transport hujjatlarini, majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar
ko‘rsatish uchun hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishni
o‘z ichiga olgan holda amalga oshirishi mumkin
Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida
transport-ekspeditsiya korxonasining xizmatlar majmuasini bajarish, xizmat
ko‘rsatiladigan korxona tomonidan esa – majmuaviy transport-ekspeditsiya
xizmatlari ko‘rsatish uchun ekspeditorga shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha
majburiyatlar ko‘zda tutiladi. Ularga ekspeditorga omborxona binolari va boshqa
maydonchalarni, yuklash-tushirish mexanizmlarini, ekspeditorning xodimlari
uchun xonalarni taqdim qilish, aloqa vositalari va boshqa qurilmalar bilan
jihozlash kiradi. Zarur bo‘lgan hollarda shartnomada xizmat ko‘rsatiladigan
korxona tomonidan omborxonalar va yuklash-tushirish postlarini qurish yoki qayta
jihozlash ko‘zda tutiladi. Majmuaviy xizmat ko‘rsatishning samarali bajarilishi
uchun haydovchilarning doimiy brigadalari, shuningdek haydovchilar, omborxona
xodimlari, mexanizatorlar va dispetcherlardan iborat bo‘lgan majmuaviy brigadalar
tashkil qilinishi mumkin.
Transport-ekspeditsion korxona bilan xizmat ko‘rsatiladigan korxona
o‘rtasida majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar uchun hisob-kitoblar
shartnomaviy tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga bog‘liq
ravishda bu tariflar har bir operatsiya bo‘yicha alohida hisoblanishi yoki xizmat
ko‘rsatiladigan korxonaning umuman barcha operatsiyalar bo‘yicha amaldagi
xarajatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi mumkin. Bunda shartnomada
tariflarning yoqilg‘i, harakatlanuvchi sostav yoki ekspeditorning boshqa xarajatlar
statyalari bo‘yicha amaldaga narxlarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan
indeksatsiyasi hisobga olingan bo‘lishi zarur.


111

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling