Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Yuklash va tushirish operatsiyalari (stividorlik xizmatlari ko‘rsatish)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Yuklash va tushirish operatsiyalari (stividorlik xizmatlari ko‘rsatish)
Yuklash-tushirish faoliyatiga (stividorlik xizmatlari ko‘rsatishga) transport xarajatlarining kattagina qismi to‘g‘ri keladi, shu sababli, ishning iqtisodiy tomonidan kelib chiqqan holda, ular ekspeditrlik va agentlik korxonalarini qiziqtirmasdan qolmasligi mumkin emas. Bu ishlarga har qanday transport vositasining umumiy ekspluatatsiya vaqtining kattagina qismi to‘g‘ri keladi. shu sababli transport vositalarining egalari bu operatsiyalarning sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Stividorlik ishi deganda yukni ortish yoki tushirish, yukni transport vositasiga joylash va taxlash bo‘yicha operatsiyalar tushuniladi, yukni transport vositasiga joylashtirish va taxlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda nafaqat uning to‘liq saqlanishi, tashishning xavfsizligi ta’minlansin, balki tashish operatsiyasining o‘zining – kema reysi, vagonning harakatlanishi, avtomobil, yuk ortilgan treyler va hokazolarning harakatlanishining xavfsizligi ta’minlansin. Bu ishlarga shuningdek terminalda (qirg‘oqda), omborxonada yuk bilan amalga 119 oshiriladigan bir qator manipulyasiyalar, yukni bitta transport vositasidan boshqasiga o‘tkazish, yukni tortib o‘lchash, uni saralash va hokazolar kiradi. Yuklarni dengiz transporti bilan tashishda bu operatsiyalar bortdagi yuk ishlari va terminaldagi ishlarga bo‘linadi. Transport vositasining egasi uchun stividorlik operatsiyalarining to‘liq majmuasi o‘zining firmasi tomonidan bajarilishi optimal bo‘lib hisoblanadi. Biroq bunday holat hozircha faqat yuklarni o‘tkazishni tashuvchining zimmasiga yuklash imkonini beradigan shartnomalarning bazis shartlariga muvofiq konteynerlar va roll-treylerlar bilan bajariladigan yuk terminal operatsiyalari uchun xarakterlidir. Stividorni tanlash huquqi, qoidaga ko‘ra, yuk operatsiyalari uchun haq to‘laydigan tomonga tegishli bo‘ladi. Liniyali tashishlarda, tovarni sotish shartlaridan qat’iy nazar, stividorlik ishlariga tashuvchi haq to‘laydi. Stividorni tanlash va tayinlash huquqi ham unga tegishli bo‘ladi. Amalda deyarli har doim stividorlik operatsiyasini tashkil qilishni transport agenti yoki ekspeditor bajaradi. SHu sababli stividorlik kapitalining agentlik yoki ekspeditorlik kapitali bilan birlashishining sodir bo‘lishi tasodifiy hol emas. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda stividorlik kompaniyalari, qoidaga ko‘ra, xususiy korxonalar bo‘lib hisoblanadi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa – davlat korxonalari yoki yarim davlat korxonalari bo‘lib hisoblanadi. Tarqoq holdagi stividorlik korxonalari mamlakatlar, regionlar bo‘yicha tadbirkorlik assotsiatsiyalariga birlashadi. Bu assotsiatsiyalar markazlashgan holda dokerlarning kasaba uyushmalari bilan jamoa shartlarining (koldogovor) shartlarini kelishadi, tashuvchilar bilan yagona huquqiy munosabatlarni kelishadi va ular bilan birgalikda yagona stividorlik tariflarini va ularni qo‘llash qoidalarini ishlab chiqadi. Dokerlar – xorijdagi ishchilar sinfining ko‘proq jipslashgan qismidir, ularning kasaba uyushmalari esa – katta ta’sirga ega bo‘lgan siyosiy kuchdir. Xizmat ko‘rsatishning mazkur turida ba’zi bir “an’analarning” amal qilishi ham bunga ko‘maklashadi. Dokerlarning bir qismi stividorlar tomonidan doimiy yollanadi (boshqalarda ishni tashkil qiluvchilar - bitta yoki bir nechta brigadirlarning shtatidan 80% gacha), boshqalari esa kasaba uyushmalari 120 tomonidan nazorat qilinadigan port puliga (pul – xorijiy mamlakatlarda monopolistik birlashish turlaridan biri – izoh tarjimonniki) birlashadi (partregular, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling