Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Konteynerli yuklarga xizmat ko‘rsatish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Konteynerli yuklarga xizmat ko‘rsatish
Konteynerli tashishlarning afzalligi yuklarni etkazib berishning tezlashishi,
ularning saqlanishining ta’minlanishi, engillashtirilgan idish yoki faqat iste’molchi
upakovkasidan foydalanish evaziga tejamkorlikka erishishdan iborat. Katta yuk
sig‘imiga ega bo‘lgan konteynerlarning unifikatsiyalangan (bir xillashtirilgan)
qatori konteynerli tizimning asosi bo‘lib hisoblanadi, ularda tovar ishlab
chiqaruvchidan iste’molchigacha qayta yuklamasdan etib borishi mumkin.
Konteynerlar konteyner terminallarida (containerterminals) maxsus qayta
yuklagichlar: dengiz portlarida yuklash va tushirish uchun - portaynerlar


126
(portainers), temir yo‘l transportidan avtomobil transportiga qayta yuklash uchun –
ko‘prikli kranlar, shtabellash uchun – 30,5-41 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega
bo‘lgan transteynerlar (transtainers) bilan yuklanadi, tushiriladi va qayta
yuklanadi. Terminal ichida ko‘chirishlar uchun oshirilgan yuk ko‘tarish quvvatiga
ega bo‘lgan avtoyuklagichlar va avtokonteynerovoz-shtabellerlardan foydalaniladi.
Konteynerlarni tashish konteynerovoz va rolkerlarning ixtisoslashtirilgan
okean floti bilan amalga oshiriladi, ular bazaviy (base) portlarning cheklangan
soniga kirish bilan liniyali xizmat ko‘rsatish tizimi va konteynerlarni belgilangan
manzilga kichik va o‘rta sig‘imli kemalar bilan etkazadigan fider xizmatlari
ko‘rsatish tizimi asosida ishlaydi.
Konteynerlarni temir yo‘l transporti bilan tashish uchun uzunligi ko‘proq
18,3-18,4 m bo‘lgan maxsus platformalar qo‘llaniladi (AQSH va Kanadada 80,7 m
uzunlikdani birlashtirilgan 5 seksiyali vagonlarda ikki yarus (qavat) qilib
tashiladi), ular muntazam konteyner poezdlari - marshrutlarga (blocktrains)
birlashtiriladi va qoidaga ko‘ra, passajir bog‘lanishlari rejimidagi jadval bo‘yicha
harakatlanadi.
Avtomobil transportida 34,7 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga, 1200 mm dan
oshiq bo‘lmagan yuklash balandligiga, qudratli va tezkor avtotortuvchilarga
(avtotyagach) ega bo‘lgan treyler tirkamalari – konteynerovozlar qo‘llaniladi.
Aviatsiya transportida (yirik tonnajli konteynerlarni tashish uchun) –
konteynerlarni fizelyaj ichiga kiritish uchun mo‘ljallangan avtonom moslamalarga
ega bo‘lgan yuk samolyotlaridan foydalaniladi.
Terminallar tarkibida, shuningdek yirik sanoat va transport tugunlarida
konteynerlarni yuklar bilan to‘ldirish yoki bo‘shatish (packing, stuffing), tarqatish
(unstuffing, stripping) va bojxona tozalashi uchun mo‘ljallangan omborxonalar
faoliyat ko‘rsatadi, ular konteyner yuk maydonchalari (rus. KGS)
(containerfreightstation - CFS), port yoki aeroportdan tashqaridagi bojxona
tozalashi uchun mo‘ljallangan omborxonalar (InlandClearancedepots, ICD) deb
ataladi.
Konteynerlarni saqlash (containeryard), qabul qilib oluvchilarning o‘zlari
keyinchalik olib chiqib ketgunga qadar vaqtinchalik to‘plash (containerdepo) va


127
mijozlarning bo‘sh konteynerlarni qaytarishi uchun mo‘ljallangan (infratuzilma
kuchsiz rivojlangan rayonlarda) maydonchalar ichki konteyner omborxonalari
(inlandcontainerdepo) deb ataladi.
Konteyner parkining asosiy massasi tashuvchilar, ekspeditorlar va
konteynerlarni ijaraga beradigan lizing kompaniyalariga tegishli bo‘ladi. Yuk
egalariga har xil turdagi maxsus konteynerlarning aksariyati (sisternalar, oquvchan
yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlar, ximovozlar, izotermik refrije-
ratorlar va hokazolar), shuningdek yuklarni tranzit bilan bir nechta mamlakatlar
orqali tashish uchun mo‘ljallangan (masalan, Transsibir magistrali bo‘ylab)
odatdagi konteynerlarning aksariyati tegishli bo‘ladi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning barcha bosh (donabay) tashqi
savdo yuklarining yarmidan ko‘prog‘i konteynerlar bilan etkazib berilmoqda,
rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich taxminan 20% ni tashkil qiladi.
Konteynerli tashishlarning asosiy mablag‘talabligiga faqatgina yirik monopolistik
birlashmalarning qurbi etadi, bu asosiy konteynerli tashishlarning taxminan 130 ta
kemachilik va temir yo‘l kompaniyalarining qo‘lida konsentratsiyalanishiga olib
kelgan, ularda konteynerlarni pul asosida almashinish va foydalanish tizimlari
amal qiladi.
Transportirovka qilish xarajatlarini qisqartirish va konteyner parkidan
yanada samaraliroq foydalanish maqsadida “yig‘ma konteyner” larni komplektlash
(jamlash) tizimi yaratilgan. U quyidagi tarzda amalga oshiriladi: konteyner yuk
stansiyasida (CFS) konteyner to to‘liq sig‘imga qadar (FCL) yuklarning kichik
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling