Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlash
1.
Terminallarning asosiy vazifasi kichik partiyali jo‘natmalarni tashishni
tashkil qilish hisoblanadi, shu sababli terminallarni yaratishning maqsadga


102
muvofiqligi magistral bog‘lanishlarda yuklarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tashishlarni solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida yuklarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tashishlarni solishtirish yuk jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarning
yukni jo‘natuvchidan yukni qabul qilib oluvchigacha bo‘lgan butun yo‘l
davomidagi yukni etkazib berish xarajatlari (tariflar) bo‘yicha, sifat va etkazib
berishning barcha qatnashchilarining (yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qilib oluvchi,
tashuvchi va ekspeditor) ish sharoitlarini hisobga olish bilan amalga oshiriladi.
2.
Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlashda kichik
partiyali jo‘natmalarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish sxemalari solishtirish
uchun qabul qilinadi (7-rasm). Kichik partiyali jo‘natmaga tashish paytida
harakatlanuvchi sostav birligining yuk ko‘tarish quvvati yoki sig‘imidan to‘liq
foydalanishni ta’minlay olmaydigan jo‘natma kiradi. SHaharlararo tashishda
kichik jo‘natmaga og‘irligi 5 tonnagacha bo‘lgan jo‘natmalar kiradi. Terminalli
tashishda yukni to‘plash va uni jo‘natish terminaliga etkazish, shuningdek
terminaldan belgilangan manzilga etkazib berish o‘rtacha va kichik yuk ko‘tarish
quvvatiga ega bo‘lgan avtomobillar bilan amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
tashishda jo‘natmalarni yig‘ish va tarqatish bevosita magistral tashishlarni
bajaradigan katta yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan avtomobillar bilan amalga
oshiriladi.
Yuklarni xalqaro bog‘lanishlarda etkazib berishning shu sxemalarida yukni
jo‘natuvchidan yuklash va tashishni hisobga olish bilan qabul qilib oluvchida
tushirishdan tashqari yukni jo‘natish (qabul qilib olish) punktlarida yukni to‘plash
(tarqatish), shuningdek terminalda bojxona rasmiylashtirishi, avtomobilni
bo‘shatish, yukni saralash, saqlash va avtomobilga yuklash amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishda yukning bojxona rasmiylashtirilishi yukni
jo‘natuvchilar, qabul qilib oluvchilarning omborxonalari yoki bojxona organlarida
yukni belgilangan vaqtinchalik saqlash omborxonalarida amalga oshiriladi.
Yuklarni xalqaro tashishni bajaradigan terminallar yuklarni vaqtinchalik
saqlash omborxonalari maqomini oladi, ularning ishi Rossiya Federatsiyasi Bosh


103
Bojxona Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik saqlash (vaqtinchalik
saqlash omborxonalarida) to‘g‘risidagi Qoidalar bilan boshqariladi.
3.
Quyidagi shart terminalli tashishlarning samaradorligini belgilaydi:
T < P,
bunda T – terminalli tashishlardagi xarajatlar; P – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlardagi
xarajatlar.
Terminallar orqali yuk tashish
To`g`ridan- to`g`ri tashish
7-rasm. Magistralbog`lanishdakichikjo`natmalarniterminallivato`g`ridan-
to`g`ritashishshemasi
4.
Tashishlarning yuqorida keltirilgan sxemalaridan kelib chiqqan holda, bu
xarajatlar (har ikkala variantda bir xil deb qabul qilinadigan jo‘natuvchida yuklash,
qabul qilib oluvchida tushirish xarajatlari, shuningdek bojxona ishlovi berish
xarajatlaridan tashqari) quyidagi tarzda aniqlanadi:


104
Terminalli tashish
T = T
x
+ T
mtt
= (C
yig‘
+ P + C + X + Z) + T
mtt,
bunda T – terminalli tashishlardagi xarajatlar; T
x
– terminal xarajatlari; T
mtt

magistral terminallararo tashish bo‘yicha xarajatlar; C
yig‘
– yuklarni kichik tonnajli
avtomobil bilan yig‘ish va tarqatish xarajatlari; R – terminalda tushirish
xarajatlari; S – yuklarni terminalda saralash bo‘yicha xarajatlar; X – YUklarni
terminalda saqlash bo‘yicha xarajatlar; Z – yuklarni terminalda yuklash bo‘yicha
xarajatlar.
Terminalda yuklarni yuklash, tushirish, saralash, saqlash bo‘yicha xarajatlar
terminalning ish sharoitlari bilan belgilanadigan tariflar bo‘yicha qabul qilinadi.
P = C
yig‘ +
T
mtt,
bunda P – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishdagi xarajatlar; C
yig‘
– kichik
jo‘natmalarni magistral tashishni bajaradigan avtomobil bilan yig‘ish va tarqatish
bo‘yicha xarajatlar; T
mtt
– yukni magistral tashish bo‘yicha xarajatlar.
5.
Terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishda kichik jo‘natmalarni yig‘ish va
tarqatish bo‘yicha xarajatlar avtomobil tomonidan sarflangan vaqt va
avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lgan avtomobil-soatning
narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
bunda L – tashish masofasi; V
t
– avtomobilning texnik tezligi; β – bosib o‘tish
masofasidan (probeg) foydalanish koeffitsienti; t
yut
– 1 ta yuk jo‘natmasi uchun
yuklash-tushirish ishlari va bojxona rasmiylashtirishini o‘tkazish vaqti; s bir
avtomobil-soatning narxi.
6.
Jo‘natmani magistral tashish xarajatlari 1 reysning barcha xarajatlarini
jo‘natmalar soniga bo‘lish bilan aniqlanadi.
7.
bunda R – 1 reys uchun xarajatlar; P – tashiladigan jo‘natmalar soni.


105
7.
1 reys uchun xarajatlar magistral tashish uchun so‘mlarda (R
s
) va
valyutada (R
v
) xarajatlarni qoplashi, shuningdek foyda olishni (R) ta’minlashi
lozim:
R = R
s
+ R
v
+ R.
Bu xarajatlar ekspeditor yoki tashuvchining yuklarni jo‘natuvchilar (qabul
qilib oluvchilar) yoki boshqa transport-ekspeditorlik tashkilotlari bilan kelishuvlari
asosida o‘rnatiladigan shartnoma tariflari bo‘yicha qabul qilinadi.
8.
Xalqaro tashishlarda yuklarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarni
solishtirishda xarajatlarning qiymatlari va ko‘rsatkichlarning qabul qilingan
qiymatlariga, shuningdek yukni jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarga
ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatiga yuklarni etkazib berishning o‘ziga xos
xususiyatlari va yuklarning bojxona rasmiylashtirilishi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarda u avtomobil kuzovining har bir ochib-yopilishi,
yukni har bir yuklash va tushirish - mijozlarda yoki bojxona organlarida buning
uchun maxsus ajratilgan yukni vaqtinchalik saqlash omborxonalarida bojxona
nazorati ostida amalga oshirilishi lozim bo‘lganligi sababli kichik jo‘natmalarni
yig‘ish va tarqatishning murakkabligidan iborat bo‘ladi.
Bunday tartib tarqatishda (yig‘ishda) qimmat turadigan avtopoezdning uzoq
vaqt turib qolishiga va kattagina tashkiliy qiyinchiliklarga olib keladi. YUkni
qabul qilib oluvchida yukni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus ajratilgan
omborxona mavjud bo‘lmagan taqdirda 
yuk bojxona tashkilotining
omborxonasiga, qabul qilib oluvchining yukni qabul qilib olishi va olib chiqib
ketishi bilan tushiriladi. Terminalli tashishda esa bojxona rasmiylashtirishi
terminalda amalga oshiriladi, shu sababli yukni yig‘ish (tarqatish) mijozning har
qanday omborxonasidan, tashiladigan jo‘natmaning og‘irligiga mos keluvchi har
qanday avtomobil bilan olib chiqib ketilishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarda jo‘natmalar tashish uchun oyning har xil
kunlarida taqdim qilinishi sababli katta yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan
avtomobilni yuklash uchun partiyalarning etarlicha sonini to‘plashda qiyinchiliklar
vujudga keladi. terminal yukni saqlash hisobiga bu notekislikni “tekislaydi” va


106
xalqaro tashishni amalga oshiradigan avtopoezdning to‘liq yuklanishini
ta’minlaydi. Shu sababli terminalli tashishlarda terminallararo tashishlarni amalga
oshiradigan avtopoezdlarning yuklanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarga qaraganda
anchagina yuqori bo‘ladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling