Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil transportida
Havo transportida yuk avia nakladnoy yoki havo yo`llari kvaitantsiyasi
yuk jo`natuvchi va tashuvchi orasidagi tashish shartnomasiga guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Avianakladnoy yuk jo`natuvchi tomonidan 3 nushada to`ldiriladi va yuk bilan birga tashuvchiga topshiriladi. Avianakladnoyning birinchi nushasiga “tashuvchi uchun” belgisi qo`yilib, yuk jo`natuvchi tomonidan imzolanadi, ikkinchi nusha “qabul qiluvchi uchun” belgisi qo`yilib, yuk jo`natuvchi va tashuvchi tomonidan imzolanadi va yuk bilan birga yuboriladi., uchinchi nushasi esa tashuvchi tomonidan imzolanib, yukni qabul qilib oligandan so`ng yuk jo`natuvchiga qaytarib beriladi. Nakladnoyda yukning nomi, jo`natuvchi va qabul qiluvchi aeroportlarning nomi, nakladnoyga ilova qilinayotgan hujjatlarning nomi, yukning narhi, tashish uchun to`langan haq, nakladnoyni to`ldirish vaqti va boshqalar ko`rsatiladi. Avianakladnoy tovar harakatini boshqaruvchi ham, taqdim etuvchi hujjat ham hisoblanmaydi. U faqat tashish shartnomasi tuzilganligini, tovarni tashish uchun qabul qilinganligini va tashish shartlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Bir qator davlatlarda u bojxona deklaratsiyasi sifatida ishlatiladi. Avtomobil transportida yuklarni tashishda yo`l varaqasi va tovar-transport hujjatidan foydalaniladi. 26 Yo`l varaqasi birlamchi hujjat bo`lib, tovar-transportn akladnoyi (TTN) bilan birga avtotransport vositasi va haydovchining ishini hisoblab borish, haydovchiga oylik maoshini belgilashda ishlatiladi. Yo`l varaqasi avtotransport korxonasi mas’ul hodimlari (dispetcher) tomonidan to`ldiriladi: - liniyaga chiqishdano ldin; - liniyada; - avtotransport korxonasiga qaytgandan so`ng. TTN yuk jo`natuvchi tomonidan tashuvchiga berilib, yukni hisobdan chiqarish va qabul qiluvchining yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Yuk jo`natuvchi kamida to`rt nushada TTN to`ldiradi: birinchisi yuk jo`natuvchida qoladi, ikkinchisi yuk qabul qiluvchiga beriladi, uchinchi va to`rtinchisi ATKga beriladi. Tashish uchun hisob-kitobishlari bajarilgandan so`ng uchinchi nusha yukj o`natuvchigaqaytariladi. TTN ikki bo`limdan iborat: tovar va transport. Halqaro tashishlarda CMR nakladnoyi rasmiylashtiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling