23
Oldi-sotdishartnomasi
Oldi-sotdi shartnomasi tovarlarni etkazish
va u bilan birga amalga
oshiriladigan xizmatlarda tijorat bitimlarining eng keng tarqalgan variantlaridan
hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnomasiga binoan sotuvchi harid qiluvchiga o`tkazish, haridor
esa tovarni qabul qilib olish va belgilangan summani to`lash majburiyatini oladi.
Savdo-sotiq amaliyotida oldi-sotdi shartnomasining quyidagi turlari mavjud:
Bir martalik tashish shartnomasi– mahsulotni ma’lum vaqtda yoki
ma’lum muddatda etkazib berish bo`yicha kelishuv.
Bir martalik tashish shartnomasi qisqa
yoki uzoq muddatlarda amalga
oshirilishi mumkin. Qisqa muddatli etkazib berishni aniq yoki noaniq (masalan,
hosil yig`ishtirib olingandan so`ng, navigatsiya ochilgandan so`ng va boshqalar)
belgilash mumkin. Uzoq muddatli shartnomani kompleks va murakkab jihozlarni,
transport vositalarini va boshqalarni etkazib berishda tuzish mumkin. Bunday
shartnoma 3-5 yil muddatga tuziladi.
Davriy yetkazib berish shartnomasi– ma’lum miqdordagi yoki partiyadagi
tovarni tashish shartida belgilangan muntazam davriy yetkazib berishnik o`zda
tutuvchi kelishuv hisoblanadi. Qoidaga ko`ra, bu
sanoat homashyosi va yarim
fabrikatlar – toshko`mir, neft, tabiiygaz, ruda, qog`oz va qog`oz mahsulatlori va
boshqalar). Qisqa muddatli shartnoma – 1 yil, uzoq muddatli – 5-10 yil.
Komplekt jihozlarni yetkazib berish shartnomasi – tovarlarni bir-biridan
ko`plab farqqiluvchi,
murakab tarkibli, juda ko`p shartlar asosida komplektlab
yetkazib berish bo`yicha kelishuv.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzuvchi tomonlar
- sotuvchi va xaridor
shartnomada ko`zda tutilgan konkret majburiyatlarni o`z zimmalariga oladilar.
Sotuvchining asosiy majburiyatlari:
- Tovarni etkazib berish;
- Tovarga tegishli hujjatlarni berish.
- Haridorning asosiy majburiyatlari:
- Tovarning narhini to`lash;
- Etkazib berilgan tovarni qabul qilib olish.
24
- Sotuvchi va haridor bilishi zarur bo`lgan umumiy qoidalar:
- Zararlarni aniqlash va tomonlarning biri yo`l qo`yilgan hatoni qoplash;
- Har hil yig`imlar, soliqlar va to`lovlarni to`lash tartibi;
- to`lov muddatini cho`zish, shuningdek, boshqa intizom buzilishi bo`yicha
jarima to`lash;
- transport va valyuta tavakkalchiligi;
- mas’uliyatdan ozod qilish tamoyillari;
- muddatidan ilgari shartnomani bekor qilish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: