Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


 Tomonlarning manzili va rekvizitlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

6. Tomonlarning manzili va rekvizitlari
Boshqaruvchi
Agent
____________________________ __________________________
____________________________ _________________________
____________________________ __________________________
Boshqaruvchi
Agent
M. O’.
M. O’.


23
Oldi-sotdishartnomasi
Oldi-sotdi shartnomasi tovarlarni etkazish va u bilan birga amalga
oshiriladigan xizmatlarda tijorat bitimlarining eng keng tarqalgan variantlaridan
hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnomasiga binoan sotuvchi harid qiluvchiga o`tkazish, haridor
esa tovarni qabul qilib olish va belgilangan summani to`lash majburiyatini oladi.
Savdo-sotiq amaliyotida oldi-sotdi shartnomasining quyidagi turlari mavjud:
Bir martalik tashish shartnomasi– mahsulotni ma’lum vaqtda yoki
ma’lum muddatda etkazib berish bo`yicha kelishuv.
Bir martalik tashish shartnomasi qisqa yoki uzoq muddatlarda amalga
oshirilishi mumkin. Qisqa muddatli etkazib berishni aniq yoki noaniq (masalan,
hosil yig`ishtirib olingandan so`ng, navigatsiya ochilgandan so`ng va boshqalar)
belgilash mumkin. Uzoq muddatli shartnomani kompleks va murakkab jihozlarni,
transport vositalarini va boshqalarni etkazib berishda tuzish mumkin. Bunday
shartnoma 3-5 yil muddatga tuziladi.
Davriy yetkazib berish shartnomasi– ma’lum miqdordagi yoki partiyadagi
tovarni tashish shartida belgilangan muntazam davriy yetkazib berishnik o`zda
tutuvchi kelishuv hisoblanadi. Qoidaga ko`ra, bu sanoat homashyosi va yarim
fabrikatlar – toshko`mir, neft, tabiiygaz, ruda, qog`oz va qog`oz mahsulatlori va
boshqalar). Qisqa muddatli shartnoma – 1 yil, uzoq muddatli – 5-10 yil.
Komplekt jihozlarni yetkazib berish shartnomasi – tovarlarni bir-biridan
ko`plab farqqiluvchi, murakab tarkibli, juda ko`p shartlar asosida komplektlab
yetkazib berish bo`yicha kelishuv.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzuvchi tomonlar - sotuvchi va xaridor
shartnomada ko`zda tutilgan konkret majburiyatlarni o`z zimmalariga oladilar.
Sotuvchining asosiy majburiyatlari:
- Tovarni etkazib berish;
- Tovarga tegishli hujjatlarni berish.
- Haridorning asosiy majburiyatlari:
- Tovarning narhini to`lash;
- Etkazib berilgan tovarni qabul qilib olish.


24
- Sotuvchi va haridor bilishi zarur bo`lgan umumiy qoidalar:
- Zararlarni aniqlash va tomonlarning biri yo`l qo`yilgan hatoni qoplash;
- Har hil yig`imlar, soliqlar va to`lovlarni to`lash tartibi;
- to`lov muddatini cho`zish, shuningdek, boshqa intizom buzilishi bo`yicha
jarima to`lash;
- transport va valyuta tavakkalchiligi;
- mas’uliyatdan ozod qilish tamoyillari;
- muddatidan ilgari shartnomani bekor qilish tartibi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling