Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. XIZMAT KO’RSATISHNING TERMINAL TIZIMI Reja
- Tayanchiboralar
Nazorat savollari
1. Transport-ekspeditsiya korxonalarining raqobat qila olish qobiliyati nimani bildiradi? 2. Ekspeditsion korxonalarning ishini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi? 3. Raqobatni harakatlantiruvchi kuchlarga xarakteristika bering. 100 7-mavzu. XIZMAT KO’RSATISHNING TERMINAL TIZIMI Reja 1. Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlash. 2. Korxonaga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish. 3. Terminallarda omborxona xizmatlarini ko‘rsatish. 4. Konteynerli yuklarga xizmat ko‘rsatish. 5. Ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari. 6. Transport asbob-uskunalarining ijarasi. Tayanchiboralar:terminal– transport- ekspeditorlikkorhonasi,bojhonaorganlari, magistral bog`lanish, omborhona,magistralterminallar,yukavtostantsiyalari,majmuaviytransport- ekspeditorlikxizmatlar,buking-nota (booking-not),stividorlikishi,talmanishlari. Ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va ro‘yxati bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlaydigan transport-ekspeditorlik faoliyatini keng rivojlantirish bozor sharoitlarining xarakterli alomati bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish-texnika bazasi va xodimlarga ega bo‘lgan terminallar shaharlararo va xalqaro tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatishning asosiy zvenosi bo‘lib hisoblanadi. Ular transport ekspeditsiyasi bo‘yicha ishlarning butun kompleksini bajaradi. Terminal – transport-ekspeditorlik korxonasining yuklarni magistral tashish uchun asbob-uskunalar va xodimlarga ega bo‘lgan inshootlar majmuasidir. Tashkiliy jihatdan terminal mustaqil korxona yoki asosiy ekspluatatsion-texnik talablar bajarilgan sharoitda turlicha mulk shakllariga ega bo‘lgan transport- ekspeditorlik korxonasining strukturaviy bo‘linmasi bo‘lishi mumkin. Terminallarni yaratish va ularning faoliyat yuritishidan ko‘zlangan maqsadlar: • shaharlararo va xalqaro bog‘lanishlarda mijozga transport-ekspeditorlik xizmatlar majmuasini taqdim qilish bilan yuklarni etkazib berishni tashkil 101 qilish (birinchi navbatda kichik partiyali yuklarni terminalli texnologiya bo‘yicha); • mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yuklarni etkazib berish muddatlarini qisqartirish; • transportirovka qilishda yuklarning isrofini kamaytirish; • harakatlanuvchi sostavdan foydalanish samaradorligini oshirish va haydovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish. Terminallarning asosiy vazifalari va funksiyalari: • terminallarning faoliyat ko‘rsatish zonasida yukni jo‘natuvchiga ham, yukni qabul qilib oluvchiga ham majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish; • tijorat transportidan foydalanadigan korxonalar uchun transport-ekspeditsiya xizmatlari bo‘yicha ba’zi bir alohida xizmatlarni taqdim qilish; • o‘zining faoliyat ko‘rsatish zonasi va boshqa regionlardagi transport- ekspeditsiya korxonalari bilan o‘zaro harakatlarni tashkil qilish; • boshqa regionlardan kelgan avtotransportga xizmat ko‘rsatish; • bojxona organlari bilan o‘zaro harakatlarni yo‘lga qo‘yishni tashkil qilish. Transport ekspeditsiyasining rivojlanishi sharoitlarida transport-ekspeditsiya xizmatlari bozorini o‘rganish va o‘zlashtirish, yukning harakatini logistika tamoyillarini qo‘llash bilan tashkil qilish, yuklarni etkazib berishning tezkor uslublarini qo‘llash, mijozlarga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish va yuklarni etkazib berishning boshqa progressiv texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek informatsion tizimni rivojlantirishning progressiv uslublaridan foydalanish hisobiga mijozlarga xizmat ko‘rsatishning turli-tuman o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan terminallar faoliyatining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling