Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlash
1. Terminallarning asosiy vazifasi kichik partiyali jo‘natmalarni tashishni tashkil qilish hisoblanadi, shu sababli terminallarni yaratishning maqsadga 102 muvofiqligi magistral bog‘lanishlarda yuklarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarni solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida yuklarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarni solishtirish yuk jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarning yukni jo‘natuvchidan yukni qabul qilib oluvchigacha bo‘lgan butun yo‘l davomidagi yukni etkazib berish xarajatlari (tariflar) bo‘yicha, sifat va etkazib berishning barcha qatnashchilarining (yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchi va ekspeditor) ish sharoitlarini hisobga olish bilan amalga oshiriladi. 2. Terminallarni yaratishning maqsadga muvofiqligini aniqlashda kichik partiyali jo‘natmalarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish sxemalari solishtirish uchun qabul qilinadi (7-rasm). Kichik partiyali jo‘natmaga tashish paytida harakatlanuvchi sostav birligining yuk ko‘tarish quvvati yoki sig‘imidan to‘liq foydalanishni ta’minlay olmaydigan jo‘natma kiradi. SHaharlararo tashishda kichik jo‘natmaga og‘irligi 5 tonnagacha bo‘lgan jo‘natmalar kiradi. Terminalli tashishda yukni to‘plash va uni jo‘natish terminaliga etkazish, shuningdek terminaldan belgilangan manzilga etkazib berish o‘rtacha va kichik yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan avtomobillar bilan amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishda jo‘natmalarni yig‘ish va tarqatish bevosita magistral tashishlarni bajaradigan katta yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan avtomobillar bilan amalga oshiriladi. Yuklarni xalqaro bog‘lanishlarda etkazib berishning shu sxemalarida yukni jo‘natuvchidan yuklash va tashishni hisobga olish bilan qabul qilib oluvchida tushirishdan tashqari yukni jo‘natish (qabul qilib olish) punktlarida yukni to‘plash (tarqatish), shuningdek terminalda bojxona rasmiylashtirishi, avtomobilni bo‘shatish, yukni saralash, saqlash va avtomobilga yuklash amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishda yukning bojxona rasmiylashtirilishi yukni jo‘natuvchilar, qabul qilib oluvchilarning omborxonalari yoki bojxona organlarida yukni belgilangan vaqtinchalik saqlash omborxonalarida amalga oshiriladi. Yuklarni xalqaro tashishni bajaradigan terminallar yuklarni vaqtinchalik saqlash omborxonalari maqomini oladi, ularning ishi Rossiya Federatsiyasi Bosh 103 Bojxona Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik saqlash (vaqtinchalik saqlash omborxonalarida) to‘g‘risidagi Qoidalar bilan boshqariladi. 3. Quyidagi shart terminalli tashishlarning samaradorligini belgilaydi: T < P, bunda T – terminalli tashishlardagi xarajatlar; P – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlardagi xarajatlar. Terminallar orqali yuk tashish To`g`ridan- to`g`ri tashish 7-rasm. Magistralbog`lanishdakichikjo`natmalarniterminallivato`g`ridan- to`g`ritashishshemasi 4. Tashishlarning yuqorida keltirilgan sxemalaridan kelib chiqqan holda, bu xarajatlar (har ikkala variantda bir xil deb qabul qilinadigan jo‘natuvchida yuklash, qabul qilib oluvchida tushirish xarajatlari, shuningdek bojxona ishlovi berish xarajatlaridan tashqari) quyidagi tarzda aniqlanadi: 104 Terminalli tashish T = T x + T mtt = (C yig‘ + P + C + X + Z) + T mtt, bunda T – terminalli tashishlardagi xarajatlar; T x – terminal xarajatlari; T mtt – magistral terminallararo tashish bo‘yicha xarajatlar; C yig‘ – yuklarni kichik tonnajli avtomobil bilan yig‘ish va tarqatish xarajatlari; R – terminalda tushirish xarajatlari; S – yuklarni terminalda saralash bo‘yicha xarajatlar; X – YUklarni terminalda saqlash bo‘yicha xarajatlar; Z – yuklarni terminalda yuklash bo‘yicha xarajatlar. Terminalda yuklarni yuklash, tushirish, saralash, saqlash bo‘yicha xarajatlar terminalning ish sharoitlari bilan belgilanadigan tariflar bo‘yicha qabul qilinadi. P = C yig‘ + T mtt, bunda P – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishdagi xarajatlar; C yig‘ – kichik jo‘natmalarni magistral tashishni bajaradigan avtomobil bilan yig‘ish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar; T mtt – yukni magistral tashish bo‘yicha xarajatlar. 5. Terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishda kichik jo‘natmalarni yig‘ish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar avtomobil tomonidan sarflangan vaqt va avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lgan avtomobil-soatning narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. bunda L – tashish masofasi; V t – avtomobilning texnik tezligi; β – bosib o‘tish masofasidan (probeg) foydalanish koeffitsienti; t yut – 1 ta yuk jo‘natmasi uchun yuklash-tushirish ishlari va bojxona rasmiylashtirishini o‘tkazish vaqti; s – bir avtomobil-soatning narxi. 6. Jo‘natmani magistral tashish xarajatlari 1 reysning barcha xarajatlarini jo‘natmalar soniga bo‘lish bilan aniqlanadi. 7. bunda R – 1 reys uchun xarajatlar; P – tashiladigan jo‘natmalar soni. 105 7. 1 reys uchun xarajatlar magistral tashish uchun so‘mlarda (R s ) va valyutada (R v ) xarajatlarni qoplashi, shuningdek foyda olishni (R) ta’minlashi lozim: R = R s + R v + R. Bu xarajatlar ekspeditor yoki tashuvchining yuklarni jo‘natuvchilar (qabul qilib oluvchilar) yoki boshqa transport-ekspeditorlik tashkilotlari bilan kelishuvlari asosida o‘rnatiladigan shartnoma tariflari bo‘yicha qabul qilinadi. 8. Xalqaro tashishlarda yuklarni terminalli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarni solishtirishda xarajatlarning qiymatlari va ko‘rsatkichlarning qabul qilingan qiymatlariga, shuningdek yukni jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatiga yuklarni etkazib berishning o‘ziga xos xususiyatlari va yuklarning bojxona rasmiylashtirilishi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarda u avtomobil kuzovining har bir ochib-yopilishi, yukni har bir yuklash va tushirish - mijozlarda yoki bojxona organlarida buning uchun maxsus ajratilgan yukni vaqtinchalik saqlash omborxonalarida bojxona nazorati ostida amalga oshirilishi lozim bo‘lganligi sababli kichik jo‘natmalarni yig‘ish va tarqatishning murakkabligidan iborat bo‘ladi. Bunday tartib tarqatishda (yig‘ishda) qimmat turadigan avtopoezdning uzoq vaqt turib qolishiga va kattagina tashkiliy qiyinchiliklarga olib keladi. YUkni qabul qilib oluvchida yukni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus ajratilgan omborxona mavjud bo‘lmagan taqdirda yuk bojxona tashkilotining omborxonasiga, qabul qilib oluvchining yukni qabul qilib olishi va olib chiqib ketishi bilan tushiriladi. Terminalli tashishda esa bojxona rasmiylashtirishi terminalda amalga oshiriladi, shu sababli yukni yig‘ish (tarqatish) mijozning har qanday omborxonasidan, tashiladigan jo‘natmaning og‘irligiga mos keluvchi har qanday avtomobil bilan olib chiqib ketilishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarda jo‘natmalar tashish uchun oyning har xil kunlarida taqdim qilinishi sababli katta yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan avtomobilni yuklash uchun partiyalarning etarlicha sonini to‘plashda qiyinchiliklar vujudga keladi. terminal yukni saqlash hisobiga bu notekislikni “tekislaydi” va 106 xalqaro tashishni amalga oshiradigan avtopoezdning to‘liq yuklanishini ta’minlaydi. Shu sababli terminalli tashishlarda terminallararo tashishlarni amalga oshiradigan avtopoezdlarning yuklanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashishlarga qaraganda anchagina yuqori bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling