Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Korxonaga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni tashkil
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Korxonaga majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishni tashkil
qilish Terminalning transport-ekspeditorlik xizmatlar bozori yuklarni tashishning hajmi, mavsumiyligi strukturasi va yo‘nalishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning miqdori va sifati, tashishlar va transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojlarning qanoatlantirilish darajasi bilan xarakterlanadi. YUk jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarga xizmatlar ko‘rsatishning sifatini va yuklarni etkazib berishning samaradorligini oshirish maqsadida majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish (rus. KTEO) tashkil qilinadi. Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan ma’lum bir talablar qo‘yiladi: • korxonalarning mahsulotlarini qabul qilib oluvchilarga etkazib berishni tezlashtirish va transportning samarali turidan foydalanish, mahsulotni jo‘natishdan oldin saqlash davomiyligini va uning iste’molchilardagi zahiralarini kamaytirish hisobiga aylanmadagi mablag‘larni qisqartirish; • yukni qabul qilib oluvchilarga jo‘natishga tayyorlash, uni har xil transport turlari bilan jo‘natish, tashishlarni tashkil qilish, tovar-transport hujjatlarini va hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ishlardan korxona xodimlarini ozod qilish; • yuklash-tushirish ishlari va transport-ekspeditsion operatsiyalarning transport jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish; • magistral avtomobil tashishlarini amalga oshirish uchun harakatlanuvchi sostavning ratsional tiplarini qo‘llash va undan samarali foydalanish; • mahsulotni qabul qilib oluvchilarga etkazib berish xarajatlari va transport xarajatlarini qisqartirish. 109 Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish transport- ekspeditsiya korxonasi tomonidan ishlab chiqiladigan loyihaga muvofiq tashkil qilinadi. Loyihada majmuani tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning quyidagi bloklari ko‘rib chiqiladi: • yuklarning turlari bo‘yicha tashishlar hajmi, uning transport turlari, jo‘natmalarning ko‘lamlari va tashish masofasi bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash; • avtomobil transporti va transportning boshqa turlarini samarali qo‘llash sferalarini (jabhalarini) aniqlash; • yuklarni magistral tashish uchun avtomobil transporti harakatlanuvchi sostavining ratsional tiplarini tanlash; • majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish ro‘yxatini va uni o‘zlashtirishning bosqichliligini aniqlash; • majmuani yuklarni harakatlantirish tizimlari, hujjatlar aylanmasi tizimlarini takomillashtirish va yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish bilan tashkil qilish texnologiyasini ishlab chiqish; • iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy natijalarni aniqlash. Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishda transport- ekspeditsiya korxonasi mahsulotning sexdan chiqishidan boshlab to uni transportning har xil turlari bilan jo‘natishgacha bo‘lgan barcha ishlar ro‘yxatini: • sexning omborxonasida barcha mahsulotni qabul qilib oluvchiga har xil transport turlari bilan jo‘natish uchun qabul qilishni; • transportning samarali turini tanlashni; • yuk o‘rinlarini upakovkalash va markirovkalashni; • jo‘natmalarni transport turlari, tashish marshrutlari va qabul qilib oluvchilar bo‘yicha tagguruhlashtirishni; • avtomobillar, konteynerlar va vagonlarni xizmat ko‘rsatiladigan korxonaning territoriyasida yuklashni; • magistral bog‘lanishlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil tashishlarini bajarishni; 110 • mahsulotni aralash avtomobil-temir yo‘l, avtomobil-suv yo‘li yoki avtomobil-havo yo‘li bog‘lanishlarida transportning boshqa turlari bilan jo‘natishni • qabul qilib oluvchilarni ularga mahsulot jo‘natilayotganligi to‘g‘risida xabardor qilishni; • tovar-transport hujjatlarini, majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish uchun hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘z ichiga olgan holda amalga oshirishi mumkin Majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida transport-ekspeditsiya korxonasining xizmatlar majmuasini bajarish, xizmat ko‘rsatiladigan korxona tomonidan esa – majmuaviy transport-ekspeditsiya xizmatlari ko‘rsatish uchun ekspeditorga shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha majburiyatlar ko‘zda tutiladi. Ularga ekspeditorga omborxona binolari va boshqa maydonchalarni, yuklash-tushirish mexanizmlarini, ekspeditorning xodimlari uchun xonalarni taqdim qilish, aloqa vositalari va boshqa qurilmalar bilan jihozlash kiradi. Zarur bo‘lgan hollarda shartnomada xizmat ko‘rsatiladigan korxona tomonidan omborxonalar va yuklash-tushirish postlarini qurish yoki qayta jihozlash ko‘zda tutiladi. Majmuaviy xizmat ko‘rsatishning samarali bajarilishi uchun haydovchilarning doimiy brigadalari, shuningdek haydovchilar, omborxona xodimlari, mexanizatorlar va dispetcherlardan iborat bo‘lgan majmuaviy brigadalar tashkil qilinishi mumkin. Transport-ekspeditsion korxona bilan xizmat ko‘rsatiladigan korxona o‘rtasida majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmatlar uchun hisob-kitoblar shartnomaviy tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga bog‘liq ravishda bu tariflar har bir operatsiya bo‘yicha alohida hisoblanishi yoki xizmat ko‘rsatiladigan korxonaning umuman barcha operatsiyalar bo‘yicha amaldagi xarajatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi mumkin. Bunda shartnomada tariflarning yoqilg‘i, harakatlanuvchi sostav yoki ekspeditorning boshqa xarajatlar statyalari bo‘yicha amaldaga narxlarning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan indeksatsiyasi hisobga olingan bo‘lishi zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling