Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Yuklash va tushirish operatsiyalari (stividorlik xizmatlari ko‘rsatish)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Yuklash va tushirish operatsiyalari (stividorlik xizmatlari ko‘rsatish)
Yuklash-tushirish faoliyatiga (stividorlik xizmatlari ko‘rsatishga) transport
xarajatlarining kattagina qismi to‘g‘ri keladi, shu sababli, ishning iqtisodiy
tomonidan kelib chiqqan holda, ular ekspeditrlik va agentlik korxonalarini
qiziqtirmasdan qolmasligi mumkin emas. Bu ishlarga har qanday transport
vositasining umumiy ekspluatatsiya vaqtining kattagina qismi to‘g‘ri keladi. shu
sababli transport vositalarining egalari bu operatsiyalarning sifatiga alohida e’tibor
qaratadi.
Stividorlik ishi deganda yukni ortish yoki tushirish, yukni transport
vositasiga joylash va taxlash bo‘yicha operatsiyalar tushuniladi, yukni transport
vositasiga joylashtirish va taxlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda
nafaqat uning to‘liq saqlanishi, tashishning xavfsizligi ta’minlansin, balki tashish
operatsiyasining o‘zining – kema reysi, vagonning harakatlanishi, avtomobil, yuk
ortilgan treyler va hokazolarning harakatlanishining xavfsizligi ta’minlansin. Bu
ishlarga shuningdek terminalda (qirg‘oqda), omborxonada yuk bilan amalga


119
oshiriladigan bir qator manipulyasiyalar, yukni bitta transport vositasidan
boshqasiga o‘tkazish, yukni tortib o‘lchash, uni saralash va hokazolar kiradi.
Yuklarni dengiz transporti bilan tashishda bu operatsiyalar bortdagi yuk
ishlari va terminaldagi ishlarga bo‘linadi. Transport vositasining egasi uchun
stividorlik operatsiyalarining to‘liq majmuasi o‘zining firmasi tomonidan
bajarilishi optimal bo‘lib hisoblanadi. Biroq bunday holat hozircha faqat yuklarni
o‘tkazishni 
tashuvchining 
zimmasiga 
yuklash 
imkonini 
beradigan
shartnomalarning bazis shartlariga muvofiq konteynerlar va roll-treylerlar bilan
bajariladigan yuk terminal operatsiyalari uchun xarakterlidir.
Stividorni tanlash huquqi, qoidaga ko‘ra, yuk operatsiyalari uchun haq
to‘laydigan tomonga tegishli bo‘ladi. Liniyali tashishlarda, tovarni sotish
shartlaridan qat’iy nazar, stividorlik ishlariga tashuvchi haq to‘laydi. Stividorni
tanlash va tayinlash huquqi ham unga tegishli bo‘ladi. Amalda deyarli har doim
stividorlik operatsiyasini tashkil qilishni transport agenti yoki ekspeditor bajaradi.
SHu sababli stividorlik kapitalining agentlik yoki ekspeditorlik kapitali bilan
birlashishining sodir bo‘lishi tasodifiy hol emas.
Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda stividorlik
kompaniyalari, qoidaga ko‘ra, xususiy korxonalar bo‘lib hisoblanadi,
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa – davlat korxonalari yoki yarim davlat
korxonalari bo‘lib hisoblanadi. Tarqoq holdagi stividorlik korxonalari
mamlakatlar, regionlar bo‘yicha tadbirkorlik assotsiatsiyalariga birlashadi. Bu
assotsiatsiyalar markazlashgan holda dokerlarning kasaba uyushmalari bilan jamoa
shartlarining (koldogovor) shartlarini kelishadi, tashuvchilar bilan yagona huquqiy
munosabatlarni kelishadi va ular bilan birgalikda yagona stividorlik tariflarini va
ularni qo‘llash qoidalarini ishlab chiqadi.
Dokerlar – xorijdagi ishchilar sinfining ko‘proq jipslashgan qismidir,
ularning kasaba uyushmalari esa – katta ta’sirga ega bo‘lgan siyosiy kuchdir.
Xizmat ko‘rsatishning mazkur turida ba’zi bir “an’analarning” amal qilishi ham
bunga ko‘maklashadi. Dokerlarning bir qismi stividorlar tomonidan doimiy
yollanadi (boshqalarda ishni tashkil qiluvchilar - bitta yoki bir nechta
brigadirlarning shtatidan 80% gacha), boshqalari esa kasaba uyushmalari


120
tomonidan nazorat qilinadigan port puliga (pul – xorijiy mamlakatlarda
monopolistik birlashish turlaridan biri – izoh tarjimonniki) birlashadi (partregular,
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling