Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Yukni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Yukni jo‘natishga buyurtmani rasmiylashtirish
Muntazam shaharlararo liniyalarda yuklarni tashishning yuk egalariga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlaydigan (yuklarni eng kichik transport xarajatlari bilan kafolatlangan muddatlarda etkazib berish va tashiladigan yuklarning to‘liq saqlanishini ta’minlash, shuningdek harakatlanuvchi sostavda joy bron qilish) progressiq texnologiyalari qo‘llaniladi. Bir jinsli yuk partiyasining butun hajmi transport vositasining yuk ko‘tarish quvvati yoki yuk sig‘diruvchanligiga ekvivalent bo‘lgan hollarda yukning konkret partiyasini konkret transport vositasining konkret yukxonasida tashish uchun jo‘natmaga buyurtmani rasmiylashtirish ("bukirovka qilish", "birkitish", "bron qilish") operatsiyasi va tashuvchi tomonidan bunday buyurtmaning qabul qilinishi (tasdiqlanishi) unchalik murakkab bo‘lmaydi. Yukni yig‘ma partiyalar bilan "liniyali xizmat ko‘rsatish" (linerservice): liniyali kemachilik. liniyali aviareyslar, yig‘ma poezdlar, yig‘ma vagonlar, yig‘ma konteynerlar texnologiyasi tamoyillari asosida ekspluatatsiya qilinadigan transport vositalariga “birkitish” texnik jihatdan anchagina murakkab. Transport vositasida yuk sig‘diruvchanlikni rezervlash amaliyoti transportning barcha turlarida bir- biriga o‘xshash bo‘ladi, shu sababli uni liniyali kemani yuklar bilan komplektatsiyalash misolida ko‘rib chiqamiz. Yuklarni bukirovka qilish bilan shug‘ullanar ekan, liniya agenti tarmoqdagi barcha davriy tijorat nashrlarida liniyaning eng yaqin davr – hafta, oy uchun jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan reklama e’lonini chop qiladi. Bundan tashqari agent doimiy ravishda jadvalni aniqlashtirish, korrektirovka qilish ishlarini olib boradi va bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mijozlarga etkazadi (sailinglist). Yirik yuk egalari va ekseditorlarga liniyaning kelgusidagi jadvallari va reklama materiallari muntazam ravishda yuborib turiladi. O‘zining yukini e’lon qilingan jadval bo‘yicha ishlaydigan kema bilan yuborish uchun yuk jo‘natuvchi (ekspeditor) agentga pochta, teleks, faks yoki telefon orqali yukning xarakteristikasi, kemaning nomi va jadval bo‘yicha jo‘nash sanasini ko‘rsatish bilan yukning konkret partiyasini jo‘natishga buyurtma beradi. 112 Agentlik kompaniyasining bukirovkalash bo‘limi (bookingdepartment) kemaning umumiy sig‘diruvchanligidan agentning ixtiyoriga ajratilgan kvota doirasida (ellotment) yuklarni kemalarga bukirovka qiladi (birkitadi, bron qiladi). Ellotmentlarning mumkin bo‘lgan taqsimlanish sxemasi 8-rasmda keltirilgan. 8-rasm. Ellotmentlarni taqsimlash sxemasi Bukirovkalash davomida agentlar kema egasining dispetcherlik apparati bilan uzluksiz bog‘lanishni yo‘lga qo‘yadi. Kema egasi kemaning har bir kirish portidagi tonnajga bo‘lgan talabga bog‘liq ravishda bukirovkaning borishini faol tarzda o‘zgartirishi mumkin, masalan, talab yuqori bo‘lganda agentlar o‘rtasida ellotmentlarni o‘zgartirish, liniyaga qo‘shimcha kema qo‘yish yoki kattaroq tonnajga ega bo‘lgan boshqa kema qo‘yish, talab past bo‘lganda – portgp kirishni bekor qilish, agent tomonidan sig‘imni fraxtlashdan foydalanish bilan bron qilingan yukni shu manzilga boradigan boshqa kemada, jumladan, liniyada birgalikda ishlaydigan sheriklardan birining kemasida va hatto raqobatchi liniyaning kemasida jo‘natish hollari o‘z o‘rniga ega bo‘ladi (ushbu maqsadlar uchun ba’zan yagona bukirovkalash markazlaridan foydalaniladi). Tashish uchun taklif qilingan yukni qabul qilishdan bosh tortishga hohlanmaydigan hodisa sifatida qaraladi, bu “ishonchli tashuvchining” bozordagi obro‘sining pasayishiga olib kelishi mumkin (reliablecarrier). Ushbu qoida maxsus yuklarni: xavfli yuklarning ba’zi bir klasslari, ulkan yuklar, o‘ta og‘ir yuklar, o‘ta uzun yuklar (12 m dan oshiq), past temperaturalarda tashishni talab qiladigan yuklar, quyilgan yoki uyilgan holda tashiladigan yuklar, jadvalda ko‘zda tutilmagan portlarga etkazilishi lozim bo‘lgan yuklar, kema seyfida tashilishi lozim 113 bo‘lgan qimmatbaho yuklarni (qulf ostidagi yuk - lockercargo) tashishga taalluqli bo‘lmaydi. Ba’zan jo‘natuvchining o‘zi, yukning og‘irligi va hajmi, portga etib kelish sanasi unga hali aniq ma’lum bo‘lmagan hollarda shartli bukirovka qiladi. Agent shartli bukirovkani qabul qiladi, biroq yuk to‘g‘risidagi informatsiyani aniqlashtirishning eng chekka muddatini belgilaydi. Agent yukni jo‘natish uchun qabul qilib olgandan keyin bukirovkaga tartib nomeri beradi va yukni unga yukning rekvizitlari kiritiladigan maxsus reestr – buking-varag‘iga (bookinglist) kiritadi (9-rasm). Buking varag‘i va unga qo‘shimcha qilinadigan barcha informatsiya kema egasiga teleks (faks) bo‘yicha yuboriladi. Yuk etib kelgandan keyin, stividor tomonidan ko‘zdan kechirilgandan keyin, ekspeditor tomonidan tayyorlangan konosament va yuklash orderining qoralamasi bilan tanishgandan keyin buking-varag‘idagi ma’lumotlar aniqlashtiriladi va u tartib bo‘yicha keyingi transport hujjati – “yuklashga ruxsatnoma” ga (loadingpermit) aylanadi. Bron qilingan yuklar tashish uchun taqdim qilinmagan taqdirda liniyali kemachilikda yukni to‘liq yuklamaganlik yoki yukni taqdim qilmaganlik uchun zararni qoplash ko‘zda tutilmagan. Biroq kema egalarining manfaatlarini himoya qilish uchun yuklarning yirik partiyalarini bron qilishda yuk egasi va tashuvchi o‘rtasida yuk jo‘natuvchi va tashuvchining o‘zaro javobgarligini ko‘zda tutadigan buking-nota (booking-note) formasida ikki tomonlama kelishuvlar tuzilishi mumkin. Reys № i Etkazib berish porti Ellotment Sana Yuk jo‘na tuvchi O‘rinlar soni va upakovka xarakteri Yukning nomi Tonnalar, 1000 kg Kubo metr lar Kemada joylashtirishga nisbatan maxsus talablar 9-rasm. Buking-varag‘ining o‘zbek tilidagi namunasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling