Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Konteynerli yuklarga xizmat ko‘rsatish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Konteynerli yuklarga xizmat ko‘rsatish
Konteynerli tashishlarning afzalligi yuklarni etkazib berishning tezlashishi, ularning saqlanishining ta’minlanishi, engillashtirilgan idish yoki faqat iste’molchi upakovkasidan foydalanish evaziga tejamkorlikka erishishdan iborat. Katta yuk sig‘imiga ega bo‘lgan konteynerlarning unifikatsiyalangan (bir xillashtirilgan) qatori konteynerli tizimning asosi bo‘lib hisoblanadi, ularda tovar ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha qayta yuklamasdan etib borishi mumkin. Konteynerlar konteyner terminallarida (containerterminals) maxsus qayta yuklagichlar: dengiz portlarida yuklash va tushirish uchun - portaynerlar 126 (portainers), temir yo‘l transportidan avtomobil transportiga qayta yuklash uchun – ko‘prikli kranlar, shtabellash uchun – 30,5-41 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan transteynerlar (transtainers) bilan yuklanadi, tushiriladi va qayta yuklanadi. Terminal ichida ko‘chirishlar uchun oshirilgan yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan avtoyuklagichlar va avtokonteynerovoz-shtabellerlardan foydalaniladi. Konteynerlarni tashish konteynerovoz va rolkerlarning ixtisoslashtirilgan okean floti bilan amalga oshiriladi, ular bazaviy (base) portlarning cheklangan soniga kirish bilan liniyali xizmat ko‘rsatish tizimi va konteynerlarni belgilangan manzilga kichik va o‘rta sig‘imli kemalar bilan etkazadigan fider xizmatlari ko‘rsatish tizimi asosida ishlaydi. Konteynerlarni temir yo‘l transporti bilan tashish uchun uzunligi ko‘proq 18,3-18,4 m bo‘lgan maxsus platformalar qo‘llaniladi (AQSH va Kanadada 80,7 m uzunlikdani birlashtirilgan 5 seksiyali vagonlarda ikki yarus (qavat) qilib tashiladi), ular muntazam konteyner poezdlari - marshrutlarga (blocktrains) birlashtiriladi va qoidaga ko‘ra, passajir bog‘lanishlari rejimidagi jadval bo‘yicha harakatlanadi. Avtomobil transportida 34,7 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga, 1200 mm dan oshiq bo‘lmagan yuklash balandligiga, qudratli va tezkor avtotortuvchilarga (avtotyagach) ega bo‘lgan treyler tirkamalari – konteynerovozlar qo‘llaniladi. Aviatsiya transportida (yirik tonnajli konteynerlarni tashish uchun) – konteynerlarni fizelyaj ichiga kiritish uchun mo‘ljallangan avtonom moslamalarga ega bo‘lgan yuk samolyotlaridan foydalaniladi. Terminallar tarkibida, shuningdek yirik sanoat va transport tugunlarida konteynerlarni yuklar bilan to‘ldirish yoki bo‘shatish (packing, stuffing), tarqatish (unstuffing, stripping) va bojxona tozalashi uchun mo‘ljallangan omborxonalar faoliyat ko‘rsatadi, ular konteyner yuk maydonchalari (rus. KGS) (containerfreightstation - CFS), port yoki aeroportdan tashqaridagi bojxona tozalashi uchun mo‘ljallangan omborxonalar (InlandClearancedepots, ICD) deb ataladi. Konteynerlarni saqlash (containeryard), qabul qilib oluvchilarning o‘zlari keyinchalik olib chiqib ketgunga qadar vaqtinchalik to‘plash (containerdepo) va 127 mijozlarning bo‘sh konteynerlarni qaytarishi uchun mo‘ljallangan (infratuzilma kuchsiz rivojlangan rayonlarda) maydonchalar ichki konteyner omborxonalari (inlandcontainerdepo) deb ataladi. Konteyner parkining asosiy massasi tashuvchilar, ekspeditorlar va konteynerlarni ijaraga beradigan lizing kompaniyalariga tegishli bo‘ladi. Yuk egalariga har xil turdagi maxsus konteynerlarning aksariyati (sisternalar, oquvchan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan konteynerlar, ximovozlar, izotermik refrije- ratorlar va hokazolar), shuningdek yuklarni tranzit bilan bir nechta mamlakatlar orqali tashish uchun mo‘ljallangan (masalan, Transsibir magistrali bo‘ylab) odatdagi konteynerlarning aksariyati tegishli bo‘ladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning barcha bosh (donabay) tashqi savdo yuklarining yarmidan ko‘prog‘i konteynerlar bilan etkazib berilmoqda, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich taxminan 20% ni tashkil qiladi. Konteynerli tashishlarning asosiy mablag‘talabligiga faqatgina yirik monopolistik birlashmalarning qurbi etadi, bu asosiy konteynerli tashishlarning taxminan 130 ta kemachilik va temir yo‘l kompaniyalarining qo‘lida konsentratsiyalanishiga olib kelgan, ularda konteynerlarni pul asosida almashinish va foydalanish tizimlari amal qiladi. Transportirovka qilish xarajatlarini qisqartirish va konteyner parkidan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida “yig‘ma konteyner” larni komplektlash (jamlash) tizimi yaratilgan. U quyidagi tarzda amalga oshiriladi: konteyner yuk stansiyasida (CFS) konteyner to to‘liq sig‘imga qadar (FCL) yuklarning kichik Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling