Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
partiyalari (LCL) bilan to‘ldiriladi, yig‘ma konteyner belgilangan manzil
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
partiyalari (LCL) bilan to‘ldiriladi, yig‘ma konteyner belgilangan manzil punktidagi CFS konteyner yuk stansiyasiga tashib keltiriladi, ochiladi va keyinchalik LCL yuk har bir qabul qilib oluvchiga etkazib beriladi. Tashishning bunday variantida yuk egasi to‘liq konteynerni, biroq uni jo‘natish terminalida joylashgan CFS da ochish, keyinchalik yukni etkazib berish manzilining terminallari bo‘yicha to‘liq konteynerlarga guruhlashtirish bilan kichik partiyalar bilan jo‘natish sharti bilan yoki etkazib berilgan konteynerni belgilangan manzilning CFS terminalida ochish va yukning kichik partiyalarini konkret qabul qilib oluvchilarga tarqatish sharti bilan jo‘natishi mumkin. 128 Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari Tashishlarning konteynerlanishi agentlik xizmatlari ko‘rsatishning konsentratsiyalanishiga olib kelgan. Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning asosiy maqsadi terminallarda konteynerlarning ommaviy oqimiga tezkorlik bilan, sifatli ishlov berishni ta’minlash va ularni yuk jo‘natuvchining omborxonasidan yukni qabul qilib oluvchining omborxonasiga qarab harakatlantirishdan iborat. Agent terminallarda va ichki depolarda konteynerlar va asbob-uskunalarning minglab birliklariga tezkorlik bilan sifatli ishlov berish, jo‘natuvchining omborxonasidan qabul qilib oluvchining omborxonasiga territoriya bo‘ylab harakatlantirish, har bir alohida jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun taqdim qilinadigan yuklarning hajmlariga muvofiq jo‘natuvchilarni bo‘sh konteynerlar bilan ta’minlash, ijaradagi konteynerlarni bo‘shagandan keyin o‘z vaqtida topshirish, yirik mijozlarning yuk partiyalari shakllanadigan omborxonalarida konteynerlarning doimiy zahirasini ushlab turish uchun barcha asosiy va yordamchi operatsiyalarni aniq tashkil qilishni zimmasiga olishi lozim bo‘ladi. Agent transport vositasidan (kema, temir yo‘l terminali va hokazolar) ko‘p sonli uchinchi shaxslarga (stividorlik kompaniyalari, avtotransport kompaniyalari, temir yo‘l kompaniyalari, konteyner depolari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalar) asbob-uskunalarning har bir birligini qabul qilish-topshirishni (interchange) ta’minlaydi. Asbob-uskunalarni uzatish fakti qabul qilish-topshirish tilxati EIR (equipmentinterchangereceipt) bilan, asosiy nosozliklarni kodlashtirish bilan ("D" - o‘yiq, "S" - qirqim, "N" - teshik, "RS" – korroziya bilan qoplangan va boshqalar) rasmiylashtiriladi. Agent o‘zining mutaxassislarining kuchlari bilan, ko‘chma ustaxonalardan foydalanish orqali operativ kichik joriy ta’mirlashni va ixtisoslashtirilgan korxonalarda kapital (mukammal) ta’mirlashni ta’minlaydi. Konteynerlarni yacheykali kemalarga yuklashda dengiz agenti stividorlarning ishini elektron-hisoblash texnikasidan foydalanish bilan tashkil qiladi, uning yordamida konkret konteynerni tryumning yacheykasiga kemaning suzish vositasi sifatida barqarorligini ta’minlash maqsadida konteynerning og‘irligiga bog‘liq ravishda joylashtirish ketma-ketligi aniqlanadi. 129 Agentlik xizmatlari ko‘rsatishning markazlashuvi shu bilan ifodalanadiki, mamlakatda, hatto regionda xizmat ko‘rsatish bitta agentlik firmasiga topshiriladi, agar alohida port bo‘yicha konsorsiumda agentlar bir nechta bo‘lsa (har bir mijozda o‘zining agenti), u holda ularga rahbarlik qilish bitta markazdan turib amalga oshiriladi, konteynerlarni jo‘natish esa "slot-charter" tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Unga joylardagi agentlardan alohida terminallar bo‘yicha ham, umuman xizmat ko‘rsatishning barcha sxemasi bo‘yicha ham o‘zining va transport korxonasi yoki tashkiloti tomonidan ijaraga olingan konteyner va roll-treyler asbob-uskunalarining holati to‘g‘risidagi informatsiya kelib tushadi. U tashuvchiga tavsiyalarni ishlab chiqadi va uning echimlaridan boshqa barcha agentlarning foydalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi, asbob-uskunalarni ijaraga olish va ijaradan qaytarish, shuningdek asbob-uskunalarning ijarasi bo‘yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi. Bunday agentdan keladigan, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilishni kuzatib borish va nazorat qilish to‘g‘risida rasmiylashtirgan kelishuvlarga muvofiq tuzilgan hisobotlar turli ma’lumotlardan tarkib topadi. Bu hisobot tashuvchiga liniyadagi asbob-uskunalarning holati to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish, har bir transport punktida (portda) asbob-uskunalarning konsentratsiyasini aniqlash, asbob-uskunalarning borligi va ularga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish, turli punktlar va regionlarda asbob-uskunalarning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan disbalansini prognozlashtirish, nosoz asbob-uskunalarning borligi to‘g‘risidagi informatsiyaga ega bo‘lish imkonini beradi. Bularning barchasi tashuvchiga zarur bo‘lgan hollarda vujudga kelgan ahvolni tuzatish bo‘yicha operativ choralar ko‘rish, xususan, asbob-uskunalarning etishmayotgan tiplarini qo‘shimcha ravishda ijaraga olish, oshiqcha asbob- uskunalarni subijaraga berish, boshqa operatorlar bilan asbob-uskunalarni o‘zaro almashinish, bo‘sh asbob-uskunalarni asbob-uskunalarning etishmasligi kuzatilayotgan punktlarga etkazib berish, asbob-uskunalarni o‘z joyida ta’mirlashni tashkil qilish yoki nosoz asbob-uskunalarni bazaviy punktga etkazish, asbob-uskunalarning katta miqdorda oshiqchaligi bazasida yangi liniyalarni yaratish to‘risidagi masalarni hal qilish imkonini beradi. 130 Agent o‘zining nazorati ostida bo‘lgan asbob-uskunalar parkining qoniqarli texnik holatini ta’minlashga majburdir. Asbob-uskunalar har doim xavfsiz va hir xil yuklar uchun foydalanishga tayyor bo‘lishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida agent asbob-uskunalarni tozalash, yuvish, dezinfeksiyalash, fumigatsiyalashni (fumigatsiyalash – maxsus mashinalar – fumigatorlar yordamida zaharli bug‘lar, gazlar va aerozollar bilan zararkunandalar, kasallik chaqiruvchi mikroblarni qirish – izoh tarjimonniki), shassilarni moylashni, skatlar, gabarit chiroqlar, tormozlash qurilmasini ta’mirlash va almashtirishni, konteynerlar, treylerlar va boshqa asbob- uskunalarning konstruktiv shikastlanishlarini ta’mirlashni tashkil qiladi. Bularning barchasi asbob-uskunalarni tegishlicha ekspluatatsion holatda saqlab turish va bundan tashqari avtoinspeksiyadan shassi va treylerlarni port hududidan tashqariga chiqarish, daryo inspeksiyasidan esa – lixterlarni reysga chiqarish uchun ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘ladi. Asbob-uskunalarning buzilishiga sababchi bo‘lgan shaxsni aniqlash agentlarning o‘ta muhim funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun asbob-uskunalarning maqomining (statusining) har qanday o‘zgarishi ( port, konteyner deposi territoriyasidan tashqariga olib chiqilishi, terminalga qabul qilinishi va hokazolar) qabul qilish-topshirish tilxati bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur hujjatlarni solishtirish bilan agent asbob-uskunalarning buzilishida aybdor bo‘lgan tomonni, shikastlanganlik darajasini aniqlashi mumkin bo‘ladi, shundan keyin aybdor tomonga zaruriy ta’mirlashga haq to‘lash uchun schet taqdim qilinadi. Mijozlarga asbob-uskunalarni buzganlik uchun schetlar yozishni kompyuter amalga oshiradi, unga uchinchi shaxslardan asbob-uskunalarni buzganlik uchun zararni undirish bo‘yicha maxsus dastur kiritilgan (thirdpartyrecoveryprogram). Summaning qaytarilishi kema egasining zararlarini qisman kompensatsiyalaydi. Bundan tashqari, agentlar tomonidan asbob-uskunalarni buzganlik uchun taqdim qilinadigan schetlar mijozlarni tartib-intizomga chaqiradigan, konteynerlar, lixterlar, treylerlar va hokazolarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur qiladigan muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 131 Konteyner parkining operatorlari asbob-usunalarni ta’mirlashga ketadigan xarajatlar darajasini pasaytirish uchun turlicha chora-tadbirlarni ko‘radilar. Asbob- uskunalarning texnik holatining yagona standartining ishlab chiqilishi ana shulardan biri bo‘lib hisoblanadi. Konteynerlarni ijaraga beruvchilarning Xalqaro instituti asbob-uskunalarning texnik holati standartlarini davriy ravishda nashr qiladi. Bu hujjatlar konteynerlarning mumkin bo‘lgan barcha shikastlanishlarining batafsil tasvirlanishlarini o‘z ichiga oladi. Normal edirilish deb hisoblanadigan va ta’mirlashga tortilmaydigan shikastlanishlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Yuklarni konteynerlarda tashishda ta’riflarning ba’zi bir o‘ziga xosliklari mavjud. Konteyner yuk egasiga, qoidaga ko‘ra, tekinga taqdim qilinadi, terminalda ham tekinga - biroq faqatgina 5 ish kuni mobaynida tekinga saqlanadi, so‘ngra olib chiqib ketilmagan har bir kun uchun jarima hisoblanadi. Mijozlarning yuklash yoki tushirish paytida konteynerlarni ushlab qolishi qattiq jazolanadi – ularga nisbatan progressiv shkala bo‘yicha (ushlab qolish vaqti bo‘yicha) jarima sanksiyalari qo‘llaniladi. Bir qator transport tariflari 20 sutkadan oshiq ushlab qolishni konteynerning halokatga uchrashi deya klassifikatsiyalaydi va aybdor tomondan uning to‘livq yoki ko‘p martaga oshirilgan bahosini undirib olishni ko‘zda tutadi. Konteynerlashtirishyuklarni tashish tariflarini sezilarli darajada soddalashtiradi. Ko‘pgina quruqlikdagi tashishlarda (xususan, avtomobilllarda tashishlarda), dengiz orqali tonnajga talab past bo‘lgan yo‘nalishlarda tashishda unga yuklangan yukning klassidan qat’iy nazar, 20 yoki 40 futli konteynerni etkazib berishning akkord stavkalaridan foydalaniladi. Oshirilgan talabga ega bo‘lgan yo‘nalishlarda yuklarning konteynerli partiyalari uchun yiriklashtirilgan tovar klassifikatsiyasi qo‘llaniladi. Monopollashtirilgan yo‘nalishlarda bunday stavkalar konkret yuk bilan tonnalarda konteynerni minimal yuklash hajmlari bilan kelishiladi, bunda konteynerga joylashtirilgan yukning amaldagi og‘irligiga muvofiq me’yordan kam yuklaganlik uchun haq undirish va oshiqcha, ya’ni minimumdan ortiq yuklaganda tashish to‘lovini tarifikatsiyalash ko‘zda tutidadi. Bo‘sh konteynerlarni orqaga qaytarish yoki tekinga, yoki pasaytirilgan tarif bo‘yicha (yuk bilan borishdagi tovar stavkasining 50% i) amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling