Transport iqtisodiyoti


Adabiyotlarni o’rganish va asosiy ma’lumotlarni yig’ish


Download 82.22 Kb.
bet6/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs

3.4.2.Adabiyotlarni o’rganish va asosiy ma’lumotlarni yig’ish
Adabiyotlarni o’rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to’g’ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish lozim.Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bo’yicha, unga mos tarzda tanlashi kerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni qayta ko’rib asosiylarini qoldirishdir.
Manbalarni to’plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni yechishdaunchalik ahamiyatli bo’lmay qoladi.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o’ziga eng ma’qul deb topgan ma’lumotlarni olgandagina olib brogan tadqiqoti samarali bo’ladi.
Adabiyotlar to’planib bo’lingandan so’ng ularni o’rganishni boshlash kerak bo’ladi. Olingan iqtisodiy adabiyotlardan o’qish mobaynida alohida kartochkaga yoki alohida daftarga kerakli joylari yozib boriladi. Bunda albatta mualifning familiya va ismi sharifining bosh hariflari, adabiyot nomi, yili, bosilib chiqqan sanasi, nashriyoti, sahifalari soni, yoziladi. Bu keyinchalik yana mana shu manbaga qaytish kerak bo’lib qolganida qo’l keladi. Kurs ishini matinlarini yozishda olingan jumlalar, grafiklarga, jadvallarga, raqamli ma’lumotlargamanbasi bo’yicha izohlar keltirilishi kerak.
Kurs ishini tugatishda esa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tuziladi. Iqtisodiy adabiyotlarda ifodalangan fikrlar va ma’lumotlarni ko’chirma qilib, jumla shaklida yoki tushuntirish beribgina olish mumkin. Tushunmagan jumla shaklida yoki tushuntirish beribgina olish mumkin. Tushunmagan so’zlarni yoku fikrlarni albatta belgilab qo’yishlari kerak,chunki ular keyinchalik tushunarsiz bo’libqolmay ilmiy rahbarlaridan so’rabbilib olishlari uchun yoki bo’lmasa ma’lumotlar bazalaridan topishlari uchun kerak bo’ladi. Ko’chirmalari birinchi tuzilgan reja savollari asosida guruhlanadi. Yaxshilab adabiyotni o’qib chiqilganidan so’ng tuzilgan rejani yangidan hosil bo’lgan savollar bilan yanada aniqlashtirib olish imkoni tug’iladi. Shuning uchun matn terishdan oldin kurs ishining oxirigi yakuniy rejasini tuzib olish kerak bo’ladi

Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling