Transport iqtisodiyoti
Statistik va haqqoniy (asosli) ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash
Download 82.22 Kb.
|
kurs
3.4.3 Statistik va haqqoniy (asosli) ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash
Iqtisodiy jarayonlar hamda hodisalarning sabablarini, bog’liqligi hamda izchiligini o’rganish imkonini beradigan, turli xil omillarning ro’li va ahamiyatini, xulosalar qilish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning ko’rinishini statistic va asoslangan dalillarsiz, ma’lumotlarsiz iqtisodiy tahlilini amalga oshirib bo’lmaydi. O’zbekistonning iqtisodiyoti bo’yicha asosiy ma’lumotlarni eng avvalo davlat statistika qo’mitasi beradi.Ular O’zbekiston DavStarQo’m tomonidan chiqarilgan respublika statistika yilnomalarida berib boriladi. Oxirgi yillar uchun statistika ma’lumotlarini iqtisodiy jurnallardan, “O’zbekiston Iqtisodiyoti” haftaliklaridan (www.ceep.uz www.bearingpoint.uz www.pca.uz ) va boshqalardan hamda markaziy va mahalliy gazetalardan olishlari mumkin. Ularda mamlakatning o’tgan yilidagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi to’g’risidagi, turli hil makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning dinamik holati haqidagi ma’lumotlar beriladi. Zamonaviy statistik ma’lumotlar internetda tegishli saytlarda berib boriladi. Makroiqtisodiy tahlil uchun ma’lumotlarni biror korxonaga yoki tashkilotga oid statistika ma’lumotlaridan bevosita tashkilotlardan (iqtisodiy bo’limlarda va xizmatlardan),shahar va viloyat organlaridan, koordinatsiyalovchi va tartibga solib turuvchi iqtisodiy jarayonlar natijalaridan olishlari mumkin.Mavzuning qo’yilgan savollarini kurs ishida chuqurroq ko’rib chiqib ishlash maqsadida olingan statistic ma’lumotlar albatta guruhlangan, ilmiy jihatdan ishlangan va tahlil qilingan bo’lishi kerak. Haqqoniy (asosli) faktlar bilan ishlash statistik tadqiqot metodlarini qo’llashni va aniqlikni, statistika ma’lumotini rasmli ravishda tasvirlashni talab qiladi. Kurs ishida albatta analitik jadvallar, diagrammalar, sxemalar, grafiklar bo’lishi kerak. Ular matn orasida yoki alohida ilova tarzida ko’rsatilishi mumkin. Har qanday holatda ham bunday ma’lumotlar bajarilayotgan ishga o’z-o’zidan qo’yilishi kerak, ular asosan o’rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar uchun xizmat qilishi lozim.Kurs ishidagi jadvallar, diagrammalar, gafiklar va sxemalarda albatta nomi bo’lishi kerak, foydalanilgan adabiyotlarga izohlar, ish bo’yicha qismlarni raqamlari bo’lishi kerak. Download 82.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling