Transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi talablarining kasbiy faoliyat turlaridan kelib chiqib kompetensiyalarini belgilash qarshiboyev Sharof Egamnazarovich, Jizzax politexnika instituti, Jizzax
Download 28.59 Kb.
|
2 ЖизПИ мақола Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- rasm. Bo’lajak transport muhandislarining kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar. Kasbiy kompetensiyalar
Yuqorida bayon etilagan Transport logistikasi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining vazifalaridan kelib chiqib bo’lajak transport muhandislarining umumiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar aniqlangan. 2-rasm. Bo’lajak transport muhandislarining kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar. Kasbiy kompetensiyalar: mamlakat transport tizimiga kiruvchi asosiy transport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, transport turlari asosiy ish ko‘rsatkichlarini hisoblashni bilish; har xil transport turlaridan foydalanishning asosiy ish ko‘rsatkichlari, shahar, sanoat va magistral transport turlarining texnik-iqtisodiy tavsifi, transportda ilm-fan. Ekologiya va xavfsizlik o‘zaro yondashuvining muammolari va shakllarini o‘rganish; yuk va yo‘lovchilarni tashish texnologiyalari, transport-logistik tizimlarini boshqarish, ombor operatsiyalari va ortish-tushiri texnik vositalarini tanlash. Halqaro tashishlarni tashkil etish; INCOTERMS-2010 qoidalari, multimodal tashuvlar, tashishlarning terminal va konveyerlar tizimlarini bilish; Roudreyler tashishlar va maxsus konteynerlarda tashishni tashkil etish; Matematik modellashtirsh orqali avtotransport va temir yo‘l trasnporti korxonalaridagi transport vositalaridan samarali foydalanish va iqtisodiy – matematik usullarni qo‘llab tashish jarayonlarini optimallashtirish masalalarini yechish; Tashish xavfsizligi va sifatini ta’minlash, tashish jarayonini iste’molchi ehtiyojlariga moslashtirish hamda uning harajatlarini kamaytirish, tashishga oid xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash; Vena konvensiyalari, Jeneva Kengashi va halqaro kengashlar qabul qilgan shartnomalarning talablari va O‘zbekiston Respublikasining harakat xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonuni asosida avtomobillarda yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayonlarida harakat xavfsizligini tashkil etishni bilish; Tashishlarni tashkil etish va turli transportlar xizmatlaridan foydalanishda intelektual tizimlari hamda GPS va GLONASS tizimlari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish; Tashqi iqtisodiy faoliyatad multimodal va intermodal tashuvlarda ishtirok etuvchi transport turlari, tashqi iqtisodiy faoliyatda transport ta’minoti, xalqaro tashuvlarda transport turlari tomonidan bajariladigan transport operatsiyalari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish; Yuk tashish jarayonini tashkil etish va transport vositalarini tanlash, ortish-tushirishni zamonaviy mexanizmlar yordamida tashkil etish va yuklarni tashishda jahon ilg‘or intelektual texnologiyalarini professional darajada bilish; Barcha transport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarida tashish jarayonlarini tashkil qilishni bilishi. Bu vazifalarni bajara oladigan mutaxassislarni biz maxsus kompetensiyalari shakllangan mutaxassislar sifatida ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi kompetensiyalarni to‘liq egallagan transport muhandislari bugungi kunning talablariga javob bera oladigan mutaxassislar hisoblanadi. Download 28.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling