«transport mashinalari» fanidan kurs loyihasi


Download 0.78 Mb.
bet1/3
Sana02.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1422677
  1   2   3
Bog'liq
Javohir avtomobil







O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
«Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi



«TRANSPORT MASHINALARI» FANIDAN

KURS LOYIHASI

Guruh talabasi: 5A-19KEM
Bajaradi: Dalaboyev J
Tekshirdi: Bakirova D


Olmaliq 2023 y


Mundarija:
Kirish________________________________________________________3
1. Karyer avtomobil transportini hisoblash_________________________5
1.1 Avtotransportning tortishini hisoblash__________________________5
1.2 Avtosamosvalning harakat tezligini aniqlash____________________14
1.3 Avtotransportning ekspluatatsion hisobi_______________________19
Xulosa_______________________________________________________21
Foydalanilgan adabiyotlar______________________________________22

Kirish
Qalmoqir koni 1931-1935 yillarda razvedka ishlari olib borilgan bо‘lib 1954 yildan qurilish ishlari boshlandi va о‘shandan beri ochiq usulda ishlab kelinmoqda. Kon Olmaliq kon-ruda rayoni oralig‘ida Olmaliq shahridan 3 km sharqiy tamonda joylashgan.
Asosiy ruda joylashadigan jinslari: siyenit-diorit, granodiorit-porfirlarning shtok bilan yorilgan diorit va siyenitlardir. Rudali meneralizatsiya shtok ekzokontaktida tо`plangan va siyenit-dioritli majmua jinslarida lokalizatsiyalanadi. Granidiorit-porfirlar tarkibida deyarli ruda bо`lmaydi. Qolmoqqir koni Qurama tizmasini shimoliy yon bag‘irni tog‘ oldi qismida joylashgan. Relefi tog‘ oldi, past-baland. Suv airg‘ichlar о‘rtacha oshishi soy vodiysi ustidan 50-160 metrga yetadi. Tumanni gidrografik tarmog‘i Olmaliqsoy va Nakpaysoy daryolari vodiysi bilan xarakterlanadi, shimoliy-g‘arbiy yо‘nalishda karyerni shimoliy-sharqdan va janubiy g‘arbdan chegaralaydi. Iqlimi – kontinental, harorat keskin mavsum bilan о‘zgaradi.
Rejada Qalmoqir konining rudali shtokverki ellipssimon shaklda bо‘lib, 1,5 km eni bilan shimoliy-g‘arb yо‘nalishida 3,7 kmga chо‘zilib ketgan. Ruda chuqurlashuvi 850 metrgacha kuzatilgan. Karyerning о‘lchamlari: uzunligi – 4 km; eni - 2 km; о‘rtacha chuqurligi – 500 m. Qalmoqir konining sulfidlangan rudalari yengil boyituvchan bо‘lib ulardan mis ajratib olish 75-80% tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda karyerda tog‘ jinslarini tashishda kombinatsiyalangan tizim qо‘llanilmoqda. Pastki qatlamlardan - tog‘ jinslari avtotransport orqali yuqoriga olib chiqilib temir yо‘l transportiga qayta ortiladi, ustki qatlamda - temir yо‘l transporti bilan tashiladi. Ruda temir yо‘l dumkarlari orqali 8 km uzoqlikda bо‘lgan boyitish fabrikasiga yetkazib beriladi. Qoplama jinslari temir yо‘l transportida otvalga olib chiqib tashlanadi.
Karyerda kon massasini qazib-yuklash uchun 24 ta ekskavator, 18 ta burg‘ulash stanoklari (SBSH-250MN-A-32), otvallarga 9 ta ekskvatorlar jalb qilingan.

Karyerning yilik unumdorligi:



  • kon massasi bо‘yicha 971 mln . m3;

  • qoplama jinslar bо‘yicha 535mln. m3;

  • ruda qazib olish bо‘yicha 1136,5mln. t;

Qolmoqqir koni uchta karer bilan qazib olinadi: Konni ochish, Sharqiy va Markaziy karerlar, amalda esa har uchchala karer bitta karer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 25 ta pog‘onada olib boriladi. Ulardan 16 tasining balandligi loyiha bо‘yicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pog‘onalarning qiyalik burchagi 70-800.
Qolmoqqir konini kon yonbag‘rida joylashganligi uni ochish sxemasini tanlab olishni osonlashtiradi. Tanlab olingan ochish sxemasiga kо‘ra karyer maydonining yuqori qismi +660 metr belgigacha mustaqil yarim transheyalar joylashgan temir yо‘l stansiyalari bilan tutashadi. +805 balandlik belgisidan yuqorida joylashgan pog‘onalardan qazib olingan qoplama jinslar avtomobil transporti yordamida karyerning sharqiy bortida joylashgan maxsus avtomobil otvaliga tashiladi. +805 m dan +640 metr balandliklar belgisiga joylashgan pog‘onalar “Nakpay” stansiyasi bilan tutashadi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling