Transport oqimida transport vositalarini boshqarish qulayligini tezlashuv shovqini orqali baholash
Download 82.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq676-688
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.A.Tursunboyev TDTrU,Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi doktoranti Kalit soʻzlar
WWW.HUMOSCIENCE.COM 676 TRANSPORT OQIMIDA TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH QULAYLIGINI TEZLASHUV SHOVQINI ORQALI BAHOLASH KO’RSATKICHLARI I.S.Sadikov TDTrU,Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi professori, F.A.Tursunboyev TDTrU,Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilish kafedrasi doktoranti Kalit soʻzlar: avtomobil transporti, yoʻl tarmogʻi, xavfsizlik, harakatni tashkil etish, transport oqimi Kirish Oxirgi yillarda mamlakatimizda avtomobillar soni sezilarli darajada oshib bormoqda.Buning natijasida umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida, yirik shaharlarimizda, jumladan Toshkent shahrida, ayniqsa dam olish kunlari dam olish mintaqalariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarimizda tirbandliklar vujudga kelmoqda. Bu esa bugungi kunda transport vositalarini boshqarish samaradorligini taʼminlashga boʻlgan ehtiyojni oshirmoqda. Yoʻl harakatining xususiyatlari eng avvalo, “Avtomobil–yoʻl–haydovchi– piyoda–muhit” (AYHPM) tizimi orqali belgilanadi. “Haydovchi” ning tizim tashkil etuvchilari orasida oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro taʼsiri, birinchi navbatda, haydovchining sogʻligini, tayyorgarlik darajasini, har xil sharoitda qaror qabul qila olishini va charchoqlik darajasini nazarda tutadi. Bizning maqsadimiz transportni boshqarish samaradorligini oshirishda “Yoʻl sharoiti – transport oqimi” tizimi doirasida yoʻl harakati jarayoni koʻrib chiqishdan iborat. WWW.HUMOSCIENCE.COM 677 Tizimning samaradorligi deganda, moʻljallangan natijaga haqiqiy erishish darajasi tushuniladi, yaʼni tizimda sodir boʻladigan jarayonlarni ideallashtirishda tizimning oʻz funksiyalarini toʻliqligicha bajarishini ifodalaydi. Transport oqimining mavjud koʻrsatkichlarini aniqlash murakkab va koʻp vaqt talab qiladigan vazifalardan biri hisoblanadi. Biroq boshqarilayotgan transport vositasining nazorat koʻrsatkichlarini hisoblashda koʻpchilik tadqiqotchilar maʼlum vaqt oraligʻida transport oqimi koʻrsatkichlarining oʻrtacha qiymatlaridan foydalanadilar. Oʻtkazilgan tahlillarga asoslanib, dala kuzatishlarining maʼlum usullari bilan olingan transport oqimi jadalligi va tezligi haqidagi maʼlumotlarda ham subyektiv xatolar mavjud deb taxmin qilishimiz mumkin. Transport oqimi harakatining sifati qulaylik darajasi: xizmat koʻrsatish darajasi, ravon harakatlanish, haydash qulayligi va boshqalar bilan tavsiflanadi. Xizmat koʻrsatish darajasi quyidagi omillar bilan tavsiflanadi: safarda sarflangan tezlik va vaqt, harakatdagi tanaffus, manyovrlik erkinligi, haydash qulayligi, xavfsizlik,ekspluatatsiya xarajatlari. Bu koʻrsatkichlarning barchasi bir– biriga bogʻliq: masalan, harakat jadalligi oʻzgarganda tezlik, xavfsizlik, harakatlanish qulayligi, manyovrlik erkinligi oʻzgaradi. Harakatning jadalligi va tezligi operatsion xarajatlarga, harakatlanish qulayligiga, harakat xavfsizligiga, safarda sarflangan vaqtga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. V.V. Silyanov transport oqimini qulaylik darajasi orqali baholashni taklif qiladi. Har bir qulaylik darajasi transport oqimining maʼlum bir holatiga mos keladi, bu yuklanish koeffitsiyenti, harakat xavfsizligi, haydovchining hissiy kuchlanishi, avtomobil oqimi bilan oʻzaro bogʻlangan hisoblanadi. Avtomobillar harakat sharoitini baholash taklif etilgan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. Taklif etilgan baholash mezonlarining hamma shartlarini qoniqtiradigan koʻrsatkich avtomobillar harakat tezligi hisoblanadi. Avtomobillar harakat tezligi, avtomobillarning manzilga yetib borish integral imkoniyati, yoʻlning xavfsizlik koeffitsiyenti va yoqilgʻi sarfi koʻrsatkichlarini aniqlashda umumiy WWW.HUMOSCIENCE.COM 678 qoʻllaniladigan koʻrsatkich hisoblanadi. Avtomobillar harakat tezligi orqali harakat sharoitini baholashda hisobiy tezlikning taʼminlanganlik koeffitsiyenti koʻrsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq. Hisobiy tezlikning taʼminlanganlik koeffitsiyenti yil davrlarida transport oqimi, havo–iqlim va yoʻl sharoitlaridan kelib chiqib, oqim haqiqiy maksimal tezligining etalon sharoitdagi hisobiy harakat tezligiga nisbati orqali aniqlanadi: Kh. t. t = V haq.max V hisobiy (1) Bunda: V haq.max – transport oqimining haqiqiy maksimal tezligi, km/soat; V hisobiy – etalon yoʻl sharoitidagi hisobiy tezlik, bu V hisobiy =120 km/soat qabul qilingan. Yoʻllari tarmogʻi hududida optimal harakatlanish nazorat qilish koʻrsatkichlari shartli boʻlishi mumkin va ular uch guruhga ajratiladi: - yoʻl tarmogʻi koʻrsatkichlari (YTK), - transport oqimi koʻrsatkichlar – modelning boshqaruv koʻrsatkichlar. Yoʻl tarmogʻining elementlarini tavsiflovchi koʻrsatkichlar juda kam oʻzgaradi, shuning uchun biz muammoni hal qilishda ularni doimiylar sifatida qabul qilamiz.Yoʻl tarmogʻining koʻrsatkichlari qiymatlarining aniqligi faqat instrumental va subyektiv oʻlchov xatosi bilan belgilanadi. Bundan kelib chiqqan holda, yoʻl tarmogʻining koʻrsatkichlarni aniqlashning sifati harakatni boshqarish samaradorligiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi, deb taxmin qilish mumkin. Videokuzatuvga asoslangan transport oqimi koʻrsatkichlarini oʻlchashning zamonaviy usullari va uslublaridan foydalanish transportni boshqarish koʻrsatkichlarni aniqlashning sifat aniqligini oshirishga yordam beradi, ammo ular nazorat koʻrsatkichlarni aniqlash usulining aniqligiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi, chunki dastlabki transport oqimi koʻrsatkichlarning qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, WWW.HUMOSCIENCE.COM 679 onlayn rejimda olingan, oʻrtacha soatlik qiymatlarga umumlashtirishni talab qiladi. Boshqarish koʻrsatkichlarini hisoblash transport oqimi koʻrsatkichlari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarga asoslanadi. Avtomobilni haydashda haydovchi nazorat koʻrsatkichlari — tavsiya etilgan tezlik, harakatni tashkil etish sxemalarida sezilarli oʻzgarishlar, mumkin boʻlgan marshrutlar haqida maʼlumot olishi kerak. Buni YTK konturining joriy qismida transport oqimining tavsiya etilgan tezligini va boshqa zarur maʼlumotlarni koʻrsatadigan boshqariladigan axborot belgilarini oʻrnatish orqali amalga oshirish mumkin. Trafikni boshqarish samaradorligi koʻrsatkichlari quyidagi guruhlarini oʻz ichiga oladi: a) boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlari: - oʻrtacha tezlik; - yonilgʻi isteʼmoli. b) Atrof-muhitni boshqarish koʻrsatkichlari: - yonilgʻi isteʼmoli; - atmosferaga zararli moddalarni chiqarish hajmi. c) ishonchlilik koʻrsatkichlarini boshqarish: - maksimal tezlik; - notekis harakat koʻrsatkichi, bu uzunlamasına tezlanishning oʻrtacha qiymatdan standart ogʻishi. Ishlab chiqilgan boshqaruv metodologiyasini baholash uchun boshqaruv samaradorligining sanab oʻtilgan koʻrsatkichlarini qoʻllash uchun quyidagilar zarur: - tanlangan koʻrsatkichlarni oʻlchash; - ularning meʼyoriy qiymatlarini aniqlash; - oʻlchov natijalarini standart bilan solishtirish va tavsiya etilgan nazorat rejimini baholash. Koʻrsatkichlarning meʼyoriy qiymatlari harakatni tashkil etish sxemalari va WWW.HUMOSCIENCE.COM 680 tanlangan boshqaruv modeli bilan belgilanadi.Shunday qilib, tavsiya etilgan tezlik hisoblangan qiymatdir, maksimal tezlik esa yoʻl qoidalari bilan belgilanadi. Yonilgʻi isteʼmoli koʻrsatkichi boʻyicha boshqarish usulining samaradorligini baholash qiyin, chunki bu koʻrsatkichning qiymati koʻp jihatdan har bir haydovchining xatti-harakati va transport oqimining tarkibiga bogʻliq. Harakat intensivligi past boʻlgan yoʻlda haydovchi oʻzi uchun qulay tezlikda bir tekis harakatlanadi. Transport oqimining jadalligi istalgan tezlik cheklangan darajaga koʻtarilganda, haydovchi harakat rejimini oʻzgartirishga, sekinlashuv yoki tezlashtirish bilan boʻlaklarni oʻzgartirishga majbur boʻladi, bu esa joriy tezlikning bir xillikdan sezilarli ogʻishiga olib keladi. Avtomobil haydovchisining haydash sifatining tezlashuv shovqin koʻrsatkichiga bogʻliqligi haqida maʼlum tadqiqotlar mavjud. Tezlashuv shovqini ortishi bilan boshqaruv samaradorligi pasayadi. 1-rasmda avtomashinani ishonchli, ishonchsiz va xavfli boshqarish sohalarini aniqlash uchun tezlashuv shovqini sa chegara qiymatlarining maksimal tezlik V max ga bogʻliqligi grafigi koʻrsatilgan. Shovqin tezlashuvining chegaraviy qiymatlari adabiyot manbalarni tahlil qilish natijasida olindi. WWW.HUMOSCIENCE.COM 681 1-rasm. Avtomobilni boshqarishning turli darajalariga mos keladigan tezlashuv shovqini (σ a ) ning chegara qiymatlarining V max maksimal tezligiga bogʻliqligi Energiya yondashuviga koʻra, transport oqimi uchun ishlash koeffitsiyenti samaradorligi (КПД) kinetik energiyaning transport oqimining umumiy energiyasiga nisbati (2) sifatida aniqlanadi va uning eng katta qiymati transport oqimining minimal samaradorligini tavsiflaydi. Yoʻl tarmogʻi koʻrsatkichlari boʻyicha transport oqimining xavfliligining asosiy jihatlarini oʻz ichiga oladi yaʼni yoʻl-transport hodisalari va havoning ifloslanish darajasi — ularning uzviy bogʻliqligini ifodalaydi. Boshqa tomondan, oʻrganilayotgan nisbat transport oqimining kinetik energiyasining normallashtirilgan qiymatidir. КПД = W k W um. (2) Bu yerda: W k — Transport oqimining kinetik energiyasi W um. - Transport oqimining umumiy energiyasi Transport oqimining kinetik energiyasi harakat energiyasi boʻlganligi sababli, uning kamayishi Transport oqimidagi harakat miqdorining kamayishi yaʼni uning tartibliligi bilan bogʻliq. Transport oqimining samaradorligining ortishi transport oqimining maksimal kinetik energiyasida kuzatilgan haydash davrlari bilan solishtirganda alohida transport vositalarining harakatlanish davrlarining murakkablashishi orqali oʻzini namoyon qiladi. Transport oqimining jadalligi va zichligi transport oqimi samaradorligining hozirgi darajasining xarakteristikasi hisoblanadi. Ushbu holat fazoviy (zichlik) va vaqtinchalik (jadallik) xususiyatlarini oʻz ichiga olganligi sababli, bu koʻrsatkichni " Transport oqimining fazoviy-vaqtlik sigʻimi" deb atash mumkin. Shu sababli, transport tizimining samaradorligini oshirish uchun bir vaqtning oʻzida tezlashuv shovqinini kamaytirishga erishish bilan birga, transport oqimi WWW.HUMOSCIENCE.COM 682 harakatining umumiy energiyasini oshirish kerak. Biz harakat samaradorligini baholashning energiya mezonlari sifatida tezlashuv shovqini va tezlik gradiyentini qabul qilamiz.Ushbu mezonlar transport harakatining asosiy koʻrsatkichlari – harakat rejimining bir xilligi va vaqt kechikishlarini baholaydi. Energiya mezonlarini belgilovchi munosabatlar quyidagi shaklga ega: Tezlashuv shovqini: (3) Tezlik gradiyenti: (4) Bu yerda: a i – yoʻlning oʻrganilayotgan qismida transport oqimi tezlashuvining joriy qiymati, m/s 2 v i – yoʻlning oʻrganilayotgan qismida transport oqimi tezligining joriy qiymati, m / s, T – harakatlanish vaqti, s dt – ikki oʻlchov orasidagi vaqt oraligʻi, s, v c – yoʻl uchastkasida oʻrtacha tezlik, m / s. Tezlashuv shovqin koʻrsatkichi boʻyicha haydash sharoitlarini baholashda biz quyidagi qiymatlarga amal qilamiz. σ a < 0,25 m/s 2 – qulay haydash sharoitlari 0,25 < σ a < 0,45 m/s 2 – qoniqarli haydash sharoitlari σ a > 0,45 m/s 2 – qiyin sharoitlar Tezlanish shovqini obyektiv ravishda notekis harakatlanish darajasini WWW.HUMOSCIENCE.COM 683 tavsiflaydi.Bir xil tezlik tebranishlari boʻlgan yoʻl uchastkasining harakat vaqtining oshishi bilan tezlashuv shovqinining kamayishi yoʻl uchastkasining harakat vaqtining kvadrat ildiziga mutanosib ravishda sodir boʻladi bu 2-rasmda aniq koʻrsatib oʻtilgan. Maʼlumotlar chorrahadagi boʻsh vaqtni 1 dan 45 s gacha oʻzgartirish bilan bir xil yoʻl uchastkasidan oʻtishda olingan.Chorrahada 25 s dan ortiq kechikish bilan tezlashuv shovqini bir xilda harakatlanish, toʻxtovsiz harakatga qaraganda kamroq boʻladi. garchi aslida bu kechikish yoʻl harakati tashkil etishning yetarli darajada emasligini koʻrsatadi. 2-rasm. Chorrahadagi boʼsh vaqt tufayli yoʼl uchastkasining harakat vaqtining oshishi bilan tezlashuv shovqinining oʼzgarishi Koʻrib chiqilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, toʻxtovsiz avtomagistrallarda harakatlanish sharoitlarini baholash uchun shovqinni tezlashtirish koʻrsatkichidan foydalanish afzalroqdir. Shu bilan birga, shaharning yoʻl tarmogʻida harakatlanish sharoitlarini baholash uchun tezlik gradiyentidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mezon, tezlashuv shovqini kabi, tezlikning oʻzgarishiga taʼsir qiladi, ammo uning qiymatlari koʻproq harakat paytida kechikishlarni hisobga oladi. Quyidagi qiymatlarga eʼtibor qaratgan holda, harakat sharoitlarining murakkablik darajasini tezlik gradiyentining kattaligi bilan farqlash tavsiya etiladi: G v < 0,05 s −1 – qulay haydash sharoitlari WWW.HUMOSCIENCE.COM 684 0,05 < G v < 0,1 s −1 – qoniqarli sharoitlar G v > 0,1 s −1 – qiyin haydash sharoitlari Poltava shahrining avtomobil yoʻllarida harakatlanish holatining eksperimental tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, tezlik gradiyentining oʻzgarishi transport harakati notekisligi sababli 60% va transport kechikishi tufayli 40% ni tashkil qiladi. Ushbu mezon yanada universal boʻlib, shaharning tartibga solinadigan koʻcha va yoʻl tarmogʻida harakatni tashkil etish samaradorligini baholash uchun ishlatilishi mumkin.Tezlik va harakat koʻrsatkichlari 3 va 4- rasmlarda koʻrsatilgan. 3-rasm. Tezlik gradiyentining mahalliy boshqaruv (1) va muvofiqlashtirilgan boshqaruv (2) bilan yuklanish darajasiga bogʻliqligi WWW.HUMOSCIENCE.COM 685 4-rasm. Tezlik gradiyentining transport oqimining oʻziga xos kechikishiga bogʻliqligi Kerakli koʻrsatkich, tezlashuv shovqini uchun hisoblangan nisbat (5) nisbatning matematik oʻzgarishi bilan olingan formula (6) boʻyicha aniqlanadi. (5) Bu yerda: ∆V – tezlikni baʼzi bir mutlaq qiymatga oʻzgartirish, masalan, 1m / s; ∆t – vaqt oraligʻi, s, bu vaqt davomida tezlikning ∆V ga oʻzgarishi sodir boʻldi.∆t = 1s ni olish tavsiya etiladi. T — oʻlchov davomiyligi, s n- ∆t segmentida ∆V tezlikning qayd etilgan oʻlchovlari soni, qoida tariqasida, ∆t = 1c da, n = 1c. ∑ n – tezlik ∆V ga oʻzgargan soniyalar soni V 0 – tekshirilayotgan hududga kirishdagi tezlik, m/s; V 1 – tekshirilayotgan hududdan chiqishdagi tezlik, m/s. Yangi oʻzgaruvchilarda (6) formula bilan aniqlangan tezlik gradiyenti (6) Bu yerda: V ̅ – tezlik taqsimotining matematik kutilishi, m/s; σ a – tezlashuv shovqini (oʻrganilayotgan hududda tezlashuvlarning taqsimlanishining standart ogʻishi), m / s. Umuman olganda transport oqimida yakka tartibdagi transport vositasini boshqarish erkin holda harakatlanayotgan transport vositasini boshqarishga qaraganda bir muncha qiyinchiliklar tugʻdiradi. Boshqarish usulining samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini tanlash shahar koʻchalaridagi hamda umumfoydalanishdagi WWW.HUMOSCIENCE.COM 686 avtomobil yoʻllaridagi tirbandligi yuqori boʻlgan yoʻl tarmogʻi(boʻlagida)da oʻrganilinayotgan transport oqimining haqiqiy tezlik oʻzgarishini joriy etishdan oldin va keyin tahlil qilish orqali amalga oshirildi. Natijalarning joriy qilinishi yoʻllardagi harakatlanish qulayligining oshishiga va safar vaqtining qisqarishiga imkon yaratadi. Download 82.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling