Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari


Download 1.29 Mb.
bet1/3
Sana27.07.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1663021
  1   2   3
Bog'liq
5- Mavzu.Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari


5-MAVZU
TRANSPORT OQIMLARINING HARAKATLANISH QONUNIYATLARI
REJA
1.Yo’llardagi transport oqimi va xarakatlanish tartiblari.
2.Transport oqimining xolati.
3.Avtomobillar oqimi harakatlanish tartiblarining tavsiflari.
4.Yo’lning o’tkazish qobiliyati.


Tayanch so’z va iboralar: transport, oqimi erkin oqim, qisman bog‘liq oqim, bog‘langan oqim,

Yo‘l elementlariga qo‘yiladigan talablar yakka avtomobillarga hisobiy tezlikda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi, ularning haydovchilariga ular uchun eng maqbul harakatlanish rejimlarini tanlashga va avtomobilning dinamik imkoniyatlarini amalga oshirishga xech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Haqiqatda esa yo‘llarda turli darajada yuklangan va texnik holatlari har xil bo‘lgan ko‘p sonli avtomobillarning bir vaqtdagi harakatlanishi sodir bo‘ladi. Ularni malakalari turlicha bo‘lgan, mashina haydashdagi individual hususiyatlari har xil bo‘lgan va harakatlanish ahvolidagi o‘zgarishlarga ta’sirlanish davomiyligi turlicha bo‘lgan haydovchilar boshqaradi.


Biror manzildan yo‘lga chiqib, boshqa biror joydagi manzilga qarab yo‘l olgan avtomobillar bir-biriga qarshi harakatlanayotgan transport oqimini hosil qiladi. Har qaysi avtomobil oqimida avtomobillarning o‘zaro ta’siri amalga oshiriladi. Avtomobillar o‘rtasida intervallar belgilanadi, ularning o‘lchami harakatlanish tezligiga va haydovchilarning individual hususiyatlariga bog‘liq. Ular oldinda ketayotgan avtomobilgacha bo‘lgan masofani saqlab turishga intiladilar va bu masofa ularga havfsiz tuyiladi. Yo‘l sharoitlarining o‘zgarishi avtomobillar orasidagi masofaning tegishlicha o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Haydovchilardan har birining optimal harakatlanish sharoitlarini baholashlaridagi farqlar har qaysi transport oqimida ichki halaqitlarni keltirib chiqaradi. Sekin harakatlanayotgan avtomobillarni ancha tez yurayotgan avtomobillaro‘zib o‘tishi yuz beradi. Ikki tasmali yo‘llarda o‘zib o‘tish o‘zib o‘tayotgan avtomobillarning yondosh qarshi harakat tasmalariga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa ro‘paradan kelayotgan avtomobil oqimiga halaqit berishni vujudga keltiradi. Shuning uchun yakka avtomobilning harakatiga tadbiqan ishlab chiqilgan me’yorlar asosida qabul qilinadigan barcha loyiha yechimlari ularning transport oqimiga qo‘yiladigan talablarini qondirishi nuqtai nazaridan tahlil qilinishi kerak.
Harakat jaddalligi ortishi bilan yo‘lda harakatlanish sharoitlari ham juda o‘zgarib ketadi. Yo‘ldan o‘tishning qulaylik darajasi, avtomobilni boshqarish yengilligi, avtomobil transportidan foydalanish samaradorligi va yonilg‘i sarfiga yo‘llarni harakat bilan band qilish darajasi bevosita ta’sir qiladi. Yo‘llarni avtomobillar bilan band qilish darajasiga qarab transport oqimlarining bir nechta o‘ziga hos rejimlari bir-biridan farq qilinadi:

a)

b)







v)

g)








b)
5.1-rasm. Тransport oqimining oz-ko‘pligiga qarab yo‘lda harakatlanishi.
a-erkin oqim; b-qisman bog‘liq oqim; v-bog‘langan oqim; g-zich oqim.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling