Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari


Download 1.29 Mb.
bet3/3
Sana27.07.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1663021
1   2   3
Bog'liq
5- Mavzu.Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari

5.3- rasm. Тurli avtomobillar oqimi uchun tezliklarning taqsimlanish egri chizig‘i:
1 – sekin harakatlanayotgan avtomobillar va avtopoyezdlar uchun tezliklarning taqsimlanish egrichizig’i; 2 – shuning o‘zi yuk avtomobillarining asosiy qismi uchun;
3 – shuning o‘zi yengil avtomobillar uchun; 4 – transport oqimi uchun taqsimlanishning yig‘indi egri chizig‘i.

Yo‘llarning kesishishlari va tutashishlarini loyihalash shuningdek, harakatni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun birin-ketin kelayotgan avtomobillarning o‘tish orasidagi vaqt ahamiyatiga egabo‘ladi. Harakat jadalligi past bo‘lganda (bitta tasmada 200 avt/soatgacha) vaqt oraliqlarining vaqt bo‘yicha taqsimlanishi Puasson taqsimlanishiga yaqin, jadallik yuqori (650 avt/soatgacha) bo’lganda III tur Pirson taqsimlanishiga yaqin (5.4 - rasm). Тransport oqimining zichligi, ya’ni transportboplik sifatlari bo‘yicha bir xil bo‘lgan 1 km uzunlikdagi yo‘lga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni ham harakat oqimlarining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi:



bu yerda N - harakat jadalligi, avt/soat;  - harakat tezligi, km/soat.

5.4 - rasm. Avtomobillarning o‘tishi oralig‘idagi vaqtning taqsimlanish egri chizig‘i:
1 - Puasson taqsimlanishi harakat jadalligi past bo‘lganida; 2 - III tip Pirson taqsimlanishi/jadallik yuqori bo’lganida/.

Shunisi xarakterliki, bitta harakat jadalligining o‘ziga, maksimum nuqtadan tashqari, transport oqimi zichligining ikki qiymati mos keladi. Bir holda transport oqimi orasida katta masofa bo‘lgan tez harakatlanayotgan avtomobillardan, ikkinchi holda esa bir biridan yaqin masofada sekin harakatlanayotgan avtomobillardan iborat bo‘ladi.

5.5 - rasm. Тransport oqimi zichligi bilan uning jadalligi o‘rtasidagi
bog‘liqlik grafigi.

Тransport oqimi zichligining uning jadalligiga bog‘liqlik egri chizig‘ining maksimumi (5.5 - rasm) yo‘lning ayni uchastkasi o‘tkazishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p avtomobillar soniga mos keladi. Harakatlanish sharoiti yo‘l uzunligi bo‘yicha o‘zgarib turganligidan turli uchastkalarda harakat jadalligi doimiy bo‘lgani holda transport oqimlarining zichligi turlicha bo‘ladi.


Тransport oqimida kechadigan jatumanlarning murakkabligi, har qaysi avtomobilning tezligiga ko‘p sonli omillarning ta’siri oqimning harakatlanish rejimlarini matematik formulalar bilan tavsiflashga imkon bermaydi. Shuning uchun turli davrlarda transport oqimlari harakati nazariyasining bayon qilingan farazlari soddalashtirilgan sxemalarga asoslanadi. Bu nazariyalarni ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
-avtomobillar oqimlarining dinamik modellariga asoslangan nazariyalar. Ular harakat yo‘lining bir tasmasida bir-birining ketidan o‘zib o‘tishsiz ketayotgan avtomobillar orasidagi masofani turli tezliklarda tadqiq etadi va topilgan qonuniyatlarni butun transport oqimiga tadbiq etadi. Bu sxema yuqori harakat jadalligiga mos keladi, bunda o‘zib o‘tishlar amalda mumkin bo‘lmaydi, yoki katta xavf bilan bog‘liq bo‘ladi;
-ehtimoliy modellarga asoslangan nazariyalar. Ular ikkita qarama-qarshi oqimlarning harakatini tahlil etadi. Bunda avtomobillarning qarshi harakat tasmasiga o‘tib o‘zish imkoniyatlarini (buning uchun qarama-qarshi oqimdagi avtomobillar orasida yetarlicha masofa bo‘lganida) hisobga olinadi.
Yo‘llarga qo‘yiladigan talablarni asoslashda eng sodda dinamik modellarga asoslaniladi. Bu modelda hamma avtomobillar bir xil tezlikda va bir-biridan tormozlanish yo‘lining uzunligiga bog‘liq bo‘lgan bir xil masofada harakatlanadi, deb faraz qilinadi.
“Yo‘l boshlovchining ketidan yurish” dinamik nazariyasi ancha takomillashgan. Bu nazariya transport oqimi chegaralarida avtomobillar orasidagi masofa doimiy bo‘lmaydi, deb faraz qiladi. Har qaysi juft avtomobillarda ketinda kelayotgani bu avtomobillarning tezliklari ayirmasiga mutanosib tezlanish bilan harakatlanadi:

bu yerda old, ket - oldindagi va ketindagi avtomobillarning tezligi, m/s; t - haydovchining reaksiyasi vaqti, s.
Ketinda kelayotgan avtomobil o‘z navbatida o‘zidan keyin kelayotgan avtomobil uchun oldinda kelayotgan avtomobil hisoblanganligidan uning tezlanishi yoki sekinlanishi keyingi avtomobilda akslanadi va transport oqimida har doim o‘ziga xos to‘planish va siyraklanish hollari yuz beradi.
Тransport oqimi harakati bilan qovushoq suyuqlikning o‘zanda oqishi o‘rtasida o‘xshashlik o‘tkazish mumkinligi «gidrodinamik model» ning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu model o‘zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil oqimi yo‘lida to‘siqlar paydo bo‘lganida va keyinchalik bu to‘siqlar yo‘qotilganida transport oqimlarining siqilish yoki cho’zilish tezliklarini tadbiq etishga imkon beradi.
Keyinchalik ehtimoliy modellar kengroq taralishi kerak, ular o‘zib o‘tish imkoniyatlarini nazarda tutadi va yo‘ldagi xaqiqiy harakatlanish sharoitlarini hisobga oladi. Ehtimoliy modellar har qaysi avtomobilning harakatlanish rejimlari tavsiflariga (tezlik, oraliqni saqlash, o‘zib o‘tishga chiqish) tasodifiy hodisalar sifatida qaraydi, ulardan har birining yuzaga kelishi ulardan oldin yuz bergan hodisalar bilan kam darajada bog‘langan.
Bu xarakteristikalarni baholash uchun ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasidan keng foydalaniladi.
Ehtimoliy modellardan foydalaniladigan asosiy sohalarga shunday masalalar kiradiki, ularda o‘rtacha jadallikdagi oqimlarning o‘zaro bog‘liqligi masalalari hal qilinadi, bunda hali turli tasmalardan harakatlanayotgan avtomobillarning o‘zib o‘tish imkoniyatlari bo‘ladi (masalan, bir sathda kesib o‘tadigan, oqimlarning qo‘shilib o‘tish va aralashib o‘tish uchastkalarida), shuningdek texnik- iqtisodiy masalalar hal etiladi.

Nazorat uchun savollar



  1. Yo’llardagi transport oqimi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Harakatlanish tartiblari haqida nimalarni bilasiz?

  3. Тransport oqimi zichligi nima?

  4. Harakat oqimi ehtimoliy modellarini tushunturib bering?

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling