Mavzuning dolzarbligi. Yo’lovchilarni avtobuslarda tashish jarayonini tashkil etishda eski usullarning kamchiliklarini ko’rib chiqqan holatda ularni zamonaviy axborot texnologiyalari orqali boshqarish, kuzatib borish ishlarini tashkil etish zarurati hozirgi kun yo’lovchi tashish tizimining dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Shunday ekan, bu kabi masalalarga biz talaba yoshlar ko`proq e’tibor qaratishimiz talab etiladi.
Bu mavzuni o`rganish kelgusida O’zbekiston yo’lovchilarni tashish sanoatida yo’lovchilarni jamoat transportlari orqali tashish sohasini rivojlanishiga, bu orqali aholining jamoat transportlariga bo’lgan ishonchini oshishiga va bu bilan O’zbekiston iqtisodini rivojlanishiga olib keladi.
Diplom loyihasining ob’ekti sifatida Andijon shaxar yo’lovchilarni avtobuslar orqali tashishni tashkil etish tizimi olindi.
Diplom loyihasining predmeti sifatida esa yo’lovchilarni tashish uchun ishlatiladigan avtobuslar tanlandi.
Diplom loyihasining maqsadi - Andijon shaxar avtobuslar harakatini me’yorlashtirish.
Diplom loyihasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ishning mavzusiga taalluqli manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish;
Yo’lovchi tashish jarayonida avtobuslardagi kamchiliklarni aniqlash va ularni tahlil qilish;
Andijon shaxar Innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda zamonaviy axborotlashtirilgan avtobuslarda tashishni tashkil etish.
Ish tuzilmasining tavsifi.
Mazkur diplom loyihasining asosiy qismi quyidagi boblardan iborat:
Mavzuning dolzarbligi
Adabiyotlar sharxi
Asosiy qism
Texnologik qism
Hayot faoliyati xavfsizligi
Iqtisodiy qism
Shuningdek, diplom loyihasida “Kirish”, “Xulosalar”, “Adabiyotlar ro‘yxati” va “Ilova” qismlari ham o‘rin topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |