Transport va logistika


Download 1.99 Mb.
bet5/23
Sana27.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1727952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
334-19 Mamasiddiqov Muxammadrizo Rustamjon oʻgʻli.....

2. ADABIYOTLAR TAHLILI.
Ushbu Bitiruv malakaviy ishini yozishda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2022−2026-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi hamda internet ma’lumotlaridan keng foydalandim.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz.Bu tamoyillar
O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-2026yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2022-yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning 7 ta eng muhim ustuvor vazifasini belgilash takliflar bo’yicha maruzasi [1].
Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan yangi kiritilayotgan isloxatlar natijasida yanada rivojlanib borayotgan O’zbekistonimiz uchun yangi zaminlarni yaratib bormoqda. Davlatimiz raxbari tomonidan 2022 yil
«Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilinishi davlatimiz uchun bejizga kiritilmagan. Bu so’zni zaminida chuqur mano kasb etgan.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi. Bu orqali bu yillar davomida Taraqqiyot strategiyasi bo’yicha davlatimiz oldiga quyidagi muhim 7 ta ustuvor vazifalar belgilab olindi:

  1. inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

  2. mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini

taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

  1. milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  2. adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

  3. ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

  4. milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

  5. mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Bu o‘rinda gap faqat eksport hajmining o‘sish ko‘rsatkichlari haqida borayotgani yo‘q. Kun tartibida o‘ta jiddiy masalalar turibdi. Bular – mamlakatimizda yuk va yo’lovchi tashish tizimining raqobatdoshligini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, yuklarni va yo’lovchilarni xavfsiz, o’z vaqtida va sifatli holatda yetkazishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir[2].
J.R. Qulmuhamedov, K.M. Nazarov, M.Sh. Shukurova, N.Z. Arifjonova “Avtotransport vositalarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish” O’quv qo’llanmasida avtobuslar turlari, aholi oqimini hisoblash, Yo‘nalish turlari, Avtobuslar ishining tasarruf ko‘rsatkichlari, Avtobuslarning ish va yo‘nalishdagi vaqtlari, Avtobusning umumiy yurgan masofasi, Yo‘ldan foydalanish koeffitsiyenti, Yo‘lovchilar oqimi va uni o‘rganish usullari, Yo‘nalishlarda avtobuslar harakat tezliklarini me’yorlash, Haydovchi va chiðtachilar mehnatini tashkil qilish, Avtobuslar harakat jadvali va ularni tuzish usullari, «Tig‘iz» soatlarda shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida tashishni tashkil etish va uning xususiyatlari, Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi, avtobuslar va taksilar ishining samaradorligini oshirish yo‘llari, kabi ma’lumotlarni o’rganib chiqdim va bbu ma’lumotlardan diplom ishim davomida foydalandim.[3]
M.Umarova, M.A.Bo’ronova “Logistika” o’quv qo’llanmasida Logistika mеxanizmi va tarmoqlarining vazifasi, logistikaning tarixi, rivojlanishi, turlari, xizmat ko’rsatish usullari, Logistik servisni tashkil etish, Xarid logistikasi, Omborlardan foydalanish, yuklarnni ortish va tushirish kabi ma’lumotlar bayon etilgan [4].
A.Sarimsaqov “Multimodal tashishlarni tashkil etish” darsligi. Ushbu darslikda Yuklarni xalqaro tashuvlardagi multimodal tashishlarning ahamiyati, yuklarning hujjatlahtirish, ekspeditor xizmatini tashkil etish, yuk turlariga qarab transport tanlash, xalqaro qatnovlarni tashkil etish kabi ko’plab ma’lumotlar keltirilgan [5] .
A.Sarimsaqov “Transport tizimining huquqiy va me’yoriy asoslari” darslik. Bu kitobda Transportda harakatlanish, xaqlaro harakatlardagi qoidabuzarliklar, yuklarni yetkazib berishda huquqning ishtiroki, transport tizimidagi har qanday huquqiy xususiyatlari batafsil bayon etilgan[6] .
A.Asatov, A.A.Tojiboеv. “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” o`quv qo`llanmasida transport vositalarining tеxnik holati, ishlash qobiliyati, qism va birikmalarning har xil omillar ta'sirida eskirishi, еyilishi haqida tushuncha bеrilgan bo`lib, ularning ishonchliligi bayon etilgan hamda ekspluatatsiya jarayonida buyumlarni ishonchlilikka sinash va ishonchlilik xususiyatlari ko`rsatkichlarini qo`llash usullari yoritilgan. Shuningdеk, transport vositalari ishonchliligini oshirish yo`lida ayrim konstruktsion va ekspluatatsion choralar bo`yicha tavsiyalar bеrilgan. Diagnostik tashqi bеlgilar, paramеtrlar va mе'yorlar, ob'еktning tеxnik holati ta'riflangan. Diagnostikaning umumiy jarayoni va tеxnik diagnostika vositalariga qo`yiladigan talabalar, transport vositalarini diagnostikalash usullari va diagnostikalash vositalari tasnifi hamda diagnostika samaradorligini baholash bo`yicha ma'lumotlar kеltirilgan[7] .
X.Azizov “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” darsligida yo’l harakatini tashkil etishning asosiy tamoyillari va ularni muayyan sharoitda amalga oshirish usullari, transport va piyodalar oqimlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, harakat xavfsizligini ta'minlashda transport vositalarining tеxnik xolatining ahamiyati, haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta'minlashdagi o’rni, harakatni boshqarishning tеxnik vositalarini va yo’l harakatini tashkil etishning amaliy tadbirlari har tomonlama fan va tеxnika yutuqlari hamda chеt el tajribalarini hisobga olgan xolda yoritib bеrilgan [8].
M.Gaffarov “Bojxona ishi” darslik. Ushbu darslikda darsik mavzulari bojxona siyosatini xalqao talablari , uning paydo bo’lish asoslari, tarixi, bugungi kundagi tarkibiy tuzilmasi, bojxona ihini amalga oshirishning iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy mehanizmlari bo’yicha ma'lumotlar kеltirilgan [9].
Левкин Г.Г. “Коммерческая логистика” darslik. Ushbu darslikda Logistikaning tarixi, Tovarlar harakatini tashkil etish, Logistika tizimi, agrologistika kabi ko’plab mavzular ta’la bayon etilgan [10].
Q.H. Mahkamov, A. Ergashev “Avtomobillarni ta’mirlash” darsligi avtomobillarni ta’mirlash, avtomobillarning tubdan ta’mirlash texnologiyasi, detallarni ta’mirlash usullari, detallar, qismlar va agregatlarni ta’mirlash texnologiyasi, avtomobil korxonalarida mehnatni me’yorlash asoslari,
avtomobillarni ta’mirlash korxonalarining ishlab chiqarish bo’limlarini loyihalash boblarida avtomobillarni ta’mirlashning asosiy qoidalari, avtomobil detallarini ta’mirlash jarayonlari, avtomobilning agregat va qismlarini ta’mirlash kabi mavzulari yuzasidan batafsil tushunchalar keltirilgan [11].
Q.H. Maxkamov, Sh.Sh. Shoobidov. "Transport vositalarining ergonomikasi va dizayni" o’quv qo’llanmasining 1-qismida Antropometriya va transport vositasi, haydovchi ishchi o’rnini tuzish, asboblar panelini ishlab chiqish, kuzov va kabinaning ichki bo’shlig’ini tuzish kabi boblar keltirilib, bularda antropometrik tavsiflar, xirotexnika, haydovchi ishchi o’rnini joylashuvi, axborotni tasvirlovchi vositalar, o’rindiqlar, interyerni pardozlash mavzular transport vositalari misolida to’la yoritilgan [12].
Q.H. Maxkamov, Sh.Sh. Shoobidov. "Transport vositalarining ergonomikasi va dizayni" o’quv qo’llanmasining 2-qismida transport vositasining dizayni, transport vositasining xavfsizligi, transport vositasining shinamligini baholash kabi boblaridan iborat bo’lib, ushbu boblarda sanoat dizayni nazariyasi, transport vositalarining xavfsizlik talablaridan faol va passiv havfsizlik, himoya tizimlari, haydovchining toliqishi, iqlim shinamligi, titrash shinamligi, akustik (shovqin) shinamligi mavzulari to’la yoritilgan [13].
G’.Yo. Yormatov, O.R. Yuldashev, A.L. Hamrayev “Hayot faoliyati xavfsizligi” darsligida ob - havo sharoiti va inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti, sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga qo’yiladigan asosiy talablar, changlangan havoni tozalash qurilmalari, shovqindan saqlanish, texnika vositalarida xavf - xatarlar va ulardan muhofazalanish, elektr xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish qonunlari va tashkiliy asoslari va yong’inni oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlari to’g’risida kerakli ma’lumotlar berilgan [14].
Yu.Qirg’izboyev, Z.Inog’omova, T.Rixsiboyev “Texnik chizmachilik kursi” darsligida chizmalar haqida umumiy ma’lumotlar, chiziq turlari, shriftlarning yozilish tartiboti, masshtablar, chizmalarga qirqim berish usullari, burchak shtamplarining ko’rinishi, chizmalarga o’lchamlar qo’yish usullari va shu kabi ma’lumotlar berilgan [15]
I.Аbdukаrimоv, M.K.Pаrdаеv, B.Ikrоmоv Kоrхоnаning iqtisоdiy sаlоhiyati tаhlili. Ushbu kitobda bizning bajarayotgan ishimizning iqtisodiy qismida yoritilgan hisobotlarni bajarish bo`yicha malumotlar keng berilgan[16].
Karimov E. “Avtomobillarda yo‘lovchilar tashish” darsligidan yengil va o’rta hajmli transport vositalarida yo’lovchilarni tashish, oqim sonini hisoblash, harakat vaqtlarini tashkil etish, harakat tezliklarini ishlab chiqish kabi ko’plab foydali ma’lumotlarni oldim.[17]
Internet saytlari
cfrs.ru – ushbu sayt orqali avtobuslarda yo’lovchi tashish jarayonida xavfsiz hududni tanlash, avtobusda yo’lovchi tashishda o’rindiqlarni rejalashtirish to’g’risida ma’lumotlar oldim.[18]
Bundan tashqari juda ko’plab internet saytlaridagi ma’lumotlardan ham keng foydalanildi.[19-28]



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling