Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
Kurs ishini yakuniy tahrirlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar
Download 0.64 Mb.
|
Методичка курсавой технология uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish.
1.3. Kurs ishini yakuniy tahrirlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar.
Kurs ishi g‘ijimlanmagan, yirtilmagan va bo‘yalmagan A4 o‘lchamdagi (210х297 mm) oq qog‘ozning faqat bir tarafiga, Times New Roman shriftida va qora rangli, 14 o‘lchamdagi harflar bilan kompyuterda terilib, printerda chop etiladi. Bunda qatorlar orasidagi oraliq masofa 1,5 pixel bo‘lishi lozim. Jadvallarda shrift o‘lchamini 10 pixelgacha kamaytirish va qatorlar orasidagi oraliq masofani esa 1,0 o‘lchamgacha qisqartirishga ruxsat etiladi. Xat boshidan boshlanadigan matnlar boshidan 1 marotaba TAB tugmasini bosish orqali joy tashlash tavsiya etiladi. Matndagi so‘zlarni bo‘g‘in sifatida keyingi qatorga ko‘chirishga ruhsat etilmaydi. Matn joylashgan maydon chetlari quyidagi o‘lchamlarda bo‘lishi zarur: chapdan – 30 mm, o‘ngdan – 10 mm, yuqori va pastdan – 20 mm. Varoqning quyi qismi o‘rtasida varoqning tartib raqami yoziladi. Varoqlarni raqamlashda faqatgina arab raqamlaridan foydalanilib, turli bezaklar va tinish belgilarini qo‘llash mumkin emas. Kurs ishining hajmi yoritilgan masalalarning hajmidan kelib chiqqan holda turlicha bo‘lishi mumkin va ilovalarni inobatga olmagan holda 30 varoqdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Muqova. Kurs ishining muqovasi А4 o‘chamdagi oq qog‘ozga kompyuterda terish orqali tayyorlanadi va kurs ishining birinchi varog‘i hisoblanadi, biroq ushbu varoqqa tartib raqami qo‘yilmaydi. Kurs ishi muqovasining namunasi 1-ilovada keltirilgan. Mundarija. Mundarijada kirish, har bir bo‘lim va quyi bo‘limlarning nomlari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar keltirilgan bo‘ladi va mos ravishda ular boshlangan sahifa raqamlari ko‘rsatiladi. Mundarija yangi sahifadan boshlanadi va ulardan so‘ng ko‘p nuqtalar qo‘yilmaydi. Kirish. Kirish qismining tavsiya qilinadigan hajmi 1 – 2 varoq va yangi sahifadan boshlanadi. Asosiy qism. Asosiy qismning har bir bo‘limi albatta yangi sahifadan boshlanishi zarur. Har bir bo‘lim va quyi bo‘limlar nomlanishi lozim. Bo‘lim nomlari mujmal bo‘lmasligi va uning tarkibini aniq aks ettirib turishi zarur. Barcha bo‘limlar tartib raqamiga ega bo‘lishi zarur (MUNDARIJA, KIRISH, XULOSA, ADABIYOTLAR RO‘YXATI, ILOVALAR bundan mustasno). Bo‘limlar nomlarining tagiga chizib qo‘yish, ularni bo‘g‘in ko‘chirish va so‘nggida nuqta qo‘yish mumkin emas. Agar bo‘lim nomi ikkita gapdan iborat bo‘lsa, ularni nuqta bilan ajratishga ruxsat beriladi. Bo‘lim nomlari 16 o‘lchamdagi bosh harflar bilan yozilib, quyi bo‘limlarning nomlari esa bosh harf bilan boshlangan 14 hajmdagi qalin harflardan iborat bo‘ladi. Raqamlanmagan bo‘limlarning nomlari (MUNDARIJA, KIRISH, XULOSA, ADABIYOTLAR RO‘YXATI, ILOVALAR) 16 hajmli bosh harflar bilan varoqning yuqori markaziga yoziladi. Quyi bo‘limlarning tartib raqamlari bo‘lim va o‘zining raqamlaridan iborat bo‘lib, ular nuqatalar bilan ajratilgan bo‘ladi. Quyi bo‘lim raqami so‘ngida esa nuqta qo‘yilmaydi. Agar quyi bo‘lim bir dona bo‘lsa ham raqamlanadi. Yangi bo‘lim nomini sahifa so‘ngida qoldirish, matnni esa yangi sahifadan boshlash mumkin emas. Quyi bo‘lim ostidagi matn kamida 3 qator gapdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘lim va quyi bo‘lim nomlari orasidagi masofa 2,0 bo‘lishi lozim. Quyi bo‘lim va matn orasidagi masofa esa 3,0 bo‘lishi kerak. Matnda ayrim ma’lumotlar bandlar yoki quyi bandlar ko‘rinishida sanab chiqilgan bo‘lishi mumkin. Bunda har bir banddan oldin tire yoki qavsli raqamlar qo‘yilishi lozim. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling