Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Download 0.64 Mb.
bet1/9
Sana08.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1168597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Методичка курсавой технология uzb



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TRANSPORT VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Muxammad Olim H.U.




DISPETCHER ISHI TEXNOLOGIYASI
fanidan kurs ishlarini bajarish uchun

USLUBIY KO‘RSATMA

Toshkent – 2023
UDK: 656.7.025
«Dispetcher ishining texnologiyasi» fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.
Tuzuvchilar: Muxammad Olim H.U. – Toshkent: ToshDTU, 2023 – 26 b.
Uslubiy ko‘rsatma 5620200 – «Havodagi harakatni boshqarish» bakalavriat ta’lim yo‘nalishida bilim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan.
Kurs ishi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar vaqtida talabalar tomonidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda fanning o‘zlashtirilganlik darajasini baholashga qaratilgan.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada kurs ishining nazariy qismini tayyorlash, amaliy hisob-kitob ishlarlarini bajarish, o‘rnatilgan tartibda ularni tahrirlash hamda himoya qilish bo‘yicha qo‘yilgan talablar batafsil yoritib berilgan. Kurs ishining nazariy qismini tayyorlashda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlari haqida atroflicha bilim va tushuntirishlar berilgan.
Toshkent davlat transport univeversiteti ilmiy uslubiy kengashi qaroriga asosan chop etildi

Taqrizchilar:



Abdujabarov N.A.



Aviatsiya transporti injiniringi fakulteti,
«Aviatsiya injiniringi» kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n.

Raxmanov X.R.



O‘zaeronavigatsiya markazi, Toshkent mintaqaviy bo‘limi parvozlar rahbari.

© Toshkent davlat transport universiteti, 2023


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevralidagi farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi"ning 4-ustuvor yo‘nalishida ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizmini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ko‘rsatilgan.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlar bilan belgilab berilgan maqsad va vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida havodagi harakatni boshqarish yo‘nalishining ta’lim dasturiga kiritilgan "Dispetcher ishi texnoologiyasi" fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, mazkur fan 3 bosqich talabalariga o‘qitiladi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma esa mazkur fan bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va baholashga qaratilgan jarayon – kurs ishini bajarishda talabalarga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan. Ko‘rsatma doirasida ham talabalarga kurs ishlarining nazariy qismini tayyorlash: KIRISH qismini yozish, o‘rganilayotgan mavzu va muammolarni batafsil bayon qilish, matematik hisob-kitob ishlarini sifatli bajarish tartibi hamda kurs ishining yakuni bo‘lgan XULOSA qismini yozishga oid ko‘rsatma va bilimlar berildi. Texnika sohasida kuzatilayotgan o‘zbek tilidagi darslik, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar taqchilligini bartaraf qilishda kichik bo‘lsada hissa qo‘shish maqsadida qo‘lingizdagi uslubiy ko‘rsatma ham o‘zbek tilida tayyorlandi.
Shu kabi boshqa uslubiy qo‘llanmalardan farqli jihati o‘laroq, kurs ishini himoya qilish vaqtida talabalarga ko‘makchi bo‘lishi uchun alohida tavsiyalar ham berildi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling