Transport vazirligi


Download 1.75 Mb.
bet38/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

Induktiv xulosa chiqarishda fikr juz’iy bilimdan umumiy bilim tomon harakatlanadi.
Ba’zi yoshlar ixtiro qiluvchilardir Hamma ixtirochilar olimlardir
Induktiv hulosa chiqarishning ikki turi mavjud:

  1. To’liq indyksiya shunday xulosa chiqarish turiki, unda biror belgining ma’lum bir sinfga mansub, har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi.

  2. To’liqsiz induksiya shunday extimoliy xulosa chiqarish turiki, unda birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga xosligini aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.

Analogiya (grek. –moslik,o’xshashlik) bavositaa xulosa chiqarishning bir turidir. Analogiyada fikr bir juz’iy holatdaan boshqa juz’iy holatga qarab haaraktlaanaadi.
Mantiq ilmida isbotlash v daallilash tushunchlari o’zaro farqlanadi. Dalillah deb, biror fikr, mulohazani yoki mulohaza tizimini (kuzatish, tajriba –eksperiment va hakozo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar yordamida asoslb berishga aytiladi.Dalillash bevosita va vositali bo’ladi.
Isbotlash va uning tarkibi. Isbotlash turlari.
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiya.
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat
qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling