Transport vazirligi


Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli


Download 1.75 Mb.
bet39/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli – demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstratsiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:

    1. Tezisni rad etish;

    2. Argumentlarni rad etish;

    3. Demonstratsiyani rad etish

Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab
etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:

  • zaruriyatsiz bahslashmaslik;

  • mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik;

  • bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish;

  • mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;

  • bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.;

  • bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling