Transport vazirligi


Download 1.75 Mb.
bet4/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

Monizm (yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Dualizm (lotin tilida dua, ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g‘oya, ya’ni ideya yotadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya’ni ko‘plik degan ma’noni anglatadi) — olamning asosida ko‘p narsa va ideyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.
Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog‘liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni - gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to‘g‘ri va aniq haqiqat darajasiga ko‘tarila olmaydi deyuvchilarni esa - agnostiklar (yunoncha — bilib bo‘lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling