Transport vazirligi
Дunyoqarashning tarixiy shakllari
Download 1.75 Mb.
|
умк фалсафа янги 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy dunyoqarash
- Falsafiy dunyoqarash
Дunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo‘lgan.
Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag‘oyat yuksalib ketgan davrda juda jo‘n va ibtidoiy bo‘lib ko‘rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o‘zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g‘oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili bo‘lib qolmoqda. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo‘lib kelganining o‘ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o‘z-o‘zicha shakllangan (mexanik) yig‘indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida birlashtiradi. Falsafa fani xuddi ijtimoiy, tabiiy fanlar singari mustaqil fandir. U o‘zining mustaqil ob’ekti va predmetiga ega. Falsafaning predmetini “olam-odam-inson” tizimi tashkil etadi.Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o‘zgarib turgan. «Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy funksiyalari: ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot; etika – axloq haqidagi ta’limot; aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ta’limot; falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar. Falsafaning integrativ funksiyasi Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling