Transport vazirligi
Download 1.75 Mb.
|
умк фалсафа янги 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xoja Ahmad YAssaviy
Markaziy Osiyo-qadimiy Turon jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mintaqalardan biri bo‘lgan. Hozir O‘zbekiston, deb ataluvchi bu xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq balki butun jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini
bugun jahon tan olmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy falsafiy fikri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizda qadimiy xalq og‘zaki ijodiga oid afsona va rivoyatlar, qadimgi hind, xitoy va yunon tarixchilarining asarlari, “Avesto”, “Behistun”, “Bundaxshin” va shular kabi yozma yodgorliklarda aks ettirilgan. Ayniqsa “Avesto”, shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviyat, madaniyat, xususan falsafiy qarashlarini o‘rganish uchun bebaho manbadir. Bu asar bizga qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ilk tabiiy-ilmiy tasavvurlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va falsafiy fikrlarining shakllanishini aniqlash uchun juda boy manba bo‘lib xizmat qiladi. “Avesto”da insoniyat tarixi haqida ham fikr yuritilib, unda aytilishicha, birinchi paydo bo‘lgan odam Ilmadir. Boshqa odamlar keyinchalik undan tarqalgan. Ilma yashagan davr insoniyatning oltin davri deb tasvirlanadi. Bu davrda odamlar o‘lmaydilar, ularga abadiy bahor yaratilgan bo‘ladi, ular baxtldi va farovon yashaydilar.Biroq shunday bir paytda odamlar ta’qiqlangan mol go‘shtini eb, gunoh qilib qo‘yishadi. Bundan g‘azabi kelgan Angra man’yu (“Axriman”) xudosi ularga qor va sovuqni yuboradi. Ilma shunda uy qurib, odamlarni va bir juftdan hayvonlarni saqlab qoladi. SHundan boshlab, insoniyat tarixining birinchi davri oltin davri tugab ikkinchi- yaxshilik va yomonlikning kurash davri boshlanadi. Bu davrda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi keskin kurashlar so‘ngida xudo Ahura Mazda xudo Axriman ustidan g‘olib chiqadi va baxtli hayot saltanati qaror topadi. Bu insoniyat tarixining uchinchi davri bo‘lib, insoniyatning kelajagi davridir. Bu davrda kishilarning baxt-saodati, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Bu davrda oldin o‘lganlar tiriladi gunohkorlar jazolanadi. Jamiyatda mehnatsevarlik, adolat, halollik, poklik, yaxshilik asosiy o‘rinni egallaydi. Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ul zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni e’tirof etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta’kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-ibodatlar ko‘magida bilib boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha bo‘lsa, ularning maqomi chegaralanadi. Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo‘lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga etishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod bo‘lish darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan to‘ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o‘zidan izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir. Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan. Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xivada tug‘ilgan, yozgan asarlari orasida «SHarhus-sunna val-masolih", «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar mashhurdir. Kubraviya tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan. Bular — tangriga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuhd fi dunyo — har qanday lazzatdan o‘zini tiyish, tavakkul — Ollohga e’tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr — uzluksiz zikr, tavajjuh — Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr — nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba — tafakkurga g‘arq bo‘lish, rizo — tangri xushnudligini qozonishdan iborat. YAssaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad YAssaviydir (1166 yilda vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif YUsuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. YAssaviy ustozining vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq Fijduvoniyga qoldirib, YAssi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z tariqati, yo‘l-yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling